Ilmiy-metodik jurnali scientific-methodical journal ministry of public education of the


“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2018. № 5



Download 1,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/146
Sana15.01.2021
Hajmi1,2 Mb.
#55614
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   146
Bog'liq
5-son 2018 (1)

“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2018. № 5.   www.xtjurnali.zn.uz
larda mashg‘ulot maqsadlarining yozma shaklini shakllantirishga harakat qiladi va bu-
ning natijasida ayrim hollarda muvaffaqiyatli darslar ham chiqadi. Shu yerda bir savol 
tug‘iladi: maqsadlarni shakllantirishni yanada yaxshilashga shuncha kuch sarf qilish 
shartmikan? Maqsadni belgilash va unga erishish inson tajribasining asosini tashkil 
etadi. 
Ta’lim texnologiyalarini yaratish uchun professor-o‘qituvchilar o‘quv maqsadlarini 
pedagogik vazifalarga aylantirish, uni kutiladigan natijaga mos holda aniqlash ko‘nik-
masiga ega bo‘lishlari lozim. Barcha mashg‘ulotlarning texnologik ishlanmalarini ya-
ratish  jarayonida  identiv  o‘quv  maqsadlarini  vazifalarga  aylantirish  uchun  bir  xil  fe’l 
turkumidagi so‘zlar (ma’lumot berish, ochib berish, yoritib berish, izohlash kabilar)dan 
foydalanish o‘rinli bo‘lmaydi. identiv o‘quv maqsadlarini o‘quv vazifalariga aylantirish 
ko‘nikmasiga ega bo‘lmasdan turib, mashg‘ulot jarayonini muvafaqqiyatli loyihalashga 
erishish mumkin emas.
ammo yuqorida ta’kidlanganidek, neyrolingvistik dasturlashning ma’lum bir faoli-
yatdan kutilayotgan natijalarni loyihalashga nisbatan umumiy yondashuvi o‘zida yangi 
unsurlarni namoyon etadi. Ular mashg‘ulotning maqsad va vazifalarini shakllantirish 
bo‘yicha mavjud metodikani pedagogik texnologiyalar asosida yanada takomillashtira-
di. Quyidagi keltiriladigan oltita asosiy tamoyildan neyrolingvistik dasturlash maqsad-
larini tanlab olishda foydalaniladi:  

o‘z maqsadingizni tasdiqlovchi atamalar bilan shakllantiring;

kontekst bilan moslashtiring; 

maqsadingizni aniq ifodalang; 

kuchingiz bilan erisha oladigan maqsad tanlang;

maqsadingizga erishish natijalarini aniq baholang;

oldingizga erishishga arziydigan maqsadlar qo‘ying.
Shuni  alohida  ta’kidlab  o‘tish  joizki,  pedagogik  texnologiyalarning  maqsad  va 
vazifalari loyihalashga bag‘ishlangan ishlarda bu kabi talablar yo‘q edi. Hanuzgacha 
professor-o‘qituvchi  mashg‘ulotlarga  tayyorlanar  ekan,  ko‘plab  pedagoglar  talabalar 
bilan aniq bir mavzuni sifatli o‘rganishdan iborat bo‘lgan faoliyat konteksti doirasida 
fikrlaydilar. neyrolingvistik dasturlashning e’tibor markazida esa, xususiy masalalarni 
hal qilishda doimo asosiy, global maqsad turadi. Har bir shaxs, qolaversa, davlat va 
jamiyat uchun ahamiyatga ega bo‘lgan bu maqsad raqobatbardosh kadrlar, ya’ni bo-
zor iqtisodiyoti sharoitlarida raqobatli muhitda o‘z sohasida muvaffaqiyatga erishishga 
qodir bo‘lgan mutaxassislar tayyorlash masalasi hisoblanadi. Shu bois neyrolingvistik 
dasturlash bo‘yicha tayyorlangan ishlanmalarga amal qilgan holda har bir xususiy va-
zifalarni ta’lim oluvchilarning bo‘lajak faoliyatlarini muvaffaqiyatli kechishini ta’minlash-
ning keng qamrovli prizmasi orqali ko‘rish tavsiya etildi hamda o‘quv maqsadlarini ney-
rolingvistik dasturlash tavsiyalarini hisobga olgan holda yaratish maqsadga muvofiqdir.
Binobarin,  O‘zbekiston  respublikasi  Prezidentining  2018-yil  5-iyundagi  qarori 
talablari doirasida milliy oliy ta’limning maqbul va takomillashgan tizimini shakllanti-
rish va ta’limdagi islohotlarni ilmiy-pedagogik jihatdan ta’minotini yo‘lga qo‘yish, oliy 
ta’lim tizimida yangilanayotgan texnologiyalarni amalda qo‘llash, o‘ziga bo‘lgan yuksak        
ishonch, tanlangan faoliyat muhitida muvaffaqiyatni maqsad qilib olish, raqobatda us-
tunlikka erishish malakasini egallash maqsadida quyidagi tashkiliy-metodik vazifalarni  
hal etish lozim:

mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha ilg‘or texnologiyalarni rivojlantirishning aso-
siy tamoyillarini amaliyotga tatbiq etish;


41

raqobatli muhitda muvaffaqiyatga erishishga yo‘naltirilgan o‘quv maqsadlari-
ning asosiy mezonlari tasnifini aniqlab olish;

oliy ta’lim muassasalari o‘qituvchilarining “predmet usti” faoliyatini o‘zida qam-
rab olgan mashg‘ulotlar metodikasi ishlab chiqish;

talabalarda  “kelajak  ko‘nikmalari”ni  rivojlantirish  bo‘yicha  ilmiy  asoslangan 
mazmun va metodika aniqlash;

talabalarda raqobatli muhitga moslashish ko‘nikmalarini rivojlantirishga qara-
tilgan pedagogik texnologiyalarni ilmiy jihatdan loyihalash va hokazo.
Xulosa shuki, mamlakatimizda oliy ta’lim tizimini rivojlantirish uchun tavsiya eti-
layotgan  texnologiyalar  ta’lim  mazmunini  liberallashtirish  yumushi  asosan  shaxsga 
yo‘naltirilgan ta’lim tizimiga o‘tishga asos bo‘ladigan ta’limiy, ijtimoiy-madaniy, ma’na-
viy talablarga mos holda takomillashtirib borish, uni jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy ta-
raqqiyoti darajasiga moslashtirish, shu orqali o‘zgaruvchan hayot sharoitlariga javob 
bera oladigan raqobatbardosh kadrlar tayyorlashga yo‘naltirilish imkonini beradi.
Bugungi kunda oliy ta’limni o‘quv-biluv faoliyatini yangicha amalga oshirishi jami-
yatimiz potensial kuchlarini ro‘yobga chiqarishda katta ahamiyat kasb etadi. Bu muhim 
ijtimoiy-siyosiy ahamiyatga ega bo‘lgan masaladir. 

Download 1,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish