3.3. Olmon mumtoz axloqshunosligi va rus mumtoz
axloqshunosligining vujudga kelishi.
Olmon mumtoz falsafasi va axloqshunsligining yirik vakili Immaniul Kant (1724-1804)
hisoblanadi. Uning «Axloqiy metafizikaning asoslari» (1785), «Amaliy aqlning tanqidi» (1788),
«Hulqlar metafizikasi» (1797) asarlari asosan axloqshunoslikka bag’ishlangan. U axloqni ijtimoiy-tarixiy
hodisa sifatida emas, balki, ilohiy kuch tomonidan vujudga keltirilgan jarayon deb tushuntiradi. Axloq aql
mevasidir, degan fikrni ilgari suradi. Axloqning asoslarini u borliqdan, ijtimoiy hayotdan izlamaydi, balki
tajribadan tashqaridagi obe`ktiv olamdan qidirish kerak degan tezisni ishlab chiqdi. Kant inson faoliyatini
teshirib, u ikki dunyoda yashaydi, sezgilari bilan his qiluvchi sifatida tabiat qonunlariga, zaruriyatga
buysunib, aqli bilan esa erkinlik asosida tafakkur qonunlariga, axloq qoidalariga itoat etib yashaydi deb
ko’rsatadi. Kant nazarida, axloqiylik mohiyat e‘tibori ila insonning kundalik mayda tashvishlaridan
yuksakka, ulug’vorlikka, ilohiylikka ko’tarilishidir. Axloq xudbinlik manfaatlariga amal qilishdan
burchni anglashga o`tishdir. Kant axloqshunoslikning muhim kategoriyalaridan biri – burch va vijdon
haqida o’z fikrini berdi. U burchning ikki xilda mavjudligi ta‘kidlaydi: huquqiy burch va axloqiy burch.
Huquqiy burchni bajarish uchun tashqaridan majbur etilsa, axloqiy burch aksincha, fazilatga ya‘ni ichki
hodisaga, ixtiyor erkinligiga bog’liq. Shu bois insonning axloqiy burchga muvofiq hatti-harakat qilish
qobiliyatini Kant fazilat deb ataydi. Huquqiy burch va axloqiy burch haqida fikr yuritadi.
Axloqiy burch ikkiga bo’linadi: a) insonning o’z oldidagi burchi b) boshqalarga nisbatan ularning
aybdorligi yoki hurmatga munosibliklariga qaratilgan burch.
Kant axloqiy tushunchalar bo’lmish adolat, rostgo`ylik, do’stlik kabilarga ham o’z e‘tiborini
qaratgan.
Kant axloqshunosligining cho`qqisi – abadiy tinchlik g’oyasidir, degan fikrni talqin etadi.
Urushlarni tanqid qiladi. Komilikka erishishning faol vositasi ma‘rifatdir, deydi.
Iogan Fixte (1762-1814) –nemis klassik falsafasining ko’zga ko’ringan vakillaridan biri. Fixte
ta’limoticha, cub’ekt birdan- bir reallikdir. U qudratli kuchga egadir. Shu boisdan uning falsafasida aql
uchun mavjud olamni aks ettirish emas, balki uni yaratish muhimdir. Fixte inson erkinligi maslasiga
oldingi mavjud qarashlarga nisbatan yangicha yondashib, uni chuqur o’rganishga harakat qilgan.
Fixtening axloqiy qarashlarining markazida burjuaziyacha mazmun kacb etgan erkinlik tushunchasi
turadi.
Fixte inson erkinligi masalasiga oldingi mavjud qarashlarga nisbatan yangicha yondashib, uni
chuqur o’rganishga harakat qilgan. Fixte bu haqda shunday yozadi. «Erkinlik» haqida o’ylashdan avval
yashash haqida o’ylash kerak. Har qanday erkinlik faoliyatning Oliy va umumiy maqsadi yashash
imkonini yaratishdir.
1
Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yuk. Toshkent, «SHarq», 1998 y.
23
Georg Vilxelm Fridrix Gegel (1770-1831) «Ilmga ishonch» (1802), «Ruh fenomenologiyasi»
(1807 y), «Falsafiy fanlar qomusi» (1817 y), «Huquq falsafasi» (1821 y) asarlarida axloqshunoslikning
o’ziga xos xususiyatlarini ifodalagan. Xegel hulqiylik va axloqiylikni ikki tushunchaga bo’ladi. Hulqiylik
tushunchasiga insonlardagi shaxsiy va xususiy o’zaro munosabatlarni, sube`ktiv fikrdagi majburlikni,
idealni, ijtimoiy-tarixiy hodisalarga nisbatan takidiy kayfiyatlarini o’z ichiga oladigan jarayon kiradi.
Gegel axloqiylik deganda, odamning tarixan axloqdan oldin paydo bo’lgan urf-odatlar va rasm-
rusumlarga, ikkinchi tomondan, davlat, tabaqalar, oila oldidagi axloq bilan bog’liq muayyan majburiyatga
munosabatni nazarda tutadi.
Gegel hulqiylikka qasd va ayb, niyat va ezgulik, ezgulik va vijdon juftlik tushunchalarini kiritadi;
axloqiylikka esa oila, fuqarolar jamiyati, davlat tushunchalarini kiritadi. Ezgulik – erk darajasiga
ko’tarilgan ixtiyor; amalga oshirilgan erkinlik, olamning mutlaq so’nggi maqsadi.
Yovuzlik va zaruriyat – biroq u ruy bermasligi kerak. Geygel muhabbat, nikoh, oila, fuqarolar
jamiyati va davlat haqida ham o’ziga xos fikrlar bayon qildi. Sevgi – hissiyot, boshqacha qilib aytganda,
shaklga tushgan tabiatdagi axloqiylikdir. Xeygel Kant kabi insoniyatga katta mas‘uliyat yuklaydi. Uning
xulosasi qat‘iy: «Qonun harakat qilmaydi, faqat inson harakat qiladi».
Do'stlaringiz bilan baham: |