K. Sh. Baltayeva, Sh. R. Aliyev


Mikroblarning zahar hosil qilishi



Download 5,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/232
Sana18.04.2022
Hajmi5,56 Mb.
#559997
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   232
Bog'liq
2 5440625474038403380

5.Mikroblarning zahar hosil qilishi. 
Bakteriyalar sintez qiladigan zaharli moddalar kimyoviy tabiatiga 
ko‗ra oqsil (ekzotoksin) yoki lipopolisaxarid (endotoksin)ga bo‗linadi. 
Oqsillar bakteriya hujayrasining tashqi qobig‗ida joylashgan bo‗lib to‗liq 
tashqariga sintez qilinadigan (V.cholerae holerogeni, V. parahae-
molyticus gemolizini, Cor. diphteriae gistotoksini va boshqalar), qisman 
(Bord.pertussis leykotoksini, Cl.teteani tetanospazmini, Cl.botulinum 
neyrotoksini)va umuman sintez qilinmaydigan turlar (Sh.dysenteriae 
entirotoksini, Y.pestis ―sichqon toksini‖)ga bo‗linadi. Oxirgi xillari faqat 
bakteriya hujayrasi parchalanganidan keyin tashqariga tushadi. Bino-
barin,oqsil tabiatli toksinlar nafaqat mikrob virulentligini amalga oshi-
shida, balki bakteriyalarning metabolik jarayonlarida ham qatnashadi. 
Lipopolisaxaridlar,bakteriyaning hujayra devorida joylashgan 
bo‗lib,bu tuzilma parchalanganidan so‗ng tashqariga tushadi. 
 
3-jadval 
Ekzo va endotoksinlar orasidagi tafovutlar 
Belgisi 
Ekzotoksinlar 
Endotoksinlar 
Kimyoviy tabiati 
Zaharliligi 
Temperaturaga 
chidami 
Tropligi(moyilligi) 
Antigenligi 
Immunogenligi 
Vaksina turi 
Asosiy manbai 
Oqsillar 
Kuchli 
Termolabil 
Yuqori 
Yuqori 
Yuqori 
Anotoksin 
Gramm (+) bakteriyalar 
Lipopolisaxaridlar 
Kuchsiz 
Termostabil 
Yo‗q 
Past 
Past 
Tayyorlanmaydi 
Gram(-)bakteriyalar 
Oqsil tabiatli toksinlarga 80 dan ortiq bakteriya zaharlari tafovut 
qilinadi. Ular bir-biridan molekulyar massasi, kimyoviy tuzilishi, 
moyilligi, biologik faolligi bilan farqlanadi. Oqsillar asosan termolabil 
bo‗lishiga qaramay, ularning issiqqa chidamli turlari ham mavjud (3-
jadval). Masalan, 
Cl.botulinum, E.coli,
patogen stafilokokklar ishlab 
chiqaradigan zaharlar 100°C da ham bir necha minut saqlanib qoladi. 
Ekzotoksinlar a‘zo va to‗qimalarga moyilligi, zaharliligi, antigenligi, 


103 
immunogenligi va boshqa belgilari bilan tavsiflanadi. Ta‘sir mexa-
nizmiga ko‗ra 4 xili ajatiladi. 
Sitotoksinlar-oqsil sintezini buzadi. Bu guruhga enteropatogen va 
dermonekrotoksik faollikka ega toksinlar ham kiradi (4-jadval). Masa-
lan, antielongator guruhiga mansub toksinlar transferaza II fermenti 
faoliyatini izdan chiqaradi. Membranotoksinlar-eritrosit va leykositlar 
o‗tkazuvchanligini oshiradi,natijada birinchilari gemolizga uchraydi
ikkinchilari esa parchalanadi. 
Funksional blokatorlar- hujayra adenilatsiklaza fermenti faolligini 
oshiradigan enterotoksinlar, ular ta‘sirida ingichka ichak devorining 
o‗tkazuvchanligi oshadi va suyuqlik ko‗p miqdorda chiqib ketishi 
hisobiga diareya yuzaga keladi. Masalan, patogen vabo vibrioni ishlab 
chiqaradigan xolerogen,enterobakteriyalarning enterotoksinlari xuddi 
shu xususiyatga ega. Bu guruhga yana toksikablokatorlar va neyrotok-
sinlar ham kiradi.Birinchisiga kuydirgi va o‗lat qo‗zg‗atuvchilarining 
virulentlik omillari misol bo‗ladi.Neyrotoksinlar orqa va bosh miya 
hujayralariga ta‘sir ko‗rsatadi. 

Download 5,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   232




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish