Loyiha O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti



Download 4,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/372
Sana18.04.2022
Hajmi4,15 Mb.
#559406
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   372
Bog'liq
kriminalist

 
Kriminalistik diagnostika 
E'tibor qiling! Topilgan farqni to'g'ri baholay olish uchun 
o'rganilayotgan predmetdan foydalanish, ta'mirlash, saqlash, tozalash 
rejimini, tekshirilayotgan shahsning yoshi, patologik va boshqa 
o'zgarishlarini o'rganish talab etiladi.


36 
 
Biror ob’ekt qidirilayotgan narsa, hujjat yoxud shaxsning aynan 
o‘zi ekanligi aniqlanmasa, tekshirilayotgan ob’ektlar jinoyatga aloqador 
bo‘lishi mumkinligi, qidirilayotgan ob’ektga o‘xshashligi to‘g‘risida 
xulosaga kelinadi. Bu holda guruh o‘xshashligi aniqlanadi va shu 
guruhga kiradigan ob’ektlar orasidan jinoyatga aloqadorini aniqlash 
vazifasi kelib chiqadi. Guruhga mansub ob’ektlar o‘z xususiyatlari bilan 
biri jinoyatga juda aloqador, ikkinchisining bunday aloqasi aslo yo‘q 
ekanligi ob’ektni qidirishga katta yordam beradi. Masalan, ish bo‘yicha 
barcha avtotransport vositalari emas, balki aniq rusumga mansub 
bo‘lgan, oq rangli, bamferining chap tomoni shikastlangan, chirog‘i 
singani qidirilishi kerakligi vazifani ancha engillashtiradi. Ana shu 
shikastlangan avtomashinani boshqa shu guruhdagilaridan farqlash 
kriminalistik diagnostika ta’limotiga oiddir. 
Kriminalistik diagnostikaning umumiy vazifasi ob’ektiv haqiqatni 
ob’ektning xususiyatlari va holatlarini o‘rganish orqali aniqlashdir. 
Binobarin, diagnostika zamirida umumiy voqealar va ularning natijalari 
bo‘yicha tanib olish jarayoni yotadi. 
Diagnostika murakkab sud-isbotlov tizimining usullaridan biri 
sifatida haqiqatni aniqlash umumiy qonun-qoidalariga to‘laligicha mos 
keladi. 
Bayon 
etilganlarni 
inobatga 
olgan 
holda 
kriminalistik 
diagnostikani ob’ektning (vaziyatning) xususiyatlari va holatlarini unda 
yuz bergan o‘zgarishlarni aniqlash maqsadida tekshirish, ushbu 
o‘zgarishlarning sababini va uni sodir etilgan jinoyat bilan aloqasini 
aniqlash deb ta’riflash mumkin. 
Kriminalistik diagnostikaning ilmiy asoslarini yaratish uchun 
alohida ob’ektlarning va butun bir jinoiy vaziyatlarning xususiyatlari va 
o‘ziga xos jihatlarini ifodalovchi katta hajmdagi ko‘p uchraydigan 
belgilarni tahlil qilish va ularni bir tizimga solishga to‘g‘ri keladi. 
Bulardan kelib chiqqan qonuniyliklardan foydalaniladi. 
E'tibor qiling! 
“Diagnostika” so'zi yunoncha bo'lib, “farqlash”, 
“aniqlash” degan ma'noni anglatadi. Kriminalistikada diagnostika 
tekshirilayotgan holatni odatiy holat bilan o'hshashligini aniqlashdan 
tashqari farqlash, ya'ni shu holatni unga o'hshash holatlardan ajratish, 
differentsiyalashtirish tushuniladi.


37 
Kriminalist-trasolog izlar klassifikatsiyasiga asoslanib, hodisa ro‘y 
bergan joyda izlarning paydo bo‘lish sharoitlarini aniqlash bo‘yicha 
diagnostik vazifani echadi: avval har bir izni alohida, so‘ngra bir turdagi 
izlar guruhini, undan so‘ng har xil izlar guruhini va ularning birikmasi 
tahliliga asoslanib butun bir vaziyatni diagnostika qilishga o‘tadi. 
Identifikatsiyada ob’ektning belgilari bir-biriga mos kelganda 
qidirilayotgan ob’ekt deb e’tirof etish uchun izda aks ettirilgan belgilar 
bilan solishtiriladi. Diagnostikaning maqsadi ma’lum, lekin yagona 
bo‘lmagan belgilarni aniqlashdir. Bu erda qiyosiy usul aks ettirilgan 
tasvirlar orqali o‘rganilayotgan ob’ektni takrorlanuvchi belgilari bilan 
solishtirish uchun ishlatiladi. Har qanday diagnostikaning (tibbiy, texnik 
yoki kriminalistik) asosi o‘xshashlik bilan taqqoslashdir. O‘xshashliklari 
orqali taqqoslash usuli yordamida ehtimollik darajasi, o‘xshashlik 
alomatlari soni va ularning muhimligiga bog‘liq bo‘lgan xulosaga kelish 
mumkin. 
Kriminalistik 
diagnostika 
nazariyasida 
ob’ektlar 

Download 4,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   372




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish