215
30-rasm. Immunitet turlari
Organ va to‗qimalarni boshqa organizmlarga ko‗chirish paytida
katta rol o‗ynaydi. Spetsifik bo‗lmagan immunitet boshqa organizmdan
olingan va to‗qimalarga qarshi turishga qobiliyatlidir.
Bu
hodisaning
aksinchasi
– immuniologik tolerantlikdir.
Immuniologik tolerantlik, ya‘ni immunologik chidamlilik to‗g‗risida F.
Bernet degan olim aytib o‗tgan. Lekin 1953-yili olimlardan P. Medavar
va M. Gasheklar embrional rovojlanish paytida antigen ta‘sir
etilgan
organizm, tug‗ilib katta bo‗lganda shu antigenga – organ va
to‗qimalarga qarshi turish qobiliyatiga ega emasligini isbotladilar. Ya‘ni,
bunday organizmlarda immuniologik tolerantlik hosil bo‗ladi va shu
to‗qimalarga qarshi qobiliyat bo‗lmaydi.
Tabiiy sust (onadan
xomilaga va
chaqaloqqa o„ish)
216
Yuqorida aytib o‗tilganidek, immunitetning yana bir turi infeksion
immunitetdir. Infeksion immunitet o‗z navbatida spetsifik va spetsifik
bo‗lmaganlarga bo‗linadi. Spetsifik bo‗lmagan immunitet tug‗ma immu-
nitet bo‗lib, mexanik, fizikaviy va biologik
omillarga organizmning
qarshi turish qobiliyatidir.
Spetsifik bo‗lmagan immunitet ikkiga bo‗linadi:
a) Tabiiy yoki tug‗ma.
B) Organizmni himoya qilish anatoma – fiziologik omillari.
Tabiiy yoki tug‗ma immunitet evolyutsiya jarayonida hosil bo‗lib,
nasldan – naslga o‗tadi. Masalan, qoramollar, otlarning manqa
kasalligiga, otlar, itlarning toun kasalligiga, odam esa cho‗chqalar va
itlarning toun kasalligiga sezgir emas.
Hayvonlarda va odamlarda
bo‗ladigan bunday immunitet tabiiy, tug‗ma va zotiga xos immunitet
deyiladi. Bunday immunitetning paydo bo‗lishi sababi har xildir. I. M.
Mechnikov tug‗ma immunitetning bir turini kaltakesak va toshbaqalarda
tekshirib, uning sababini isbotlagan.
U qoqshol tayoqchasinining katta miqdorini kaltakesak va
toshbaqaning
terisi ostidan yuborib, bu toksin ularga hech ta‘sir
etmaganligini, ya‘ni ularni shu toksinga immunitetli ekanligini
aniqlagan.
Tabiiy tug‗ma immunitet absolyut yoki mutloq va nisbiyga
bo‗linadi. Absolyut yoki mutloq immuniteti bo‗lgan hayvonlar kasallik
qo‗zg‗atuvchilarning miqdori katta yoki shu qo‗zg‗atuvchi
mikrob
uchun nihoyatda qulay sharoit bo‗lishiga qaramay kasallanmaydi. Misol
uchun ot hech qanday sharoitda ham qoramollarning toun kasalligi bilan
kasallanmaydi, ya‘ni otlarda qoramollarning toun kasalligiga absolyut
immunitet bor.
Nisbiy immunitetda esa organizm fizikaviy - kimyoviy va biologik
omillar yoki tashqi muhitning ta‘sirida qo‗zg‗tuvchi
mikroorganizm-
larning katta miqdori bilan zaharlantirilsa, shu qo‗zg‗tuvchi mikroor-
ganizmlarga organizmning qarshi turish qobiliyati yo‗qoladi. Masalan,
tabiiy sharoitda kaptar kuydirgi kasalini qo‗zg‗tuvchi mikroorganizm-
larga chidamli. Lekin unga avval alkagol berib, keyin mikroorganizmlar
yuborilsa, u albatta kuydirgi bilan kasallanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: