A k a d e m I ya r. X. Dushanov y. A. Farfiyev


Ichki ishlar idoralari faoliyatida olomon psixologiyasi



Download 1,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/194
Sana12.01.2021
Hajmi1,53 Mb.
#55401
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   194
Bog'liq
KASBIY PSIXOLOGIYA

6.3. Ichki ishlar idoralari faoliyatida olomon psixologiyasi  
va uni hisobga olishning o‘ziga xosligi 
 
«Olomon» atamasi ijtimoiy psixologiyaga XIX asrning oxiri va XX 
asrning boshida yuz bergan ommaning qudratli inqilobiy ko‘tarilishi 
davrida kirib keldi. 
O‘z tabiatiga ko‘ra olomon harakatdagi, shuningdek, tajovuzkor, 
qutqarilayotgan, manfaatparast, ekstatik (masalan, pir, aytaylik mashhur 
jaz muxlislarining diniy mutaassibligi yoki aqlsizligi tufayli yuzaga 
keladigan olomon) turlarga bo‘linadi. Yuqorida keltirilgan tasnifning 
muallifi  psixolog  YU. A. Sherkovin  ta’kidlaganidek
1
, bunday ajratish 
shartlidir. Olomonning bir turi ayni vaqtda boshqasining jihatlariga ega 
bo‘lishi va yangi turiga aylanishi mumkin. 
Sobiq Ittifoq ijtimoiy psixologlari (B. F. Porshnev, B. D. Parigin, 
YU. A. Sherkovin, N. F. Fedenko va boshqalar)ning ilmiy ishlarini tahlil 
                                         
1
 Qarang: Социальная  психология:  Краткий  очерк / Под  общ.  ред. 
Г. П. Предвечного и Ю. А. Шерковина. – М., 1995. – С. 289–290.
 


 121 
qilish asosida olomoning bir qator psixologik xususiyatlarini ko‘rsatish 
mumkin. 
Olomonning eng muhim farqli jihati uni tashkil etuvchi odamlar 
tarkibining t a s o d i f i y   x u s u s i y a t l a r i d i r . Bu, albatta, olomonning 
yuzaga kelishi ijtimoiy hodisalarning sabab-oqibatlari doirasidan chetga 
chiqishini bildirmaydi. Olomonning dastlabki o‘zagi oqilona mulohazalar 
ta’sirida shakllanishi va o‘z oldiga juda aniq maqsadlar qo‘yishi mumkin. 
Biroq o‘zakning bundan keyingi rivojlanishi shiddat bilan va o‘z-o‘zidan 
yuz beradi. Olomon bungacha bir-birini mutlaqo tanimagan, umumiy 
tomonlariga ega bo‘lmagan odamlarni o‘z ichiga olib, o‘sib boradi. 
Bunga ishonch hosil qilish uchun spirtli ichimlik iste’mol qilgan va 
bezorilik qilayotgan o‘smirlar olomoniga murojaat etishning o‘zi yetarli. 
Bunday olomon tarkibida uni jipslashtirish bo‘yicha faol harakat qiluvchi 
va sekin-asta uning xatti-harakatini yo‘naltiruvchi boshlovchilar  ajralib 
turadi. Bular jamiyatda o‘rnatilgan axloq qoidalarini tan olmaydigan
axloqi buzilgan odamlardir. O‘z qadriyatlarini olomon harakatlarining 
yo‘nalishi bilan birday ko‘ruvchi olomon ishtirokchilari ulardan ajralib 
turadi. Masalan, ba’zan olomonning tajovuzkor harakatlari qaratilgan 
obyektdan alamzada bo‘lib yurgan odamlar ham guruhiy tartibbu-
zarliklarga tortiladilar. Ular boshlovchi emas, ammo olomonning ta’sir 
doirasida qolib, unda faol ishtirok etadilar. Olomon ichida unga faqat o‘z 
«bebosh fe’lini» ko‘rsatib qo‘yish, o‘zining shafqatsizlikdan huzur 
qiladigan impulslarini chiqarish imkoniyati paydo bo‘lgani tufayligina 
olomonga qo‘shilgan tajovuzkor  shaxslar ayniqsa katta xavf tug‘diradi. 
Eng og‘ir harakatlarni odatda ular sodir etadilar. 
Guruhiy tartibbuzarlik ishtirokchilari orasida halol, ammo adash-

Download 1,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish