Namoyishkorona tip – ochiqchasiga jangovar boshqaruvchi, maqtan-
choq va o‘zini yaxshi ko‘ruvchi «dovyurak-jangchi». Barcha narsalar va
hammaga nafrat ko‘zi bilan qarab lazzatlanadi. O‘z-o‘zini buyukligiga
ishontirish ularga xos xislat.
Ikkinchi kategoriyaga turli ko‘rinishdagi noqonuniy yoki jinoiy
yo‘llar yordamida oddiy mablag‘ yig‘ish bilan shug‘ullanuvchi shaxslar
kiradi.
Yollovchi – boshqalarni terrorchi tashkilotlarga jalb qiluvchi shaxs.
Yuqori va tez psixologik aloqa o‘rnatishga moyil, psixotexnologik
ko‘nikmalarga ega, ishontirib (gipnoz) ta’sir qilishi bilan ajralib turadi.
Ushbu toifadagilar terrorchi tashkilotlarda eng kuchsiz bo‘g‘in hisoblanib,
ularning vazifasi ta’sirga tez beriluvchi odamlarni aniqlash va topib,
psixologik ta’sir o‘tkazishdan iborat.
Teraktlarni tayyorlovchilar asosan sobiq maxsus xizmat xodimlari
bo‘lib, ikki yoki undan ortiq davlatlarda maxsus xizmatlarda tayyor-
garlikdan o‘tganlar. Ularda uzoq yillar davomida qo‘poruvchilik, ba’zan
esa antiterrorchilik faoliyati bilan shug‘ullanish natijasida terrorchi
shaxslarga xos bo‘lgan psixologik sifatlar shakllangan. Biroq, yosh
jihatidan yoki biror-bir sabab tufayli davlat xizmatining ijtimoiy
184
yo‘nalganligini o‘zgartiradi. Masalan, ular odatiy davlat xizmatida, biroq
«dushman tarafi»da bo‘lib faoliyat olib boradilar. Bunday maxsus xizmat
xodimlarining ma’naviy-axloqiy, insoniy qadriyatlari qo‘poruvchilik
faoliyati bilan uzoq yillar davomida shug‘ullanishi natijasida yo‘q bo‘lib
ketgan. Ijtimoiy yo‘nalganlikning o‘zgarishida asosiy rolni «moddiy
manfaat» o‘ynaydi. Terrorizmda ushbu faoliyat bilan shug‘ullanuvchilar
uchun davlat xizmatiga qaraganda bir necha barobar ko‘p haq to‘lanadi.
Pedagog-murabbiylar teraktlarni tayyorlovchilar bilan bir jabhada
faoliyat ko‘rsatadilar. Bu shaxslar terrorchilik faoliyatining barcha
mutaxassisligi bo‘yicha yo‘riqchi (instruktor)lik faoliyati bilan shug‘ul-
lanadilar. Odatda ular boylik girdobiga tushgan sobiq maxsus xizmat
xodimlaridir. Pedagog-murabbiy Terrorchilarning professional faoliyati
o‘zgarmaydi. Ular ilgari terrorizmga qarshi kurashishni o‘rgatgan
bo‘lsalar, endilikda esa, o‘tmishdagi tajribalariga suyangan holda, Terror-
chilarni o‘zlarining sobiq shogirdlariga qarshi kurashishga o‘rgatadilar.
Texnologlar ham terrorchi tashkilotlarning a’zolar bo‘lib, ularning
asosiy vazifasi teraktlarning sodir etilishini texnik jihatdan ta’minlab
berish hisoblanadi. Aniq terrorchilik xatti-harakatlarini sodir etish uchun
shart-sharoitlarni tayyorlash va portlovchi moslamalarni yaratish sohasida
texnik, hamda boshqa malakalarga ega bo‘ladilar. Kimdir Terrorchilar
uchun soxta hujjatlar, kimdir transport vositasi va samolyot uchun chipta,
yana kimdir portlovchi moslamalar uchun omborxonalar tayyorlaydi.
Uchinchi kategoriyadagi shaxslar terrorchi tashkilotning eng quyi
pog‘onalarida turadilar va ularning asosiy vazifasi bevosita teraktlarni
amalga oshirish hisoblanadi. Bular portlovchi moslamani hodisa joyiga
olib boruvchi, masofada turib portlovchi moslamani harakatga kelti-
ruvchi, o‘limdan qaytmaydigan yo‘l ko‘rsatuvchilar, o‘zini «qurbon» yoki
«shahid» qiluvchi ayol va erkaklardir.
Tajovuzkor tip toifasidagi odamlar zo‘rlashga, o‘ldirishga, hamma
narsani buzishga va hammani qo‘rqitishga xos tajovuzkor ehtirosga ega.
Terror – emotsional qoniqishning asosiy usuli. Ushbu toifadagilar «qotib
qolgan» (otmarozka), umuman ma’naviyatsiz, vahshiy, rag‘batlantirish
uchun ishlovchi, kimni so‘yish va kimni otish ularga baribir.
Fanatik tip Terrorchilarning eng xavfli tiplaridan biridir, ular
teraktlarni sodir etishga borishda o‘z o‘limiga oldindan va ongli
tayyorlanadilar.
Zombilashtirilgan toifadagilar o‘z joniga qasd qilish vazifalarini ideal
tarzda bajaruvchilardir. Dasturlashtirilgan avtomat sifatida va ta’sirga
185
berilish oqibatida harakat qiladi. Vazifani bajarishda tez fikrlaydi va
qo‘rquvni his qilmaydi.
Qasoskor tipning asosiy motivi o‘zi uchun, yaqinlari yoki do‘stlari
hamda yagona e’tiqoddoshlari uchun qasos olish hisoblanadi. Ushbu
toifadagilar ichida ko‘proq o‘spirinlar va ayollar uchraydi.
Avantyurist tip – qattiq siyosiy e’tiqod va barqaror siyosiy yo‘na-
lishga ega bo‘lmagan odam. Ushbu toifadagi odamning boshqalardan
farqi – yakka holda harakat qiladi.
Uchinchi kategoriyaga kiruvchi «bajaruvchilarni» o‘z joniga qasd
qiluvchi-Terrorchilar toifasiga kiritish mumkin. Ushbu toifadagi odamlar-
da o‘lish va o‘ldirishga xohish yuqori bo‘ladi, o‘zini juda kuchsiz his
qiladi. Ushbu e’tiqodning ichki motivlaridan biri o‘z kuchi bilan zaiflik-
dan qutilishdir. Bunday odamlarda tobelik ekstremal kechinma
hisoblanadi.
O‘z joniga qasd qiluvchi Terrorchilarning maqsadlari – odamlar ko‘p
joylarda, shaharning markaziy tumanlarida o‘zlariga katta e’tibor qara-
tishni nazarda tutadi. Agar aholidan to‘sib qo‘yilsa, u ko‘proq huquqni
muhofaza qiluvchi organlar xodimlarini yo‘q qilishga harakat qiladi. Ular
muzokara olib borishda bir maqsadni ko‘zlaydi – yon-atrofiga imkoni
boricha ko‘proq odamlarni yig‘ish, ya’ni o‘z jonini qimmatroqqa sotishga
harakat qiladi.
Terrorizm keyingi paytlarda turli ko‘rinishda namoyon bo‘lmoqda.
Agar ilgari muayyan maqsadlarga erishish yo‘lida uning odamlarni
garovga olish, aholi o‘rtasida vahima uyg‘otish, u yoki bu davlat
obyektlarini portlatish, davlat arbobiga suiqasd qilish va hokazo
ko‘rinishlari kuzatilgan bo‘lsa, bugun o‘z g‘arazli maqsadi yo‘lida
to‘g‘ridan-to‘g‘ri inson resurslaridan foydalanish hollari ham ommalashib
bormoqda. Terrorizmning bu ko‘rinishi «qurbonlik» yoki «shahidlik»
terrorizmi deb ataladi.
«Qurbonlik» yoki «shahidlik» terrorizmi xalqaro terrorizmning bir
ko‘rinishi sifatida turli ijtimoiy-siyosiy tartiblarda muayyan sabablar va
omillar ta’sirida namoyon bo‘ladi. Uning bunday ko‘rinishi O‘zbekistonni
ham chetlab o‘tmadi. 2004 yil 29-30 mart kunlari «shahidlik»
terrorizmining dastlabki ko‘rinishi kuzatildi
1
.
Odatda «shahidlik»ni qaror qilgan shaxslar o‘z jonini qurbon qilishni
taklif qilmaydilar. Ularni «ma’naviy murabbiyi» yoki sardori tanlab oladi.
1
Qarang: Қодиров А., Исмоилов М. «Қурбонлик» ёки «шаҳидлик» кўрини-
шидаги терроризм // Ҳуқуқ–Право–Law. –2004. – №2. –16–17-б.
186
Shundan so‘ng esa uzoq muddatga rejalashtirilgan psixologik tayyorgarlik
jarayonlari boshlanadi. «Qurbonlik» yoki «shahidlik» maqomidagi
Terrorchilarni odatda Yaqin Sharq, Kavkazorti, Afg‘oniston va Pokis-
tonda tayyorlaydilar.
«Qurbonlik» yoki «shahidlik»ka mubtalo bo‘lgan Terrorchilarni
zararsizlantirish juda mushkul, chunki u o‘limga tayyor. Bunday nobakor
ishlarga qarshi maxsus xizmat xodimlarining samarali mehnatlari orqali
natijaga erishi mumkin. Mutaxassislarning ta’kidlashlaricha, terrorchi har
soniyada hayot bilan vidolashishga tayyor emas. U doimiy ravishda
barmog‘ini harakatga keltiruvchi tugmada tutib turishi mumkin emas.
Terrorchi o‘z joniga qasd etishi uchun kamida yarim daqiqa vaqt kerak
bo‘lishi hisoblab chiqilgan. Mana shu yarim daqiqa hal qiluvchi vazifani
bajaradi.
Terrorchi shaxsning sifatlari:
1) tajovuzkor va shafqatsiz (qattiq qo‘l) xulq-atvorga egalik;
2) o‘zini oqlash. Siyosiy mafkuraviy motivlar odatda shaxsni yashirin
ehtiyojlarini qondirish sifatida namoyon bo‘ladi;
3) agressivlik xususiyati, ya’ni voqelikka to‘g‘ri baho bera olmaslik,
aybni tashqi omillardan qidirish va o‘zining muvaffaqiyatsizligini
vaziyatga yuklashga moyillik;
4) terrorchi tashkilotlarga, uning vazifa va ideallariga ko‘r-ko‘rona
sodiqlik;
5) yetarli darajada aqliy rivojlanmaganlik, bilim darajasining pastligi;
6) odatda nosog‘lom oilalardan chiqqanligi, ijtimoiy patologik rivoj-
lanishga ega bo‘lmaganligi. Jamiyatda o‘z o‘rnini topa olmagan odamlar,
ish o‘rnini yo‘qotgan yoki unga ega bo‘lmaganlar, yaqin kishilarini
yo‘qotganlar, jismoniy imkoniyati chegaralangan shaxslar, og‘ir psixot-
ravmalarni boshidan kechirganlar, terrorchilik yoki diniy an’analarga
rioya qiladiganlarning qarindoshlari, farzandlari yoki nevaralari bo‘lishi
mumkin;
7) doimo o‘z «men»ligini himoya qilish, o‘z fikrini tasdiqlashga
intilish, boshqa insonlarning istak va hissiyotlariga e’tibor bermaslik va
fanatizm;
8) shoshqaloqlik, o‘zgaruvchanlik, ikkilanishlar va hokazo.
Do'stlaringiz bilan baham: |