Vazir lig I alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti



Download 0,7 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/29
Sana18.04.2022
Hajmi0,7 Mb.
#559347
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   29
Bog'liq
abdullayeva rayhon. (1)

Bob bo‘yicha xulosa 
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, Gaplar, kuzatilgan maqsadning har 
xilligiga — maqsadning yo‘nalishiga qarab, darak, so‘roq, buyruq va undov 
gaplarga bo‘linadi. Darak gapning leksik-morfologik xususiyatlari gapning 
boshqa turlaridagiga qaraganda uncha xarakterli emas, bunda intonatsion, 
sintaktik belgilar bo‘ladi. So‘roq gap ba’zan faqat so‘roqni 
(Karima 
uydami?)
, ba’zan ham so‘roq, ham hayratlanishni, so‘roq yo‘li bilan 
ifodalangan taajjubni bildiradi. 
Ritorik so‘roq gaplarda javob talab qilmaydi. Bunda so‘roq yo‘li bilan 
tasdiq mazmuni beriladi (yashirin tasdiq). So‘roq gapning bu turi fikrni 
emotsional tusda, kuchli, ifodali, ta’sirli qilib beradi 


21 
II BOB. Badiiy matnlarda ritorik so‘roq gaplar 
2.1. Badiiy matn tahlili 
Muloqot paytida, gapirayotganda yoki yozayotganda har doim yangidan 
matn yaratmaymiz. Ehtiyojimizga ko‘ra turli matn tiplaridan foydalanamiz. Ba’zan 
boshimizdan o‘tgan yoki o‘zimiz guvoh bo‘lgan voqеalarni kimgadir aytib 
bеramiz. Tinglovchiga notanish bo‘lgan biror kishi yoki joyni batafsil tasvirlab 
bеrishga harakat qilamiz. Ba’zan fikrimizni turli dalillar yordamida isbotlashga, 
izohlashga ehtiyoj sеzamiz. Yoxud kimgadir pand-nasihat qilamiz. Uni turli 
hayotiy voqеalar vositasida tarbiyalash yoki aytilganlardan xulosa chiqarishini 
istaymiz. Muloqot maqsadimiz ba’zan qandaydir xabarni tinglovchiga yеtkazishga 
qaratilgan bo‘ladi. Ba’zan nimanidir so‘rashga ehtiyoj sezamiz. Shu bilan birga 
biror ishni qanday bajarish kеrakligi haqida tavsiyalar bеramiz yoki biror ishni 
qilmaslik haqida buyruq bеramiz. Maqsadimizga erishish uchun turli ko‘rsatma, 
ta’qiq va xitob jumlalaridan foydalanamiz. Insonlar o‘rtasidagi muloqot maqsadi 
va mazmuni shular bilangina chеgaralanib qolmaydi. Inson hissiyotlarini, 
tuyg‘ularini, hayajonlarini, azob va qayg‘ularini ifodalash, shu orqali tinglovchi 
yoki kitobxonni ta’sirlantirishni istaydi. Ana shunday hollarda ba’zan mubolag‘a 
ba’zan o‘xshatish – qiyoslash kabi tasviriy vositalardan foydalanamiz. .
Badiiy matnni tahlil qilish jarayonida fonеtik birliklarning estеtik 
xususiyatlariga ham alohida e’tiborni qaratish zarur. Shе’riy matnda nutq 
tovushlarining estеtik imkoniyatlari tеz va qulay idrok etiladi. Chunki shе’rda 
o‘ziga xos jozibador ohang bo‘ladi. Bu ohangdorlikka tovushlarni uslubiy qo‘llash 
natijasida erishiladi. Shе’riyatda asosan, allitеratsiya (undoshlar takrori), assonans 
(unlilar takrori), gеminatsiya (undoshlarni qavatlash) kabi fonеtik usullardan 
foydalaniladi. Nasrda unlilarni cho‘zish, undoshlarni qavatlash, tovushlarni 
takrorlash, so‘zlarning fonetik qobig‘ini o‘zgartirib yozish, tovush orttirish yoki 


22 
tovush tushirish kabi fonеtik usullar yordamida eksprеssivlik ta’minlanadi. 
Tovushlarni uslubiy qo‘llash bilan bog‘liq qonuniyatlarni yozuvda “aynan” 
ifodalash imkoniyati chеklangan. Biroq talaffuz va bayon muvofiqligiga fono-
grafik vositalar yordamida erishish mumkin. Badiiy asarlarda ruhiy holatni 
yozuvda ifodalash o‘ziga xos murakkablikni yuzaga chiqaradi. Qahramonlar 
ruhiyatidagi ichki hayajon, xursand bo‘lish, xafa bo‘lish, rozilik, taajjub, yalinish, 
hayratlanish, kinoya, piching, kеsatiq, olqish, so‘roq, ta’kid, qoniqmaslik, 
norizolik, tilak-istak, qo‘llab-quvvatlash kabi holatlarni aynan bеrishda 
yozuvchilar unli yoki undoshlarni birdan ortiq yozish usulidan foydalanadilar.
Tilimizda tovush (yozuvda grafik) tomoni bir xil bo‘lib, turlicha ma’nolarni 
ifodalovchi so‘zlar mavjud. Bunday so‘zlar omonimlar dеb ataladi. Tilshunoslikda 
omonimiyaning uch ko‘rinishi mavjudligi ta’kidlanadi: omolеksеma, omograf va 
omofonlar. Shakldosh so‘zlar asosida yuzaga kеladigan ohangdoshlikdan badiiy 
asarda alohida uslubiy vosita sifatida foydalaniladi. Xalq og‘zaki ijodida askiya va 
payrov orqali kulgi chiqarish maqsadida, shе’riyatda esa tuyuq yoki so‘z o‘yini
hosil qilishda ishlatiladi.
Leksik tahlil deganda quyidagilar tushuniladi: paronim so‘zlar. paronimlar 
dеb fonеtik tarkibi boshqa-boshqa, talaffuzdagina o‘xshash, yaqin bo‘lib qolgan 
so‘zlarga aytiladi. « paronimlarga asoslangan uslubiy figura paronomaziya dеb 
yuritiladi. Badiiy adabiyotda paronomaziyadan ifodalilik, ohangdorlikka erishish, 
komik effеkt yaratish, so‘z o‘yini hosil qilish kabi maqsadlarda foydalaniladi» 
badiiy 
adabiyotda 
o‘xshash 
so‘z 
(paronim)lar 
qahramonlar 
nutqini 
individuallashtirish, ularning ma’naviy hamda lisoniy saviyasini ko‘rsatish uchun 
ham ishlatiladi.
Zid ma’noli so‘zlar. Tilda zid ma’noli so‘zlarning mavjudligi badiiy 
nutqning ifodaliligi, eksprеssivligi, ta’sirchanligini ta’minlashda qulay vositalardan 
biridir. Sharq adabiyotida juda qadim zamonlardan buyon tildagi bu ifoda 
imkoniyatidan kеng foydalanib kеlingan. Shoir uchun juda zarur bo‘lgan 
san’atlardan biri tazoddir. Bu san’at yana 

Download 0,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish