4
qo‘llanilgan ritorik so‘roq gaplar ishning predmetini tashkil qiladi.
Tadqiqotning tuzilishi:
Ushbu
bitiruv malakaviy ishi kirish, uchta asosiy
bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat. Ishning hajmi …
betni tashkil qiladi.
5
I BOB. SODDA GAPNING TURLARI
1.1.
Gapning ifoda maqsadiga ko‘ra turlari
Gaplar, kuzatilgan maqsadning har xilligiga — maqsadning yo‘nalishiga
qarab, quyidagi turlarga bo‘linadi:
1. Darak gaplar:
Derazamning oldida bir tup o‘rik oppoq bo‘lib gulladi.
(H.O.) Paxtaning birinchi terimi boshlandi. (“S. Uzb.”)
2. So‘roq gaplar:
Hoy, qiz! Qayga? Maktabga borasanmi? (U.) Bolani
doktorga ko‘rsatmadingizmi? ( Q.)
3. Buyruq gaplar:
Bir daqiqadan keyin hamma joyida bo‘lsin.
Gapning bu turlari kuchli emotsionallikka, shuni ko‘rsatuvchi undov
intonatsiyasiga ega bo‘lish bilan undov gap bo‘ladi. Misollar:
Ko‘klam keldi
(darak gap)
.— ko‘klam keldi!
(undov gap).
Havo qanday?
(so‘roq gap).—
havo qanday!
(undov gap). Yana chog‘ishtiring:
Kecha o‘zingizning
oldingizda aytgan emasmi?
gapi (so‘roq gap)
undov intonatsiyasi bilan
aytilganda,
“kecha o‘zingizning oldingizda aytgan edi-ku!”
degan
mazmunni beradi.
1
Yuqoridagi uch turning undov gapga xos intonatsiya olib, keyingi
turga o‘tishi, buning emotsionallikni bildirish bilan bog‘lanishi undov
gapning tasnifi biroz boshqacharoq ekanligini ko‘rsatadi (“kuchli
emotsionallik tusida bo‘lish — bunday tusga ega bo‘lmaslik” tamoyili),
lekin shunday bo‘lsa ham,
ularning yaqinlik, o‘xshash tomonlari bor.
Masalan, buyruq gap ko‘pincha emotsionallik tusiga ega bo‘ladi:
Yoz keldi!
kabi gaplarning xususiyati (darak berish+bu bilan o‘zining juda se -
vinganligini, emotsiyani ifodalash) ham shu yaqinlikn i ko‘rsatadi.
Undov gaplarga misollar:
May tongi. Havo qanday yoqimli!.. Eh, totli soz
chalib o‘tdingiz! (U.)
Yuqoridagi turlarning har biri o‘z ichida modallik jihatidan har xil
bo‘lishi mumkin.
Masalan
: U boradi. U borar (borsa kerak). U bormoqchi.
1
Ғуломов А., Аскарова М., Ҳозирги ўзбек адабий тили.- Т.: Ўқитувчи, 1987, 55-б.
6
U borsa. Terak — daraxt.
Bularning hammasi darak gap bo‘lsa ham, lekin
birinchisi xabarni, darakni, hodisaning realligini bildiradi, ikkinchisi gumon
ottenkasiga ega; uchinchisi maqsadni ifodalaydi; to‘rtinchisi istak, orzu bil -
diradi; beshinchisi tasviriy xarakterga ega (
terak
jins jihatidan daraxtdir —
daraxtga kiradi).
Sen bording. Sen bor
gaplarini ham solishtiraylik.
Birinchisi — darak gap (kesimi — aniqlik maylidagi fe’l), ikkinchisi —
buyruq gap (kesimi-— buyruq maylidagi fe’l). Demak, gapning turini
aniqlash so‘zlovchining voqelikka munosabati, kesimning qanday so‘zdan
bo‘lishi, kesim vazifasidagi fe’lning formasi, qaysi maylda bo‘lishi kabi
hodisalarga bog‘liq.
Gapning yuqorida ko‘rsatilgan turlari, maqsadning har xil bo‘lishi
jihatidan bir-biridan
farq qilishi bilan birga, o‘z ayrim ohang strukturasiga,
grammatik xususiyatlariga ham ega: har bir turning o‘ziga mos keladigan
formalari bor. Bular gapdagi elementlarning tartibi, tarkibidagi so‘zlarning
turi jihatidan ham farq qiladi: so‘roq gaplarda ko‘pincha so‘roq,
bildiradigan elementlarning bo‘lishi,
darak gaplarda kesimning, odatda,
shunga mos xarakterdagi fe’llar bilan ifodalanishi va b. Demak, bu turlar
mazmundagi farq bilangina chegaralanmaydi, bular logik -grammatik
hodisadir.
Xullas, gapning yuqoridagi
turlari bir-biridan maqsad, ohang, o‘z
tarkibidagi so‘zlarning turi va tartibi bilan ajralib turadi. Biroq bundagi
uchinchi va to‘rtinchi farqlar (gap tarkibidagi so‘zlarning turi va tartibi)
qat’iy, doimiy belgilar emas.
Yuqoridagi misollardan bilinadiki, gapning bu turlarida fikr materiali
boshqa bo‘lib
ketmaydi
Do'stlaringiz bilan baham: