3.4. Eng yangi davr axloqshunosligidagi asosiy yo’nalishlar.
XX asrning nufuzli g’oyaviy oqimlaridan biri avstriyalik tabib va psixiatr Zigmund Freyd-
Zigmund Shlomo (1856-1939) nomi bilan bevosita bog’liqdir. U ruhiy asab kasalligini davolashning
umumiy nazariyasi va uslubini, uning nazariy asosini ishlab chiqdi. Freydezmning nazariy asosini
psixoanaliz tashkil qiladi. Psixoanaliz ongsizlik holatini falsafiy talqin etib inson ruhiyatini ongli
harakatlarning hamda oqilona tarzda bilib bo’lmaydigan va ongsizlik olamini tashkil etadigan
instinktlarning murakkab majmui deb biladi.
Freyd ko’p kuzatuvlari, aql va o’z kechinmalariga suyanib, ruhiy kasallikning muvafaqqiyatli
davolashning axloqiy muammolariga murojat qilmasdan hal etib bo’lmasligini aniqladi va bemor o’z
qalbi extiyojlarini hisobga olmaganligi uchun kasallanadi, degan xulosaga keldi.
Freyd onglilik va ongsizlik masalasiga alohida to’xtaldi. Ongsizlikdan onglilik kelib chiqishini
ko’rsatdi. Anglanmagan holatdagi fikrlar, his-tuyg’ular umuman yo’qolib ketmaydi, biroq xotiraga
chiqish uchun yo’l qo’yilmaydi. Ular ongda bilvosita ongsizlik tarzida namoyon bo’ladi: bilmay gapirib
yuborish, xato yozib yuborish, tush, nevrozlar singari galati harakatlar orqali namoyon bo’ladi.
Onglanmagan holati g’oyat yashovchan, vaktga buysunmaydi. Freyd barcha illatlarning va vijdon,
qo`rquv, aybini his qilish, tazarru singari fazilatlarning kelib chiqishini, faoliyatini, deyarli barcha axloqiy
hodisalalarni asosan «Edip kompleksi» ga olib borib takab qo`yadi, deydi.
Erix Fromm (1900-1980) asosiy e‘tiborini, diqqatini inson qalbining axloqiy talabalariga
munosabatini ochishga, totalitarchilik, insonparvarlik, tiriksevarchilik (biofillik) va uliksevarlik
(nekrofillik) haqidagi muloxazalarga qaratdi. Uning «Sevish san‘ati» (1856), «Inoyat qalbi. Uning
ezgulik va yovuzlik qobiliyati» (1964) kabi asarlarida axloqiy muammolarga keng o’rin berilgan. Uning
fikricha, yovuzlik insoniy hodisa. U insoniylik holatidan ortga kaytish, insonga xos, aql, muhabbat, erk
xusumatlarini yo’l qilishga bo’lgan intilish. Ayni paytda, u fojeiy holatdir. Inson ezgulik va yovuzlikka
moyil.
Fromm o’z ustoziga nisbatan kengroq mikyosida harakat qiladi. Inson tabiati nafaqat biologik
balki tarixiylik bilan shartlangan, deydi. Erix Fromm muhabbat muammosiga tuxatalib, bu har biri
uzligini saqlangan holatda ikki kishining birlashuvi. Muhabbat – bu harakat, orom emas, faollik, kuzatish
emas. Sevish - olish emas, berish. Sevgida inson o’zi uchun eng bebaho bo’lgan hayotning bir qismini –
hissiyotni, bilimi, kechirmalarini bag’ishlaydi, bu nafis bir lazzatdir. U muhabbatni g’amxo’rlik,
mas‘uliyat, hurmat va ilm unsurlaridan deb biladi, hamda mas‘uliyatni hurmat bilan bog’laydi. Hurmat,
bu – qo`rquv yoki kul kovushtirish emas, u insonni qanday bo’lsa, shunday qabul etishini talab etadi.
XX asrda axloqiylik tafakkurida chuqur iz qoldirgan falsafiy-axloqiy yo’nalishlardan yana biri
ekzistentsiyachilikdir. U insonni, eng avvalo, o’z hayotini insoniylik vazifasini bajarish uchun qurbon
kilgan mavjudot sifatida olib qaraydi.
Ekzistentsializmning vatani dastlab Rossiya bo’lgan. Biroq 1 – jahon urushidan keyin
Germaniyada keng tarqalgan va rivojlangan falsafiy yo’nalishdir.
«Ekzistentsiya» deganda ekzistentsialist faylasuflar kishining har lahzada hayot va o’lim
bo`sag’asida kechadigan ichki kechinmalari yoki «borliqda mavjudlik» jarayonini tushunishadi. «Borliq»
ekzistentsialistlar fikricha, na «obe`ktga», na «sube`ktga» bo’linuvchi, bevosita idroq etuvchi narsadir.
26
Ekzistentsiya qiluvchi mutafakkir voqelikka sub‘ektiv tarzda qarashli, ya‘ni voqelik faqat uning
indivudial mavjudligi va emotsional (extirosiy) hayoti orqali qanday aks etsa, unga shundayligicha
qarash kerak, deb tan oladi.
Hozirgi rivojlangan mamlakatlarda tarqalgan falsafiy yo’nalishlardan biri ekzistentsializm
(lotincha «ekzistentsiya» yoki inglizcha «ekzistika» so’zidan olingan bo’lib, «mavjudlik», «mavjud
bo’lmoq» degan ma‘noni anglatadi), dastlab Rossiyada (Berdyaev, Shestov), Germaniyada (Xaydegger,
Yaspers va boshqalar), Frantsiyada (R. Marsel, A. Komyu va boshqalar), keyinchalik Amerika, Italiya,
Yaponiya, Hindistonda tarqaldi. Ekzistentsionalizm insonni jamiyatda tutgan o’rni va rolini inkor
qilishga, yo’qqa chiqarishga harakat qiladi. Ularga inson notavonlik maxluq, unga qo`rquv, o’lim,
umidsizlik hamma vaqt raxnamo. Umidsizlik va o’lim ekzistentsializm falsafasining asosiy
kategoriyalardir.
Ekzistentsialistlar fikricha, kishi o’zining mavjudligini chuqur ma‘navy ziddiyat, ruhiy tushkunlik
holatidagina anglay oladi. «O’lim» mavjudlikning so’nggi nuqtasi, deb e‘lon qilinadi.
Olmon
faylasufi
Do'stlaringiz bilan baham: |