K. Sh. Baltayeva, Sh. R. Aliyev



Download 5,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet126/232
Sana18.04.2022
Hajmi5,56 Mb.
#559997
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   232
Bog'liq
2 5440625474038403380

 
 
 
Urush vaqtida tuproq alohida epidemiologik ahamiyati kasb etadi
chunki bu vatqda yadrolar jarohatining qoqshol va gazli gangrena 
qo‗zg‗atuvchilarning sporalari bo‗lgan tuproq bilan ifloslanish xavfi 
kuchayadi. 


160 
Tuproqni mikrobiologik tekshirish turar joylar, suv omborlari va 
boshqa obyektlarning qurilishida muhim ahamiyatga ega. Tekshirish 
uchun tuproqni maxsus parmalagich yordamida ancha chuqurlikdan 
olinadi. Tuproqning umumiy ifloslanishi – 1 gr tuproqdagi mikroblar 
miqdori (mikroblar soni) va sanitariya-ko‗rsatkichli mikroorganizmlar: 
Cl, perfringens, ichak tayoqchasi, enterokokklar, termofillarning bor-
yo‗qligi aniqlanadi. Patogen mikroblarni tuproqdan ajratib olish 
maqsadida epidemik ko‗rsatkichlar bo‗yicha ham tekshirish olib 
boriladi. 
3. Suv mikroflorasi 
 
Suv tuproq singari ko‗plab mikroorganizmlarning tabiiy yashash 
muhitidir. Suv mikroflorasing turlari tuproq mikroflorasi turlariga juda 
o‗xshab ketadi. Bundan tashqari, suvda har xil tur vibrionlar, spirillalar, 
temir va oltingugurt bakteriyalari, nurlanuvchi bakteriyalar va boshqalar 
mavjud. Suv mikroorganizmlari tuproq mikroorganizmlari kabi tabiatda 
moddalar aylanishida katta rol o‗ynaydi. Suvda ammonifikatsiya, 
nitrifikatsiya, denitrifikatsiya va bijg`ish jarayonlari ro‗y beradi. Suv 
mikroblari yordamida oltingugurt, temir va boshqa elementlar 
aylanishining eng muhim bosqichlari amalga oshadi.
Suv mikroflorasining xarakteri har xil sabablarga bog`liq. Suv 
organik birikmalar bilan qanchalik ko‗p ifloslangan bo‗lsa, unda 
mikroblar shunchalik ko‗p bo‗ladi. Ayniqsa aholi yashaydigan joylar 
yaqinidagi daryo, hovuz, ko‗l suvida mikroorganizmlar ko‗p, chunki suv 
xo‗jaliklardan chiqadigan iflos suvlar va axlat bilan ifloslanib turadi. 
Aholi yashaydigan joylardan uzoqlashgan sari suvdagi mikroblar asta-
sekin kamayib boradi. 
Dengiz va okeanlarda suvning sho‗riga, katta bosimiga va past 
temperaturasiga moslashgan mikroblar yashaydi. Suv tagidagi 
balchiqning ustki qatlamida mikroblar shu qadar ko‗pki, xuddi pardaga 
o‗xshab ko‗rinadi. Artezian quduqlari va buloqlar suvi birmuncha toza. 
Bu manbalar suvning qaynatmasdan va zararsizlantirmasdan ichish 
mumkin. 
Sanitariya nuqtai nazaridan, ochiq suv havzalari suvining hayvonlar 
va o‗simliklarning organik moddalaridan, kasallik qo‗zg`atuvchi mik-
roblardan o‗z-o‗zidan tozalanish jarayonlari ayniqsa katta ahamiyatga 
ega. Organik birikmalarning tez parchalanishi va suv havzalari suvining 


161 
o‗z-o‗zidan tozalanishi suv saprofit mikroflorasining hayot-faoliyatiga 
bog`liq. 
Ochiq suv havzalarini shartli ravishda uchta zonaga bo‗linadi: 1) eng 
iflos suvida organik moddalar ko‗p va kislorod kam bo‗lgan avlisaprob 
zona. Bu zona mikrofloraga anchagina boy va asosan chirituvchi hamda 
bijg`ituvchi anaerob mikroblardan iboratdir. 2) iflosroq – mezosaprob zona. 
Bu zonada organik moddalarning intensivi ravishda minerallanishi ro‗y 
beradi. Saprofit mikroblar miqdori va tarkibi bu zonalarda juda xilma-xildir; 
3) toza suv zonasi – olisoaprob zona, unda organik birikmalar deyarli yo‗q 
va mikroflorasining har xil vakillari uchraydi. 
Suvning, unda bo‗lmaydigan mikrofloralardan o‗z-o‗zidan tozala-
nish jarayonlari bir qancha omillarga bog`liq; suv sathidagi mikrob-
larning quyosh nurlari ta`sirida halok bo‗lishi, iflos suvlarning ancha 
tozasi bilan aralashishi, mikrob tanachalarining mexanik cho‗kishi, har 
xil kimyoviy birikmalar va suv o‗tlari, zamburug`lar hamda boshqa 
mikroorganizmlar ishlab chiqaradigan antibiotik mahsulotlar ta`sirida 
mikroblar hayot-faoliyatining susayishi, alohida mikrob guruhlari 
o‗rtasidagi raqobat, soda jonivorlar va boshqa organizmlarning mikrob-
larni yeb qo‗yishi shunday omillangandir. Bu faktorlar yig`indisi shunga 
olib keladiki, hatto iflos suv havzalarida ham vaqt o‗tishi bilan va 
manbadan chiqib ketgan sari suv sifati yaxshilanib boradi. 
Suv infektsiya tarqatuvchi omil sifatida katta epidemiologik ahami-
yatga ega. Har xil yuqumli kasalliklar (vabo, ich terlama, dizenteriya, 
tulyaremiya, leptospirozlar va boshqalar)ning suv epidemiyasi qadimdan 
ma`lum. Suvning patogen mikroblar bilan ifloslanishi, odatda, oqar 
suvlarda odam va hayvonlar cho‗milishi natijasida ro‗y beradi. 
Patogen mikroblarning suvda yashash muddati har xil bo‗lib, asosan 
suvning sifatiga bog`liq (8-jadval). 
Patogen mikroblarning suv orqali tarqalishining oldini olish uchun 
omborlari va suv bilan ta`minlash manbalarini sanitariya jihatidan 
muhofaza qilish, shuningdek ichiladigan suv va xo‗jalikka ishlatiladigan 
suvlarni tozalash hamda zararsizlantirish choralari ko‗riladi. 
Suvning sifatiga baho berishda suvdagi mikroorganizmlarning umu-
miy soni, patogen mikroblarning bor-yo‗qligi va mikroorganizmlarning 
sanitariya-ko‗rsatkichi hisobga olinadi. Bu ko‗rsatkich suvning odam 
axlati,masalan, ichak tayoqchasi bilan ifloslangan yoki ifloslanma-
ganligini ko‗rsatadi. 


162 

Download 5,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   232




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish