Loyiha O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti



Download 4,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet315/372
Sana18.04.2022
Hajmi4,15 Mb.
#559406
1   ...   311   312   313   314   315   316   317   318   ...   372
Bog'liq
kriminalist

2-kazus 
 
2015 yil 25 avgust kuni soat 15:30 larda A.Temur shoh 
ko‘chasidan Navoiy ko‘chasiga qarab burilish chorraxasida o‘zbek 
millatiga mansub, yoshi taxminan 16-25 oralig‘ida bo‘lgan qiz jasadi 
topilgan. Murda dastlab ko‘zdan kechirilganda uning tanasida yezilish 
va shilinish izlari borligi aniqlandi. Biroq, jinoyatchi hodisa joyidan 
yashirinishga ulgurgan.


464 
Hodisani ko‘rgan guvohlar Eshmatov E. va Toshmatov S. lar aynan 
qaysi avtoulov jabrlanuvchini urib ketganini aniq aytib berisha olmadi. 
Ularning ko‘rsatuvlariga ko‘ra oq rangli matiz va oq rangli spark bir xil 
tezlikda chorraxadan o‘tishgan. Jabrlanuvchi ular orasida qolgan. 
Jabrlanuvchi kiyimidan oq rangli kraskasi qoldiqlari topildi.
 
Jinoyatni kriminalistik tavsifini bayon qiling. Aybdorni aniqlash 
jarayoni qanday tashkil etilishi lozim? Holat yuzasidan qanday 
qo‘shimcha tergov harakatlari o‘tkazilishi zarur? Jinoyatni ochish 
uchun qanday qo‘shimcha tergov va tezkor-qidiruv tadbirlarini 
o‘tkazish lozim? 


465 
 
 
32-mavzu. EKOLOGIYA JINOYATLARINI 
TERGOV QILISH 
Ekologiya sohasidagi jinoyatlarning oqibatlari.
 
Jinoyat ishini 
qo‘zg‘atish.
 
Ekologiya sohasidagi jinoyatlar bo‘yicha
 
isbotlash. 
Ekologiya sohasidagi jinoyatlarning oqibatlari
Ekologiya sohasidagi jinoyatlar moddiy tarkibli bo‘lgani bois, 
ularni tugallangan deb topish uchun jinoyat-huquqiy oqibatning yuz 
berganligi muhim ahamiyatga ega.
Ekologik jinoyatlar tergovining samaradorligi, eng avvalo, 
tergovchining tegishli korxona va tozalash inshooti ishini tashkil 
etishning o‘ziga xos tomonlarini bilishiga bog‘liq.
Bu jinoyatlarning barchasi tergov uslubi nuqtai nazaridan bir xil 
ko‘rinishga ega va o‘z kriminalistik belgilariga ko‘ra, ya’ni sodir etilish 
tarzi, mexanizmi va shart-sharoiti, sodir etgan shaxs va keltirgan zarar 
xarakteri jihatdan bir-biriga juda o‘xshashdir. Mazkur toifadagi ijtimoiy 
xavfli xatti-harakatlarni tergov qilish va ochish ekologik jinoyatlar 
qoldirgan tipik moddiy izlarda kriminalistik alomatlar butunlay aniq 
namoyon bo‘lishi va uyg‘unligiga bog‘liq. Masalan, tabiiy muhitning 
ifloslanishi turli kimyoviy vositalardan foydalanish, energetik issiqlik, 
shovqin, tebranish, radiatsiya tarzida haddan ziyod tarqalishi atrof-muhit 
tarkibiy qismini biologik va fizik tuzilmalar va sifat jihatdan jiddiy 
og‘ishlarga olib keladi. 
Tuproq va er osti boyliklari, daryo, ko‘llar, suv omborlari, kanallar, 
suv havzalari, sizot suvlari, muzliklar va hokazolar asosan sanoat, 
transport, kommunal xo‘jaliklar va boshqa korxonalardan chiqqan 
tozalanmagan va zararsizlantirilmagan oqovalardan ifloslanadi. Havo 
bo‘shlig‘i esa asosan qora va rangli metallurgiya korxonalari, kimyoviy, 
energetik, neftni qayta ishlash sanoati tomonidan normativ hujjatlarda 
belgilangan va ruxsat etilgan konsentratsiya (REK)dan yuqori miqdorda 
chiqariladigan uglevod oksidi, oltingugurt, qo‘rg‘oshin, azot oksidlari
simob, vodorod sulfidi va boshqa jonli mavjudot uchun xavfli bo‘lgan 
moddalardan ifloslanadi. 


466 
Bir qator holatlarda davlat organlarining sanitariya nazorati va 
boshqa inspeksiya xodimlarining talablari, yo‘l-yo‘riq va ko‘rsatmalarini 
bajarmaslik, tozalash inshootlarini qurish yoxud ta’mirlashdan bosh 
tortish natijasida havo va suvlar ifloslanmoqda. Bunda ko‘rsatmalarni 
bajarmaslik sabablari va vajlarini belgilash, korxona rahbari yoxud 
bevosita ijrochilar aybini aniqlab olish zarur. Tergov ishlari 
mukammalligini ta’minlash uchun jinoyat sodir etishga olib kelgan 
engillashtiruvchi va og‘irlashtiruvchi vaziyat bo‘yicha ayblanuvchilarni 
shart-sharoitlarini aniqlash lozim. Ishlab chiqarishni tashkil etish, 
texnologik rejim talablariga rioya qilish tozalash inshootlari, chang va 
turli gazlarni tutib qoladigan qurilmalarni o‘rganishda muhim o‘rin 
tutadi. 

Download 4,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   311   312   313   314   315   316   317   318   ...   372




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish