16
yuklamasi bilan tuzilgan so‘roq gapning boshqa yo‘l bilan (ayrim ottenka
bilan) berilishini ko‘rsatadi. Mustaqil so‘roq so‘zlarning ma’nosini, odatda,
yolg‘iz intonatsiya bilan ifodalab bo‘lmaydi: so‘roq
olmoshi shunga
mazmuni mos keladigan so‘zni— javobni talab qiladi:—
kim keldi?
Student.— Qayoqqa ketdi?—Institutga. Lekin bormadingiz?
Tipidagi so‘roq
gaplarda intonatsiyaning roli ayrimdir (ottenka boshqacha).
Grammatik vositalar ishlatilmay, intonatsiyaning o‘zi bilan tuzilgan
so‘roq gapni har vaqt -mi elementi yordami bilan tuzilgan so‘roq
gapga
almashtirib bo‘lmaydi: so‘roq gapning ba’zi turlarida -mi elementini qo‘llab
bo‘lmaydi.
So‘roq intonatsiyaning o‘zi bilan bildiriladigan gaplarda: 1) ba’zan
so‘roqni bildiradigan so‘z aytilmaydi, lekin gap intonatsiya yordami bilan
so‘roq gap bo‘la beradi. Misollar:—
otingiz? (otingiz nima?)—ahvolingiz?
(ahvolingiz qalay?)—bola-chaqa? (bola-chaqa qalay?);
2) ba’zan
kesimi
buyruq mayli formasidagi fe’l bilan ifodalangan buyruq gap (bunday
gapning ham mazmun ottenkalari ko‘p) intonatsiya yordami bilan so‘roq
gapga o‘tadi. Masalan: ...yo‘l bo‘lsin? Aniqki, bu o‘rinda so‘roq
intonatsiyasi -mi yuklamasining funksiyasini bajarmaydi.
So‘roq gaplarda logik urg‘uli bo‘lak ba’zan ega-kesim tartibining
o‘zgarishini talab qiladi. Chog‘ishtiring
:— bu nima?— nima bu?
Demak,
so‘roqning turli ottenkalarini ifodalashda so‘z tartibining ham roli bor, logik
urg‘u tartib bilan ham bog‘liqdir.
So‘roq gapning intonatsiyasi darak gapnikiga nisbatan yuqori bo‘ladi.
Gapdagi eng so‘nggi elementning keyingi bo‘g‘ini darak gapda tushuvchi
ohang bilan aytilsa, so‘roq gapda ko‘tariluvchi ohang bilan aytiladi (u aytdi
gapi so‘roq va darak gaplar tusiga kiritib aytilsa, bu holat ochiq ko‘rinadi).
So‘roq gap maxsus so‘z — element orqali ifodalanganda, bu gapning ohangi
darak gapning ohangiga bir oz yaqinlashadi (bunda ohang so‘roqni
ifodalashda bosh rolni o‘ynamaydi). Lekin shunda
ham gapning oxiridagi
ohang darak gapdagidek, u bilan tenglasharli darajada past bo‘lmaydi.
17
So‘roqni bildiruvchi so‘z gapning oxirida bo‘lmagan vaqtda bu element
boshqa so‘zlarga nisbatan kuchli aytilib, qolganlari
bunga qaraganda past
ohang bilan aytiladi
(U shunday kitoblar olgan edi? Gapini aytib ko‘ring).
Buyruq gaplar
Buyruq gap tinglovchini biror narsaga — biror ishni bajarishga
buyurish, qistash mazmunini, shu bilan bog‘langan boshqa ma’nolarni ham
ifodalaydi. Bu mazmunning turli ko‘rinishlari bor (do‘q, qat’iy buyruq,
iltimos, yalinish, nasihat,
taqiqlash, ogohlantirish, ruxsat, chaqirish, taklif,
tilak-istak va boshqalar).
Shunga qarab, buyruq gap o‘z ichida har xil
ko‘rinishlarga ega bo‘ladi: 1. Sof buyruqni bildiradi (
Do'stlaringiz bilan baham: