Vazir lig I alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti



Download 0,7 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/29
Sana18.04.2022
Hajmi0,7 Mb.
#559347
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
Bog'liq
abdullayeva rayhon. (1)

1.2.
 
Ritorik so’roq gaplar 
So‘roq gap, odatda, so‘zlovchiga noma’lum bo‘lgan biror narsa haqida 
xabar bilish, shu to‘g‘rida ma’lumot olish maqsadida ishlatiladi va shu 
xabarni anglatuvchi javobni talab qiladi; lekin uning so‘roq bildirmaydigan, 
javob talab qilmaydigan ko‘rinishlari ham bor. Masalan: 
“Karima xolani 
to‘yga toshkentdan tez chaqirish kerak. Nima qilamiz?”— dedi chol. 
Kattalarning suhbatini jim tinglab o‘tirgan turg‘un, cholning nevarasi, 
birdan gapirib yubor- di: “telegraf-chi?!” (
ikkinchi misoldagi
“telegraf-
chi?
Gapi so‘roq yo‘li bilan taajjub, ta’kid, uqtirish, xabar bildiradi: 
“telegraf bor-ku!”
degan ma’noda). Bunday ko‘rinishlar ham aslida javob 
talab qiladigan so‘roq gapdan kelib chiqadi. So‘roq-darak gap o‘z ichki 
xarakteri bilan darak gapga to‘g‘ri keladi; bundan tashqari, u xabarni darak 
gapdagiga nisbatan kuchli ravishda, qat’iy tusda bayon qiladi. So‘roq tusiga 
ega bo‘lgan (tashqi tomondan), lekin so‘roq bildirmaydigan, demak, javob 
talab qilmaydigan bunday gaplar, odatda, asosiy holatga emotsionallik 
hodisasini qo‘shadi: qat’iy tusda ifodalangan hukm+emotsional moment. 
Masalan: 
Bizdan baxtli bormi, yoronlar?! (A. M.)
Bu gap 
“dunyoda bizdan 
baxtli odam yo‘q, biz eng baxtli odammiz”
degan mazmunni emotsionallik 
bilan, kuchli ravishda ifodalaydi. Bunday so‘roq ritorik so‘roq deyiladi. 
Ritorik so‘roq va javob gapning o‘zidan anglashilib turadi, so‘zlovchining 
o‘zi javob beradi. Masalan: 
Shunday go‘zal vatan bormi jahonda?! E, uka, 
inson qila olmaydigan ish bor ekanmi?! (A. Q.) 
Ritorik so‘roq gapda kesim ko‘pincha bo‘lishsiz formada bo‘ladi, 
lekin tasdiqni bildiradi. 
(Buni kim bilmaydi?!—“hamma biladi”);
bo‘lishli 
formada bo‘lganda, inkorni bildiradi (yutuqlarimizni kim inkor qila oladi? —
“hech kim inkor qila olmaydi”). Demak, ritorik so‘roqda kesim tasdiq yo 
inkor kategoriyasi jihatidan bu formaning aksini bild iradi. So‘roq, odatda, 


11 
inkor ma’nosining elementlariga ega bo‘ladi.
4
Yuqoridagi xususiyatlari jihatidan so‘roq gaplar shunday yirik 
gruppalarga bo‘linadi: 
1. Sof so‘roq gaplar (asl so‘roq gaplar). Bular javob talab qiladigan
so‘roqni ifodalaydi. Masalan: 
Bugun qayerga borasan?
Bunday so‘roq 
gaplar shubha, taajjub kabi ottenkalarga ham ega bo‘la oladi. Bunday 
ottenkani og‘zaki nutqda intonatsiya ko‘rsatadi. 
2. Ritorik so‘roq gaplar. Bunday gaplar javob talab qilmaydi. Bunda 
so‘roq yo‘li bilan tasdiq mazmuni beriladi (yashirin tasdiq). So‘roq gapning 
bu turi fikrni emotsional tusda, kuchli, ifodali, ta’sirli qilib beradi. Masalan: 
Bolani kim sevmaydi?! (“hamma sevadi”).
Yashirin inkor mazmuniga ega 
bo‘lgan so‘roq-inkor gaplar ritorik so‘roq gapning bir ko‘rinishidir. 
Masalan: 
Bolani sevmaydigan odam bormi? (“yo‘q”) ertalab gimnastika 
qilmay bo‘ladimi? (“bo‘lmaydi”)
ritorik so‘roq gapda: a) yashirin javob, 
uning konkret mazmuni shu gapning o‘zidan bilinib turadi. 
(Bolani kim 
sevmaydi?!—“hamma sevadi”);
b) ba’zan shu tasdiq eslatiladi, lekin uning 
konkret mazmuni yana bir gap keltirish bilan ochiladi. Masalan: 
Men senga 
nima degan edim?! “Majlisga kechikma!”— degan edim-ku! 
3. So‘roq-buyruq gaplar. Bunday gaplar so‘roq yo‘li bilan buyurish 
ottenkasini ham beradi. Masalan: 
Majlisga tezroq bormaysizmi?!
(“tezroq 
boring!”) 
So‘roq gapning kuzatilgan maqsad bilan bog‘langan grammatik -ohang 
xususiyatlari ham bor. Bunda biz mustaqil qo‘llangan, so‘roq gapligi aniq 
bilinib turadigan turlarni nazarda tutamiz. Qo‘shma gaplarda to‘ldiruvchi 
ergash gapning bir turi, so‘roq gap tusida tuzilgan bo‘lishi mumkin, lekin bu 
ergash gapda so‘roq xususiyati deyarli yo‘qolgan bo‘ladi (bunday hollarda 
so‘roq belgisi qo‘llanmaydi). Masalan: 

Download 0,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish