diagnostikalashtiriluvchi
va
diagnostikalashtiruvchi
,
izlanayotgan
va
o‘rganilayotganga
ajratiladi. Diagnostikalashtiriluvchi - bu
ob’ektning
holati,
xususiyatlari,
hodisa
mexanizmidir.
Diagnostikalashtiruvchi esa, holat, xususiyat, mexanizmni moddiy aks
ettiruvchi izlar, alomatlardir.
Ko‘pincha, diagnostikalashtiriluvchi ob’ekt sifatida qandaydir aniq
narsa, diagnostikalashtiruvchi sifatida esa turli xil ma’lumot: qolip,
nusxa, tergov harakatlari bayonnomalaridagi tavsif, sxemalar, rejalar,
ko‘rsatuv
foto-kino-videotasvirlar
uchraydi.
Aniq
ob’ektni
diagnostikalash, yuqorida keltirilgan ma’lumot bilan cheklanmay,
alohida tergov harakatlari; tergov eksperimenti, hodisa yuz bergan joyni
qayta ko‘zdan kechirish, ekspertiza o‘tkazishni talab qiladi.
Ma’lumotning ishonchliligi va etarliligiga baho berish juda
muhimdir. U etarli yoki ishonchli bo‘lmasa, yana qanday manbalardan
va qanday vositalar yordamida tekshirish, to‘ldirish mumkinligini
aniqlash lozim.
Ob’ektning bevosita xususiyatlari va holatini o‘rganish, shu
jumladan, ma’lum bir andozaga mos keluvchi xususiyatlarni o‘rganish
muhim ahamiyat kasb etadi. Ob’ektning asl holati qanday bo‘lgan,
hujjatning boshlang‘ich matniga qanday o‘zgarishlar kiritilgan; odam
qo‘lyozma yozayotganda qanday holatda bo‘lgan; matnga kimyoviy
ta’sir ko‘rsatilganmi, yuvilganmi, kiyimdagi qon izlarining shakli va
joylashishiga qarab ularning paydo bo‘lish mexanizmini aniqlash
38
mumkinmi; mazkur hujjat blankini tayyorlashda maxsus qoidalardan
chetga chiqishlarga yo‘l qo‘yilganmi, degan savollarga javob olish
imkoniyati bor.
Harakat vaqtini, ketma-ketligini aniqlash, hodisa joyidagi izlarga
ko‘ra, jinoyatchi qanday harakat qilgani haqida xulosa chiqarish
mumkin.
Tergovchi alohida izlarni aniqlash va ularni paydo bo‘lish
sabablarini tushuntirishdan (sabablari va o‘zaro aloqalari) bir xil izlar
guruhini o‘rganishga o‘tadi va so‘ngra ularning alomatlari asosida
jinoyat hodisasi haqida muayyan bir taxminni olg‘a suradi. Bu taxminni
asoslashda kriminalistik diagnostika paytida aniqlangan sabab-natija
aloqalari muhim ahamiyatga ega.
Kriminalistik diagnostikaning asosiy vazifalari quyidagilardan
iborat:
1) jinoyat sodir etilgan vaziyatni o'rganish (jinoyat qaerda,
qanday vaziyatda sodir etilgan, mavjud izlarning qaysi biri jinoyatga
aloqador);
2) hodisaning turli bosqichiga oid mehanizmni o'rganish (to'siqni
buzib o'tishning hususiyati va yo'nalishi, transport vositalarining
to'qnashuvdan oldin va hodisa paytida o'zaro joylashuvi, qalbaki pul
belgilari tayyorlashning usullari va hokazo);
3) hodisa yuz bergan joydagi buyumlarning alohida belgilarini
aniqlash (ularning holati va hususiyatlari, jinoyat qurolini tanlashga,
jinoyatchi va uning kiyimida iz qoldirishga, jinoyatni yashirishga
aloqadorlik);
4) jinoiy hodisaning vaqtga oid hususiyatlarini o'rganish (qachon
yuz bergan, uni amalga oshirish uchun qancha vaqt ketgan bo'lishi
mumkin, qaysi izlar avval, qaysilari keyinroq paydo bo'lgan va
hokazo);
5) harakatda bo'lgan ob'ektlarning miqdori va hususiyatlarini
aniqlash (jinoyat ishtirokchilari nechta bo'lgan; qulfni ochgan shahs
professional mahoratga ega bo'lganmi, o'q otish quroli yoki portlovchi
moddalarni tayyorlashda qanday moslamalar ishlatilgan va hokazo);
6) sababli bog'lanishni o'rganish (ma'lum bir hatti-harakatlar va
kelib chiqqan natija o'rtasida sababli aloqalar bormi, yong'inning
sababi, tepkini bosmay yuz bergan o'q otilishining sababi nima va
hokazo).
39
Kriminalistik
diagnostikaning
elementlari
boshqa
tergov
harakatlarini o‘tkazganda ham yaqqol ko‘zga tashlanadi. Tergovchining
tintuv qilinayotgan, so‘roq qilinayotgan shaxsning xulq-atvori, so‘roq
paytidagi reaksiyalari ustidan kuzatuvi diagnoz sxemasi bo‘yicha
amalga oshirilishi kerak: belgilar tahlili, taxmin qilish, uni tekshirish
ijobiy rol o‘ynaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |