469
sharoitlar), ro‘y bergan hodisalar va ularning salbiy oqibatlarini bartaraf
etish va ifloslashni to‘xtatish yuzasidan ko‘rilgan choralar to‘g‘risida
axborotga ega bo‘lish kerak. Shuningdek, yuqorida tilga olingan
ob’ektlarni ifloslanishiga yo‘l ochadigan vaziyatni (tozalash qurilmalari
nosozligi, ishlab chiqarishning texnologik talablariga rioya qilmaslik,
chiqindi va tashlandiqlarni zararsizlantirish va tozalash jarayonining
buzilishi, sanoat, kommunal-maishiy xo‘jaliklardan chiqadigan oqovalar
tozalanishni ta’minlovchi qurilmalar bir me’yorda ishlamasligi,
nazoratining susayib ketganligi) aniqlash ham maqsadga muvofiq.
Tergovning oxirigacha kutib o‘tirmay
tergovchi jinoyatni kelib
chiqishiga yo‘l ochgan aniq sabab va sharoitlarni belgilashi, uni bartaraf
etish imkoniyatlarini o‘rganishi va oldini olish to‘g‘risida tegishli
organlarga taqdimot kiritishi shart.
Ekologik jamiyatlarni tergov qilishda haqiqiy holatni tez, to‘la va
samarali aniqlab olish kerak. Tergov harakatlariga ta’sir ko‘rsatadigan
bir qator o‘ziga xos taktik yo‘nalishlar mavjud.
Voqea ro‘y bergan joyni ko‘zdan kechirish jarayonida ifloslangan
suv havzasi, er uchastkasi, o‘simlik va hayvonot dunyosiga duch kelish
mumkin. Bunda ifloslanish xarakteri, uning boshlanishi,
rivojlanishi va
jadallashish darajasi aniqlanadi. Suv va er neft mahsulotlari bilan
ifloslanganda yuzada yupqa qatlam hosil bo‘ladi, u ichki qatlamga
o‘tishi, tuproq shimib olgan bo‘lishi mumkin. Natijada ifloslangan er va
suvning fizik xossasi o‘zgaradi (yaltiraydi, hid chiqaradi, rangi
o‘zgaradi). Atmosfera havosi ifloslanganda zararli chang-tuzon va turli
gazlarni shamol yo‘nalishi bo‘yicha o‘z
manbalaridan uzoqlarga olib
ketadi. Ifloslangan havo turli darajada flora va faunalarga ham ta’sir
ko‘rsatadi.
Ifloslangan joyda o‘ziga xos tomonlarni isbotlash uchun tekshirish
ishlariga turli mutaxassislar – tegishli ishlab chiqarish tarmoqlari,
sanitariya-epidemiologiya, suv muhofazasi, baliq muhofazasi va
boshqalar bilan shug‘ullanadigan xodimlarni jalb etish kerak. Bundan
maqsad ilmiy metodlar va maxsus asboblar, qurilmalar va boshqa texnik
vositalardan foydalanib, olingan axborot va namunalar to‘la-to‘kis
aniqligi ta’minlanadi.
Ifloslangan joyni ko‘zdan kechirganda ko‘p
hollarda markazdan
boshlab keyin chetga chiqiladi., ya’ni ifloslash manbaidan tozalash
inshootiga, suv to‘planadigan joyga, so‘ngra chiqindilar to‘kiladigan va
ko‘miladigan yaqin hududga o‘tish, xullas spiral bo‘yicha harakat qilish
maqsadga
muvofiqdir.
SHunday
qilib,
faqat
ifloslanayotgan
470
manbanigina emas, balki chiqindilar, tashlandiqlar, o‘lgan baliq va
boshqa hayvonlar to‘planib qolgan uchastkalarni ham o‘rganish
imkoniyati yaratiladi. Bu uchastkalardagi suv, tuproq, o‘simlik va
havodan namunalar olinadi. Videoga olish, suratga tushirish, shuningdek
ifloslanish manbai,
uning qoldiqlari, izlari va namuna olingan
uchastkalarning chizmasi ko‘zdan kechirish bayonnomasiga ilova
qilinadi.
Hujjatlarni tahlil qilish muhim ahamiyatga ega. Ular suv havzalari,
tuproq va havoni zararlayotgan dalillar, shuningdek faunalarning qirilib
ketishi, o‘rmon va boshqa o‘simliklarning yo‘qolishi to‘g‘risida
ma’lumotlar beradi.
Hujjatlar bilan tanishuv orqali, ba’zi mansabdor shaxslar vakolati,
hujjatlarning talablariga rioya etish darajasi to‘g‘risida xulosa qilish
mumkin. Bu ijtimoiy xavfli xatti-harakatlarni
ifodalaydigan va jinoyat
ishiga tirkab qo‘yadigan asosiy hujjatlar darajasini aniqlash imkoniyatini
beradi.
Hujjatlarni ularning to‘la-to‘kisligi va mantiqiyligi nuqtai
nazaridan ham, tuzatish va qo‘shimcha kiritish imkoniyatlarini texnik-
kriminalistik vositalarni joriy etish orqali aniqlash bilan ham chuqur
Do'stlaringiz bilan baham: