“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2018. № 5. www.xtjurnali.zn.uz
albatta, bu kabi yondashuv mamlakatda tub mohiyati bilan yangilanayotgan pe-
dagogik fikrlarda yangiliklar, izlanishlar, muammolar mavjud bo‘lishiga qaramay ta’lim
jarayoniga ilg‘or texnologiyalarning kirib kelishi ta’lim jarayonining liberallashtirilishini
kuchaytiradi. O‘qitishning an’anaviy usulidan texnologik, ijodiy va izlanuvchan usulga
o‘tish ta’lim jarayoniga texnologik yondashuv imkonini beradi. Bu esa, o‘quv jarayonini
demokratik tamoyillar asosida boshqarish, ta’lim oluvchilar faoliyatini rag‘batlantirish,
tashabbuskorlikni qo‘llab-quvvatlash, hamkorlikda faoliyat yuritish, ayniqsa, mustaqil
fikrlash orqali intellektni rivojlantirishga asoslanadi.
Biroq tajribalar ko‘rsatishicha, bilimlar va rivojlangan intellekt, shu jumladan, inno-
vatsion fikrlash qobiliyati, bularning barchasi raqobatli muhitda muvaffaqiyat kafolati
uchun yetarli emas. O‘qish davomida a’lochi bo‘lgan ko‘plab talabalar bozor iqtisodi-
yoti sharoitida kasbiy faoliyatda o‘rtacha ko‘rsatgichga ega bo‘ladilar. aksincha, o‘qish-
da muvaffaqiyatga erisha olmaganlar esa, keyinchalik ishga katta qiziqish bildiradilar,
oldiga aniq maqsadlar qo‘yadilar, o‘z kuchiga ishonadilar, boshlangan ishni muvaffaqi-
yatli yakuniga yetkazishda katta jonbozlik ko‘rsatadilar.
Faoliyatimizdan kelib chiqadigan natijalar atrofdagilarning fikri, ijobiy muloqot,
e’tiqod, qadriyatlarga va nihoyat, muvaffaqiyatga bo‘lgan shaxsiy ishonchga bog‘liq.
Shuni alohida ta’kidlab o‘tish joizki, bu qobiliyat (o‘ziga bo‘lgan ishonch, muvaffaqiyatni
maqsad qilib olish)ning rivojlanishi yuqorida keltirilgan o‘quv maqsadlari taksonomi-
yalarining hech birida ko‘rib chiqilmagan. Bir paytning o‘zida bir g‘oyaning kelajagi
borday tuyuladi. U ham bo‘lsa, o‘qitish jarayonini bilimlarni egallash, tahliliy va ijodiy
fikrlashni rivojlantirishga qaratibgina qolmay, loyihalashtirilgan ta’lim maqsadlari va va-
zifalarini raqobatli muhitda muvaffaqiyatga erishishga yo‘naltirishga ham qaratish ke-
rak. Bu yondashuv hozirdanoq menejment, psixologiya, etika, biznes kabi o‘quv pred-
metlari orasida o‘z o‘rniga ega. Bu fanlarda odamlarni boshqarishda muvaffaqiyatga
erishish hamda ular bilan samarali muomalaga kirishishning umumiy strategiya, metod
va usullarini o‘rganishga yo‘naltirilganlik mavjud. Fikrimizcha, oliy ta’lim tizimida bu
yondashuvni mutaxassisliklarga o‘qitishning barcha yo‘nalishlariga joriy etish, profes-
sor-o‘qituvchining “predmet usti” faoliyati sifatida qo‘shimcha tarzda talabalarni o‘zlari
tanlagan sohalarida muvaffaqiyatga erishish ta’minotini o‘qitish maqsadga muvofiqdir.
O‘zbekiston respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyundagi qarorida talabalar-
ni innovatsion fikrlashga yo‘naltiradigan o‘qitish texnologiyalari va interfaol uslublarni
joriy etish asosida tashkil etish, talabalarning mustaqil ta’lim olish kabi masalalarga
ustuvorlik berish asosiy ish etib belgilangan.
albatta, talabalarning nazariy va amaliy mustaqil ta’lim olishlari uchun katta im-
koniyatlar mavjud. Biroq ko‘p hollarda o‘quv-tarbiya jarayonida talabalarda mustaqil
ta’lim olish ko‘nikma va malakalarini shakllantirish masalasiga dolzarb pedagogik mu-
ammo sifatida qaralmaydi, mustaqil ta’lim mazmunini tahlil etish va ishlab chiqishga
zamonaviy nuqtayi nazardan yondashilmaydi, uning samarali metod, shakl hamda vo-
sitalaridan foydalanishga yetarlicha e’tibor berilmaydi.
Mazkur masalalarni ilmiy-pedagogik nuqtayi nazardan o‘rganish, ta’lim jarayonida
talabalarning mustaqil ta’lim olishga bo‘lgan ehtiyojini e’tiborga olish hamda mustaqil
bilim egallashlari uchun yetarli shart-sharoit yaratib berish zarurati, amalga oshirish va
nazorat qilish bo‘yicha kasbiy-pedagogik tayyorgarligining zamon talablari darajasida
emasligi, talabalarda mustaqil ta’lim olish bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalarining
yetarli darajada shakllanmaganligi, o‘quv-metodik adabiyotlar, tavsiyalar, ishlanmalar,
yo‘riqnomalar, ko‘rsatmalarning yetarli emasligi natijasida ularning mustaqil holda qa-
39
ror qabul qilish va o‘z nuqtayi nazarini himoya qila olish ko‘nikmalarini to‘liq shakllan-
maganligi muammoning nihoyatda dolzarbligini ko‘rsatdi.
an’anaviy ta’limda talabalarni tayyor bilimlarni mustaqil fikrlash, ijodiy izlanish,
tashabbuskorlikni rivojlanishiga olib kelmaydi. Bugungi kunda ta’lim jarayonida ax-
borot texnologiyalaridan foydalanib ta’lim samaradorligini oshirishga qaratilgan ijobiy
fikrlar, usullar barchani qiziqtirib bormoqda. axborot texnologiyalaridan foydalanilgan
mashg‘ulotlar talabalar egallayotgan bilimlarni o‘zlari qidirib topishlariga, mustaqil o‘r-
ganib, tahlil qilishlariga qaratilgan.
Mustaqil ta’lim talabalar o‘rtasida ijobiy ma’nodagi raqobatni keltirib chiqaradi.
Bir-biridan ibrat olgan holda o‘zlarining aqlini, kuchini, vaqtini foydali faoliyat bilan
shug‘ullanishga yo‘naltiradilar. Turli xil tanlovlarga tayyorgarlik ko‘rish, fan olimpiada-
larida ishtirok etish va g‘olib bo‘lishga intilish, ilmiy-ijodiy ko‘rgazmalarda qatnashish
orqali ularing iste’dodining noma’lum qirralari ochiladi.
Mustaqil ta’lim yoshlarning shaxs sifatida kamol topishlariga ham ijobiy ta’sir ko‘r-
satadi. Unda xarakter xususiyatlarining barqarorlashuvi, ayniqsa, irodaviy sifatlarning
mustahkamlanishi, o‘z-o‘zini boshqarish kabi fazilatlar takomillashadi. atrof-muhitdagi
narsa-hodisalarga befarq bo‘lmaslik, ularni to‘g‘ri baholay olish, o‘zlarining mustaqil
fikrlarini bildirish va dalillashga odatlanadilar.
alohida ijodiy muhit yaratash natijasida pedagogik muammo bo‘yicha ma’lu-
mot va tajriba almashish sodir bo‘libgina qolmay, alohida birga ijod qilish muhitini
yaratish hisobiga, yangi fikrlarga, beg‘arazlikka erishiladi, bu keyinchalik innovat-
sion kompitentlikning shakllanishiga asos bo‘lib xizmat qiladi.
Bugungi kunda o‘qituvchilarimiz faoliyatida ilg‘or (novatorlik harakatlari) tajribalar-
dan yetarlicha darajada foydalanish kompetentligi kamligi ta’limning innovatsiyalashu-
vi bilan kirishib keta olmayapti. yoshlar tarbiyasida muvaffaqiyatni maqsad qilib olish,
raqobatda ustunlikka erishish kabi masalalariga alohida tizim shaklida jamlanmagani
va tasniflanmaganligi bois o‘qituvchilar uchun muammolarni yechishni taxmin qilish,
uni tekshirish, amaliy-nazariy xarakterdagi masalalarda qo‘llash, tartibga solish va sis-
temalashtirish kabi masalalar hamon o‘z yechimi kutmoqda.
Talabalarning innovatsion kompеtentligini shakllantirish orqali ularni ijodiy mu-
hitda muvaffaqiyatni maqsad qilib olish, raqobatda ustunlikka erishishda neyrolingvis-
tik dasturlash zamonamizning eng ilg‘or vositalaridan sanaladi.
neyrolingvistik dasturlashning asosiy afzalligi shundaki, uning tavsiyalari odamga
o‘z maqsadlariga tezroq va samaraliroq erishishga yordam beradi. Bu paytda inson-
ning o‘zi payqamagan aqliy qobiliyatlari (“neyro”) ishga tushadi. Bundan tashqari, ney-
rolingvistik dasturlash o‘ziga xos yo‘l bilan tildan (“lingvistik”) o‘z maqsadlariga erishish
yo‘lida foydalanish imkonini beradi. Va nihoyat, uning yordamida o‘z aqli, psixikasi-
ni boshqarish, qadriyatlarni kutilayotgan natijalar bilan moslashtirish (“dasturlash”)ni
o‘rganish mumkin. Ma’lumki, kompyuterlar uchun ko‘rsatmalar, undan foydalanishga
bag‘ishlangan ko‘plab adabiyotlar mavjud. Hozirda neyrolingvistik dasturlash doirasida
bir qator metodlar ishlab chiqilgan va sinovdan o‘tkazilgan. Ular bizga “shaxsiy miya-
mizdan foydalanish bo‘yicha ko‘rsatmalar” egasi bo‘lishimizga imkon beradi. Mazkur
ishda pedagogik texnologiyalar asosida mashg‘ulotlarning maqsad, vazifalarini loyiha-
lashda neyrolingvistik dasturlash tavsiyalaridan foydalanish va buning hisobiga o‘quv
jarayoni samaradorligini oshirish taklif qilinadi.
So‘nggi fikr neyrolingvistik dasturlash bilan tanish bo‘lmagan o‘quvchida tanqidiy
munosabat tug‘dirishi mumkin. Chunki an’anaviy o‘quv jarayonida pedagog ko‘p hol-
40
Do'stlaringiz bilan baham: |