3.2.Yangi davr axloqshunosligining tarixiy xususiyatlari.
VII-XVIII asrlar kishilik tarixida yangi bir bosqichni boshlab berdi va u yangi davr falsafasi,
axloqshunosligi deb nomlanadi. Bu davr o’ziga xos bo’lgan xususiyatlari bilan xarakterlanadi. Bu
davrdagi burjua inqilobi va xalq harakatlari natijasida bir qator Ovrupa mamlakatlarida juda katta
ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy o’zgarishlar bo’ldi. Bundan qonuniy o’laroq Angliya, Gollandiya, Frantsiya
va Germaniya kabi mamlakatlarda kapitalistik munosabatlar qaror topdi va u falsafa hamda axloqiy
ta‘limotlarda yangi sahifani ochdi.
Geografik va ilmiy kashfiyotlar tufayli axborot ko’lami juda kengaydi. Bu o’z navbatida fan
rivojiga keng imkoniyatlar yaratdi. Tabiatshunoslikda yangi-yangi yutuqlar qo’lga kiritildi (Nyuton,
Leybnits, Torichelli va boshqalar). Ijtimoiy – gumanitar fanlar adabiyot, san‘at va madaniyatda ham tub
o’zgarishlar bo’lib, tengi yo’q asarlar yaratildi. (Sheksper, Rembrandt va boshqalar). Ularda inson, axloq,
nafosat kabi muammolar, ularning qudrati va go’zalligi kabi masalalar aks ettirildi. Jamiyatning ijtimoiy-
siyosiy hayotida va ma‘naviyatida – axloqda bo’lgan bu burilishlar, tabiatni yangi davrdagi falsafiy-
axloqiy fikrga ham o’z ta‘sirini ko’rsatdi.
Insonga har tomonlama madaniy, erkin shaxs sifatidagi munosabat bu davrda muayyan tarzda
yangilandi; uni ijodiy shaxs deb talqin va tahlil etish kontseptsiyasi yuzaga keldi. Inson aql-idroki
axloqning manbai va axloqiy targibotning asosi deb hisoblandi. Axloq esa insonning fikrlovchi mavjudot
sifatidagi holati tarzida ta‘riflandi.
Niderlandiyalik faylasuf Benedikt (Baruh) Spinoza (1632-1677) axloqshunoslik borasida ratsional
qarashlarni himoya qildi va yanada yuksak bosqichga olib chiqdi.
Spinozaning asosiy falsafiy g’oyalari uning eng muhim va yetuk asari – «Etika» da bayon
qilingan.
Spinoza falsafiy tizimining asosida yagona substansiya haqidagi ta’limot yotadi. Haqiqat faqat
bitta substansiya bo’lsa, uning atributi tabiat yoki fikrlash va uning ommaviylashgani, deb bilardi. Xudo
to’g’risidagi qarashlarni Spinoza Kartezian tizimi atributlari bilan bog’laydi. «Xudodan boshqa hech
qanday substansiya mavjud emas», deydi. «Etika» ning birinchi qismi 14- tasdiqda «Xudodan boshqa
substansiya yo’q, bo’lishi ham mumkin emas, bo’lmaydi ham, bunday tushunchaning o’zi yo’q» . Bundan
shunday xulosa kelib chiqadi; Borliqning mavjudligi Xudodan, Xudosiz hech narsa mavjud bo’lmaydi.
Qayd etilgan fikrdan ko’rinib turibdiki, Spinoza Xudo degan substansiyani mutlaqlashtiradi. Uning
nazarida , Xudo va substansiya bir- biriga qo’shilib, unga hukmdor hamdir, u o’zgarishlar sabablarining
markazida turadi.
Xudo (substansiya ) to’g’risidagi uning ta’limoti «Etika»ning dastlabki qismida qator
boshqa muhim holatlarni o’zida mujassamlashtirgan holda ifodalangan. Substansiya o’zidan-o’zi
davomiydir. Uning har bir atributini Spinozaning tasavvuricha «o’zi-o’zidan» deb tushunish lozim.
Cheksiz va mukammal substansiya, tabiiyki qandaydir harakatni, qandaydir o’garishni inkor etadi.
U o’zining axloqiy qarashlaridan kelib chiqqan holda davlat aql-zakovat bilan qurilishi kerak,
degan talabni qo’yadi.fuqarolari yaxshi fazilatlarga ega bo’lmasa ham, deydi Spinoza, doimo qo’rquvda
yashamasliklari uchun davlat muntazam g’amxo’rlik qilishi lozim.
Angliyalik faylasuf-axloqshunos Djon Lokk (1632-1701) o’zining «Inson aqli to’g’risida tajriba»
(1690), «Tarbiya haqida o’ylar» (1689) va «Xristianlikning aqlga muvofiqligi» (1689) va boshqa
asarlarida kishilar bilimi, uning asosiy manbai bo’lmish tajriba haqida fikr yuritib, Dekartga qarshi
chiqadi.
1
Monten M.Opiti. V 3 kn.-M., 1979,C.88
22
U bilish – bu inson bilan tabiat orasidagi munosabat jarayonidan iborat ekanligi, kishi
g’oyalarning, tushunchalarining moddiy olam predmetiga mos kelishidan haqiqat kelib chiqadi, degan
fikrini beradi.
U bilish nazariyasida sensualizm tomonga turdi. Sensualizm – (lat sensus – his, sezgi) – bilish
sohasidagi ta‘limot bo’lib, sezgini bilishning birdan-bir manbai deb tushuntiradi. Dinsiz axloq bo’lmaydi,
deb ko’rsatadi.
U baxt, yaxshilik, erkinlik kabi kategoriyalarga ham o’z fikrini bergan. Lokk o’zining ijtimoiy-
siyosiy va axloqiy qarashlarida tabiiy holatdan fuqarolik jamiyatiga va davlatning boshqarish shakllariga
o`tish g’oyalarini rivojlantirdi. Davlat hokimiyati: qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi, ittifok Federativ
hokimiyatga bo’linadi Lokkning bu ilg’or g’oyalari hozirgacha o’z kuchini yo’qotgan emas va bu
doimo qadrlanadi.
I. A. Karimov: «… biz ularni o’z davrida kelajak avlod uchun qoldirgan salmoqli merosi, ijodiy
ishlari, kerak bo’lsa, umumjahon tsivilizatsiyasiga qo’shgan hissalarini qadrlaymiz»
1
, - deb ta‘kidlagan
edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |