E’tibor qiling! Yo‘l-transport hodisasi yuz bergan joyni
ko‘zdan kechirish.
YTH yuz bergan joyni ko‘zdan kechirish o‘ziga
xos xususiyatga ega. Olingan natijalar tekshirilayotgan voqeani
tiklash, hodisa mexanizmi to‘g‘risida tasavvur hosil qilish va uning
sabablarini aniqlash imkonini beradi. Uning spetsifikasi ushbu tergov
harakatlari amalga oshirilayotgan sharoitlar bilan belgilanadi. Ushbu
sharoitlar yo‘l harakatining o‘ta zichligi tufayli holatning o‘zgarishi va
izlarning yo‘q bo‘lib ketishi xavfining kattaligi bilan ajralib turadi.
Harakatni to‘xtatish esa avtomagistrallarida boshqa xavfli vaziyatlarni
keltirib chiqarishi mumkin. Bu kabi tez-tez bo‘lib turadigan majburiy
o‘zgarishlar tergovchi uchun doimo ortiqcha qiyinchilik tug‘diradi.
Mana shundan kelib chiqqan holda YTHlari to‘g‘risidagi har bir
xabarga darhol munosabat bildirish va avariya yuz bergan hududda
yo‘l harakatini tez va to‘g‘ri tashkil etish: xavfli hududni aylanib
o‘tilishini ta’minlash, ogohlantiruvchi belgilar o‘rnatish va shu kabilar
zarurligi talab etiladi.
454
hisoblanadi. Biroq, ko‘zdan kechirish boshlanguniga qadar hodisa yuz
bergan joyni o‘zgarishsiz saqlashga hamisha
ham
muvaffaq
bo‘linavermaydi. Bunday o‘zgarishlarga ko‘pincha avariya natijasida
jabr ko‘rgan transport vositasidagi yo‘lovchilarga tibbiy yordam
ko‘rsatish zarurati sabab bo‘ladi, negaki, bu ishni bajarish uchun
avtomashina oynalarini sindirishga, eshiklarini sug‘urib olishga to‘g‘ri
keladi. Avariyada ishtirok etgan avtomashinalarni yo‘lning transport
vositalari harakatlanadigan qismidan boshqa joyga olish ehtiyoji
ularning bu erda turishidan yo‘ldagi holatning murakkablashishi,
ayniqsa, yo‘lda transportning normal harakatlanishiga xavf solishi va
shu kabi boshqa sabablardan kelib chiqadi.
Jabrlanganlarga yordam ko‘rsatish hodisa sodir bo‘lgan joyga etib
kelgan YHXX xodimlarining birinchi galdagi vazifasidir. Basharti,
jabrlanuvchi davolash muassasasiga jo‘natilguniga qadar yo‘lning
transport vositalari harakatlanadigan qismida yotgan bo‘lsa, u yotgan joy
va gavdasining holati tegishli tarzda qayd etiladi (chiziladi, masalan,
bo‘rda asfaltga chiziladi va shu kabilar).
YHXX xodimlari tergovchi etib kelguniga qadar YTHda ishtirok
etgan transport vositalarining haydovchilarini ushlash, ularning
haydovchilik guvohnomasini va boshqa hujjatlarini, masalan, yuk
tashish huquqini beruvchi hujjatlarini, transport vositalarining texnik
pasportlari va boshqa shu kabilarini olib qo‘yish chora-tadbirlarini ham
ko‘rishlari kerak. Izlarning saqlab qolinishiga alohida e’tibor qaratish
lozim. Negaki, izlar ob-havo sharoitlari, yo‘lda yuzaga kelayotgan holat
va boshqa shu kabilarning ta’siri natijasida yo‘qolib ketishi turgan gap.
Ko‘zdan kechirish boshlanguniga qadar tergovchi shohidlardan
so‘rash orqali voqea qanday yuz berganini, moddiy holatga qanday
o‘zgarishlar kiritilganligini umumiy tarzda aniqlaydi. Basharti,
haydovchi avariya aybdori bo‘lib, hodisa sodir bo‘lgan joydan
yashiringan bo‘lsa, avariyada ishtirok etgan transport vositasining turi,
rusumi va rangini, qoidabuzar qochib ketgan yo‘nalishni aniqlash juda
muhim. Bu qidiruvni «issig‘ida» tashkil etishga yordam beradi. Qidiruv
hodisa yuz bergan joyni ko‘zdan kechirish bilan bir vaqtda olib boriladi.
Hodisada ishtirok etgan haydovchilar mast degan shubha paydo bo‘lsa,
ularni YHXX xodimlarining hamrohligida qondagi alkogol tarkibini
aniqlash maqsadida tibbiy tekshiruvga yuborish lozim.
Tergovchi YTHning umumiy manzarasi bilan tanishib, ko‘zdan
kechirishning chegaralarini belgilaydi va shu chegaralar doirasida
qo‘riqlash ta’minlanadi. Ko‘zdan kechirish boshlanguniga qadar hodisa
455
yuz bergan joydan shatak yordamida tortilgan transport vositalarining
qaerda turganligini, ular dastlab yo‘lning transport vositalari
harakatlanadigan qismining qaerida turganligini ko‘rsatuvchi belgilar
bor-yo‘qligini, kasalxonaga jo‘natilgan jabrlanuvchining turgan joyi va
gavda
ko‘rinishi
hamda
boshqa
shu
kabilar
belgilangan-
belgilanmaganini aniqlash ham muhim ahamiyatga ega.
Ko‘zdan kechirishni yo‘lning transport vositalari harakatlanadigan
va yo‘l harakatini tezda tiklash talab qilinadigan qismidan boshlash
kerak. Bunda harakatlarning ketma-ketligi yuzaga keladigan vaziyatga
bog‘liq bo‘ladi. Eng avvalo, izlarga putur etishi yoki ular yo‘q bo‘lib
ketishi xavfi mavjud va avtomagistral bo‘ylab transport zich harakat
qiladigan joylar ko‘zdan kechirilishi kerak. Agar yo‘l harakati
qoidalarini buzgan haydovchi hodisa yuz bergan joydan mashinada
g‘oyib bo‘lgan bo‘lsa, ko‘zdan kechirishni haydovchining yo‘nalishini
ko‘rsatuvchi izlar orqali topilishi mumkin bo‘lgan joydan boshlab, shu
yo‘nalish bo‘yicha qidiruvni tashkil etgan ma’qul.
Yo‘lning transport vositalari harakatlanadigan qismini ko‘zdan
kechirish jarayonida uning profilini (balandliklari, pastliklari, burilish
joylari va shu kabilarini), yo‘l ishoralari va belgilarining bor-yo‘qligini,
yo‘l yoqasini, to‘siqlarni, transport vositalari harakatlanadigan qismining
kengligi va shu kabilarni albatta qayd etish shart. Ushbu ma’lumotlarni
hisobga olgan holda keyinchalik hodisaning har bir qatnashchisi
yo‘lning mazkur qismini ko‘z bilan qamrash va YTHning oldini olish
uchun qay darajada imkoniyatga ega bo‘lganligiga baho beriladi.
Fildirak qoplamasining shakli aks etadigan va ko‘pincha YTH yuz
bergan joyda topiladigan izlarga qarab, ushbu izlarni qoldirgan
avtomashinaning rusumi, modeli aniqlanadi. Mana shu ma’lumotlar
yashiringan haydovchilar va transport vositalarini qidirishga yordam
beradi.
Transport vositalarini ko‘zdan kechirish. Transport vositasini
ko‘zdan kechirishni avariya natijasida putur etgan joydan boshlash
lozim. Bunda transport vositalarida mavjud bo‘lgan boshqa izlar: qon
izlari, bo‘yoq zarrachalari, trasologik izlar va boshqa shu kabilarga
ziyon etkazmaslik yoki ularni yo‘q qilib yubormaslik uchun
ehtiyotkorlik talab qilinadi.
Putur etgan joy qaerda joylashganligi, shakli, o‘lchami ko‘rsatilgan
holda bayonnomada batafsil tavsiflanishi lozim. Agar transport
vositasida qirilgan joylar paydo bo‘lgan bo‘lsa, ularning gorizontal
456
bo‘ylab
yo‘nalishini
ko‘rsatish
kerak.
Putur
etgan
joylar
avtomashinaning qaerida ekanligini ko‘rsatishdan tashqari o‘lchash yo‘li
bilan ham qayd etiladi. O‘lchov vositasining bir uchi doimo er sathida
bo‘lishi kerak. Shu orqali putur etgan joy qanday balandlikda
aniqlangani ma’lum bo‘ladi. Ko‘zdan kechirilayotgan avtomobil qanday
holatda ekanligini va undagi putur etgan joylar haqida tasavvur hosil
qilish uchun umumiy va mukammal suratga tushirish qoidalari bo‘yicha
fotosuratga olish lozim. Umumiy fotosuratlarda transport vositasining
har bir tomondan umumiy ko‘rinishi qayd etiladi. Keyin masshtabli
chizg‘ich bilan har bir putur etgan joy alohida suratga olinadi.
Murdani ko‘zdan kechirish.YTH yuz bergan joyda murda umumiy
qoidalarga binoan tekshiriladi. Ayniqsa murdadagi izlar va shikastlarga
alohida e’tibor qaratish, odam urib ketgan haydovchi yashiringan,
guvohlar yo‘q bo‘lgan noqulay tergov vaziyati yuzaga kelgan paytda hal
etuvchi muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Buning uchun kiyim-kechak
ham, poyabzal ham alohida sinchkovlik bilan tekshiriladi, negaki, ularda
ko‘p hollarda keyinchalik transport vositasini identifikatsiya qilish
imkonini beradigan g‘ildirak qoplamasi izlari va boshqa izlar qolgan
bo‘ladi.
Hodisa yuz bergan joyda murdani ko‘zdan kechirish natijalarini
qayd etish vaqtida yo‘lning transport vositalari harakatlanadigan
qismining qaerida, avariyada ishtirok etgan transport vositasiga, mavjud
izlarga (murdani sudrash, tormoz izlari va shu kabilar) nisbatan qaerda
ekanligini aniq ko‘rsatish muhimdir. Bu hodisa mexanizmini tiklash
imkonini beradi. Murdaning gavdasi, kiyim-kechagining holati, ulardagi
izlar va putur etgan joylar ham qayd etiladi. Ko‘zdan kechirish
jarayonida barcha manzara fotosuratga olinadi, o‘lchanadi. Natijalar
bayonnomaga batafsil yoziladi. Murdadagi putur etgan joylar, ularning
lokallashgani, og‘irlik darajasi va murdaning kiyim-kechaklaridagi
izlarga qarab, zarba avtotransportning qaysi qismi bilan etkazilganligi,
zarbning kuchi, yo‘nalishi va boshqa shu kabilar to‘g‘risida xulosaga
kelish mumkin.
Yo‘l-transport hodisasida qatnashgan haydovchilarni so‘roq qilish.
So‘roq qilishdan oldin haydovchining shaxsini aniqlash va hujjatlari:
haydovchilik guvohnomasi, avtomashinaning texnik pasporti, yuk
tashishga taalluqli hujjatlar, yo‘l varaqalari va boshqa shunga o‘xshash
hujjatlarini tekshirish zarur.
457
Piyodalarni (velosipedchilarni) avtomashina urib ketganligi
to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha jabrlanuvchilarni so‘roq qilish jarayonida
quyidagilar aniqlanadi:
1) jabrlanuvchi qay tarzda, qanday tezlikda, qanday jadallikda va
yo‘nalishda harakat qilgan;
2) jabrlanuvchi o‘ziga yaqinlashib kelayotgan transport vositasini
ko‘rganmi va agar ko‘rgan bo‘lsa, u qaysi tomondan va taxminan
qanday tezlikda harakat qilgan;
3) jabrlanuvchi transport vositasi kelib urilganda qaerda turgan;
4) kelib urilgan transport vositasining turi, rusumi, modeli, rangi
qanday edi va agar u voqea sodir bo‘lgan joydan yashiringan bo‘lsa,
qaysi yo‘nalish bo‘ylab ketgan.
YTHga shohid bo‘lgan guvohlarni so‘roq qilish. Yo‘l harakati
xavfsizligi qoidalarini jinoiy tarzda buzilganiga guvoh bo‘lgan shaxslar
doirasiga hodisada ishtirok etmagan, biroq, avariya joyiga bevosita
yaqin turib, uni kuzatishi mumkin bo‘lgan piyodalar, yo‘lovchilar,
transport vositalarining haydovchilari kiradi. Harakat xavfsizligi ustidan
nazoratni
amalga
oshirish
bo‘yicha zimmasidagi vazifalarni
bajarayotgan YHXX xodimlari ham hodisa shohidlari bo‘lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |