Yenera — Zuhra — «tong yulduzi»
Qadim rim mifologiyasida sevgi xudosining nomi «Venera»
deb yuritiladigan bu planetaning Quyoshdan o'rtach a uzoqligi
108 million kilometrdir. Zuhra orbitasi bo‘ylab sekundiga 35
kilometrli tezlik bilan harakatlanib, 225 kunda Quyosh atrofida
bir marta to ‘la aylanib ulguradi.
Ravshanligi jihatidan Quyosh va oydan keyin turadigan bu
sayyora, ju d a q a d im d a n k ish ila r d iq q a tin i o ‘ziga to rtib ,
«qo‘zg‘almas» yulduzlar fonida harakatlanishi birinchi b o iib
sezilgan «adashgan» yoritkichdir.
1610-yildayoq G. Galiley bu planetani o ‘zi yasagan teleskopda
kuzatib, oy kabi turli fazalarda bo‘lishini ko‘rdi. Bu hodisa, Zuhra
ham oy kabi sferik shakldagi osm on jismi ekanligining dastlabki
isboti edi. Zuhraning kattaligi salkam yernikicha bo‘lib, diametri
12 ming 100 kilometrni tashkil qiladi.
1761-yil 6-iyunda astronom lar «tong yulduzi» bilan bog'liq
fizik bir hodisaning guvohi bo‘ldilar: sayyoraning harakati Quyosh
diskida proyeksiyalandi. Bunday g‘aroyib hodisani kuzatish taniqli
rus olimi М. V. Lomonosovga ham nasib qilgan ekan. Olim
Veneraning Quyosh diskidan o ‘tishini kuzatayotib, sayyora qalin
atmosfera bilan qoplanganligini aniqladi. Uzoq yillar davomida
ana shu qalin atmosfera — «paranji» misol Zuhraning haqiqiy
jamolini bizdan yashirib kelardi.
Kezi kelganda shuni aytish kerakki, Veneraning Quyosh
diskiga proeksiyalanib o ‘tishi, juda kam uchraydigan hodisa bo‘lib,
Lomonosovning XVIII asrdagi eslatilgan kuzatishidan so‘ng atiga
3 m artagina kuzatildi; navbatdagi o ‘tishi esa 2004-yilning 8-
iyunida bo‘ldi. Sayyoraning sirtini spektroskopik o ‘rganishlar,
uning atmosferasi, asosan karbonat angidriddan iborat deyishdan
ortiq m a’lum otlam i berishga ojizlik qildi.
Sayyorani tekshirishning 60 - yillardan boshlangan yangi usuli
«tong yulduzi» ga tegishli ko‘p jum boqlarni hal qilishga imkon
berdi. N atijada Veneraning o ‘z o ‘qi atrofida va Quyosh atrofida
haqiqiy aylanish davrlari birinchi marta to ‘g‘ri aniqlandi.
M a’lum bo'lishicha, planetaning aylanish o ‘qi uning orbita
tekisligiga deyarli tik joylashib (anig‘i 87 gradusda Yerdagidek yil
fasllari kuzatilmaydi. Shu radiolokatsion kuzatishlar Zuhraning
o ‘z uqi atrofida aylanish davrn 243 kunga tengljgini hamda siste
masining sharqdan - g‘arbga aylanuvchi yagona ekanligini m a’lum
qildi (boshqa sayyoralar atrofida g'arbdan sharqqa aylanadi).
Xulosa qilib aytganda, Veneraga uchirilgan kosmik apparatlar
yordamida uning atmosferasi va sirtiga tegishli quyidagi yangi
m a’lumotlar q o ‘lga kiritildi.
Sayyora atmosferasining bosimi juda Yuqori bo‘lib, olimlar
hech kutmagan miqdorni 90 atmosferani ko‘rsatdi. Uning 97
foizini karbonat angidrid, suv bug‘lari, kislorod esa atiga 1,5 foizini
tashkil qilishi m a’lum bo'ldi. Sayyora sirtida yaqinda o ‘lchangan
harorat +470 gradusgacha (selsiy shkalasida) yetadi.
«Tong yulduzi» ning Yerga yana bir «qarindosh» ligi shundaki,
uning osmonida ham qalin bulutlar kuzatilib, ularning «tizgini»
shamolning qo‘lida bo'ladi. Qizig‘i shundaki, sayyora atmosferasida
bulutlar bir necha qavatga ega, asosiy bulutlar qatlamining yuqori
chegarasi taxm inan 65 kilometr atrofida bo‘lib, pastki chegarasi
24
48-49 killom etrli balandlikda yotadi. 65 kilolm etrdan to 85
kilo m etg ach a. S h u b h asiz, Z u h ra to ‘g ‘risidagi bu m odelni
tugallangan deyishga hali erta.
Yer
Biz ustida yashayotgan osm on jism i, Quyoshdan uzoqligi
bo‘yicha uchinchi o ‘rinda turuvchi planeta bo ‘lib, Quyoshdan
o 'r ta c h a uzoqligi 149,6 m illio n k ilo m e trn i tashkil etad i.
Planetam izning ekvatorial radiusi 6378 kilom etr, ya’ni qutb
radiusidan taxm inan 21 kilometrga ortiqlik qiladi. Yer Quyosh
atrofida sekundiga 30 kilometr tezlik bilan harakatlanib, 365,24
kunda bir marta to ‘la aylanib chiqadi. Bir yilda to ‘rt faslning
planetamizda kuzatilishining sababi, Yer o'qining orbita tekisligiga
66,5 daraja og'maligi bilan tushuntiriladi.
Yer o ‘z o ‘qi atrofida 23 soatu 56 m inutu 4 sekundda to ‘la
aylanib chiqadi. Biroq uning Quyoshga nisbatan aylanish davri
bir oz uzunroq bo‘lib, 24 soatni tashkil qiladi. Sayyoramizning
Q uyoshga n isb atan ay lan ish d a v rin in g u zu n lig ig a sab ab ,
Quyoshning yulduzlar oralig‘ida yillik ko‘rinma siljishidir (bunday
siljish, Yerning Quyosh atrofida haqiqiy harakatlanishi tufayli
sodir bo'ladi).
Yerning o ‘rtacha zichligi 5,5 g /sm 3 ga teng bo‘lib, massasi
taxminan 6 -1021 kilogrammni tashkil etadi. Planetamizning tuni
deyiluvchi atmosferasi minglab kilometrli balandlikkacha cho‘ziiib,
og‘irligi qariyb 5 ming 160 trillion tonna keladi. Bunday «tun»
Yerda hayotning paydo bo ‘ lishi va rivojlanishida m uhim rol
o ‘y n ag an . X ususan, 20-30 k ilo m e tr ch am asi b alan d lik d a
joylashgan azon qatlami, Quyoshning qisqa to ‘lqinli ultrabinafsha
nurlarini kuchli yutib, barcha tirik jonivorlam ing, jum ladan,
o d a m z o tn i b u n d a y n u rla rn in g xavfli t a ’s irid a n a sra y d i.
Atmosferaning 21 foizga yaqinini kislorod, taxminan 78 foizini
esa azot, qolgan qismini esa boshqa gazlar: argon, karbonat angidrid
va suv bug‘lari tashkil qiladi.
Yer gidrosferasiga (Yer yuzidagi qattiq, suyuq va gaz holatidagi
suvlarning majmuasi) ko‘ra boshqa planetalardan keskin farq qiladi.
25
Unda faqat suyuq holatdagi suvning hajmi 1 million 370 ming
trillion kub metr bo'lib, umumiy maydoni 3610 milliard kvadrat
metrga teng. Boshqacha aytganda, Yer sirtining qariyb 71 foizini
suvlik tashkil qiladi. Quruqlikning o ‘rtacha balandligi dengiz
sathidan 875 metr bo‘lgani holda, dunyo okeanining o'rtacha
chuqurligi 3800 metrgacha boradi.
Suv o ‘zining ajoyib xususiyatlariga ko‘ra, Yerda optimal issiqlik
rejimining vujudga kelishida m uhim rol o ‘ynaydi. Suvsiz organik
hayot Yerda vujudga kela olmasdi.
Grenlandiya quruqligining ko‘p qismini muz qoplaydi. Uning
umumiy massasi 24 ming 200 trillion tonnaga tengdir. Bordiyu,
bunday miqdordagi muz erisa edi, dunyo okeanining sathi 60
metrga ko‘tarilib, quruqlikning yana 10 foizi suv ostida qolgan
bo‘lardi.
Y ern in g q a ttiq q a tla m i lito sfe ra d e y ilib , bu q ism d a
planetamizning asosiy qatlami mujassamlashgan bo‘ladi. Garchi
bir qarashda litosfera sirtida turib, uning ichki tuzilishi haqida
m a’lum otga ega b o ‘lish m um kin em asdek tuyulsada, aslida
sayyoramizning inersiya momenti va Yer qimirlashlari asosida
uning ichki tuzilishi haqida yetarlicha aniq m a’lumotlar olish
mumkin.
G ap shundaki, seysmik to'lkinlar bo‘ylama va ko'ndalang
bo‘lib, bo‘ylama to‘lqinda zarrachalar to'lqining tarqalish yo‘nalishi
bo'yicha siljigani holda, ko‘ndalang to ‘lqinda tarqalish yo‘nalishi
bilan to ‘g‘ri burchak tashkil qiladi. Ko‘ndalang to ‘lqinlarning
tarqalish tezligi esa bo‘ylama to ‘lqinlarnikidan katta bo ‘ladi.
Shuningdek, seysmik toMqinlar, turli zichlikdagi qatlam lar
chegarasidan qaytish va sinish xususiyatiga ham egadir. Bunday
m a ’lu m o tlar asos qilib olingan usullarga tayangan holda,
litosferaning ichki tuzilishi haqida yetarli darajada ishonchli
m a’lumotlar olindi.
Xususan, suyuqlikning ko‘ndalang to ‘lqin siljishiga qarshilik
qilmasligi tufayli, bunday to'lqin suyuqlikda tarqala olmasligi
bazasida litosferaning suyuq yadrosi borligi asrimizning boshidayoq
aniqlangan edi.
Bu usullar yordamida tekshirishlar, litosferaning qattiq qatlami
26
ham bir jinsli bo'lm ay, taxm inan 40 kilometr chuqurlikda keskin
chegara borligini bildirdi. Bu chegaraviy sirt uning kashfiyotchisi
nomi bilan moxorovichich sirti deb yuritiladi. Bu sirtdan yuqori
qatlam litosfera p o ‘stlogi osti esa m an tiy a deb y u ritilad i.
Mantiyaniig zichligi 3,3 g /sm 3 dan (moxorovichich sirtida) 5,5
g /sm 3 gacha (yadro chegarasida) ortadi. Yadro chegarasida zichlik
keskin ortib 9,4 g /sm 3 ni tashkil qiladi. Yer markazida zichlik
14,5 — 18 g/sm 3 gacha tartibda b o ‘lib, bosim 1 million 300 ming
atmosferaga boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |