Ilmiy-metodik jurnali scientific-methodical journal ministry of public education of the



Download 1,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/146
Sana15.01.2021
Hajmi1,2 Mb.
#55614
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   146
Bog'liq
5-son 2018 (1)

Annotatsiya


33
Ta’lim beruvchilar va ta’lim oluvchilarning hamkorlikdagi faoliyati deganda shaxs-
lararo muloqot umumiy maqsad – muayyan vazifani hal qilishga yo‘naltirilgan vaziyat 
nazarda tutiladi. Bunda “o‘qituvchi-o‘quvchi” munosabatlaridagi hamkorlik, faoliyatning 
borishi va natijalarining birgalikdagi tahlili, bir-biriga samimiylik, o‘zaro bir-birini  tushu-
nish, kattalar va bolalarning hamkorlikdagi rivojlantiruvchi faoliyati g‘oyasidir. an’anaviy 
ta’lim pedagogik jarayonda o‘qituvchining subyekt sifatida, o‘quvchini esa obyekt sifatida 
ishtirokiga asoslangan. Bu qoida o‘quvchi o‘z o‘quv faoliyatining subyekti haqidagi ta-
savvur bilan almashinadi. 
Ma’lumki, XX asrning oxiri XXi asrning boshlariga kelib, ta’lim jarayoni subyektlari 
faoliyatiga nisbatan yangicha yondashuvlar vujudga keldi. Bu yondashuvlarning mush-
tarak ahamiyati shundaki, shaxslararo munosabatlar o‘zaro hamkorlik jarayonida yangi 
sifat ko‘rsatkichlariga ega bo‘ladi va kutilgan natijani beradi. Pedagogik hamkorlik ta’lim 
jarayoni subyektlari faoliyatida yangicha sifat o‘zgarishlarining shakllanishi va namoyon 
bo‘lishiga ko‘maklashadi. Pedagogik hamkorlikning muhim jihati shundaki, u ta’lim jara-
yoni subyektlari faoliyatini muayyan tarzda uyg‘unlashtirishga xizmat qiladi. 
ijodiy  guruhlar,  o‘yin  jamoalarida  ularning  o‘zaro  ta’sir  jarayonida  o‘quvchilarning 
birgalikdagi faoliyatini tashkil qilish o‘qituvchilar uchun dolzarb sanaladi. Bunda muloqot 
ishtirokchilari xulq-atvorini real aloqalarni o‘rganish va hamkorlikdagi faoliyat davomida 
– ijtimoiy faollik jarayonida bir-birining o‘zaro ta’sirini tavsiflash orqali boshqarish uchun 
sharoit yaratiladi.
Tajribalar shuni ko‘rsatadiki, har qanday kasb egasining kishilar bilan odatiy o‘zaro 
hamkorlik tizimida muloqot shunchaki o‘z-o‘zicha sodir bo‘ladi. Ma’lum bir maqsadga 
qaratilgan ta’lim-tarbiyaviy jarayonda esa, muloqot ijtimoiy vazifaga aylanadi, natijada 
o‘qituvchi  pedagogik  muloqot  qonuniyatlarini  puxta  bilishi,  kommunikativ  qobiliyat  va 
kommunikativ madaniyatga ega bo‘lishi talab qilinadi. 
Hamkorlik pedagogikasi jarayonida o‘quvchilarda xushkayfiyat, rahmdillik,  do‘stona 
munosabatlar, muloqotga kirishuvchanlik, qiyin daqiqalarda bir-birlariga ko‘maklashish, 
kechira olish, mas’uliyatlilik, haqgo‘ylik, bag‘rikenglik, toqatlilik, tushunish kabilar kuzati-
ladi. Mashg‘ulotlar yakunida o‘quvchilar bir-birini yaxshi bilganliklari, yaqindan do‘stlash- 
ganliklari, o‘zlari haqidagi ma’lumotlarga ham ega bo‘lganliklari, yaxshi sifatlarni namo-
yon qilganliklari, atrofdagilarning o‘zlariga bo‘lgan munosabatlarini aniqlaganliklari, o‘z-
lariga tashqaridan baho berish imkoniyatiga ega bo‘lganliklari, ijobiy hamkorlik muhitiga 
singganliklari, o‘zlari va sinfdoshlariga nisba tan ishonch hissini kuzatish mumkin.
Mashg‘ulotlar davomida o‘qituvchilar o‘quvchilarning  emotsional     holatini       yaqin-
lashtirish   uchun sharoit yaratishi kerak.  Zarur hollarda mashg‘ulot turiga bog‘liq ravish-
da o‘qituvchi ta’lim oluvchilarning emotsional holatini boshqaradi. 
Ta’lim texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy qilishning turli bosqichlarida peda-
gogik-psixologik tadqiqotlarning vazifasi loyihalashtirish metodologiyasi va texnologi-
yasi  bilan  belgilanadi.  Bosqichdan  bosqichga  o‘tishda  bu  talablar  takomillashtiriladi. 
O‘qituvchilar  darslarni  loyihalashtirishda  hamkorlikdagi  pedagogik  vaziyatlarni  tash-
kil etishga alohida e’tibor qaratmaydi. Ular o‘quvchilar bilan amalga oshiriladigan har 
qanday munosabatga hamkorlikdagi jarayon sifa tida qarashga odatlangan. aksariyat 
hollarda o‘qituvchilar o‘quvchilar bilan guruhli faoliyatni tashkil etish maqsadida o‘quv 
topshiriqlarini tanlab oladi, hamkorlikdagi pedagogik faoliyatni tashkil etish uchun tash- 
qi shart-sharoitlardan foydalanadi. Bu esa o‘qituvchilarning o‘quvchilar bilan ishonchli 
hamkorlikni tashkil etish imkoniyatini yaratadi. Bunda hamkorlik imita tsiya (taqlid, o‘x- 
shatish) xarakteriga ega bo‘ladi va o‘quvchilar orasida bahs-munozara vaziyati vujudga 
keladi, biroq ular oldiga qo‘yilgan vazifalar yechilmaydi. 


34

Download 1,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish