111
Rus olimi F. N. Plevako insonlarning jamoadan tashqaridagi xatti-
harakatlarini psixologik jihatdan tahlil etgan va umumiy xulosaga kelgan.
Muallifning fikricha, olomon – katta bir devor, undagi
odamlar esa ushbu
devor elementlaridir. Olomon orasida bo‘lish, undagi instinkt belgila-
ridir
1
. Insonning jamoadan tashqari xatti-harakatlardagi zarur element-
lardan biri unda liderning mavjudligidir.
Shu nuqtai nazardan «insonning jamoadan tashqari xatti-harakati»
tushunchasi ijtimoiy psixologiya va yuridik psixologiyada muhim
ahamiyatga ega bo‘lib, inson xulq-atvorining ma’lum ma’noda huquqiy
normadan chiqishi, unda inpulsiv (shartsiz refleks) harakatning namoyon
bo‘lishi bilan izohlanadi. Bundan tashqari, inson ruhiyatida kuchli qo‘z-
g‘alishni, hissiy muvozanatsizlikning ortishini va idrok etish ko‘lamining
torayishini sezish mumkin. Jamoadan tashqari xatti-harakatda asosiy
rolni, ya’ni dominantalik (ustunlik)ni insonlarga rahbarlik, tashkilotchilik
qilayotgan yo‘lboshchilar bajaradi. Shuning
uchun ham insonlarning
jamoadan tashqari xatti-harakatlariga jinoiy-huquqiy nuqtai nazardan
baho berilganda yo‘lboshchilar jamoaning tashkilotchisi va rahbari
hisoblanadi. Ular asosan mish-mishlarni tarqatishda hamda olomonni
harakatga ketirishda katta rol o‘ynaydi. Ijtimoiy psixologiyada shaxsning
ijtimoiy munosabatlarga kirishishi, turli ijtimoiy ko‘rinishlardagi xatti-
harakatlarining ijtimoiy psixologik qonuniyatlari o‘rganiladi. Chunki
insonlarning bir-birlarini idrok etishi munosabatlar mexanizmini yaratadi.
Shu nuqtai nazardan insonlarning jamoadan tashqaridagi xatti-
harakatlarini tartibga solishda bevosita olomon psixologiyasini o‘rganish,
ya’ni inson xulq-atvorini huquqiy jihatdan tartibga solish va me’yorlash
maqsadga muvofiqdir.
Chunki har bir jamiyatda jamoatchilik fikri, kayfiyati va ichki
ma’naviy-ruhiy dunyoqarashi asosida ijtimoiy psixologik ko‘rinishlar,
hodisalar, voqealar namoyon bo‘lib, bu dinamik xarakterga ega. Ya’ni
olomondagi insonning xatti-harakatlariga ham biologik, ham ijtimoiy
omillar dominantlik (ustunlik) qiladi. Natijada insonda tashqi hodisalar
ta’siriga berilish ichki irodaviy boshqaruv va o‘zini o‘zi nazorat
qilishning susayishini kuzatish mumkin.
Bu borada atoqli rus olimi M .I. Yenikeyevning «aksariyat jinoiy
xatti-harakatlarning zamirida odamlarning ayrim ijtimoiy ko‘rinishlarga
bo‘lgan dezadaptatsiyalashuvi (moslasha olmasligi) sabab bo‘ladi»
2
,
degan fikrlarida qaysidir ma’noda haqiqat mavjud.
1
Qarang:
Плевако Ф.Н. Избранные речи. – М., 1993. – С. 74.
2
Qarang:
Еникеев М. И. Юридическая психология. – СПб., 2005. – С. 65.
112
Shu nuqtai nazardan ichki ishlar idoralari xodimlari o‘z
kasbiy
faoliyatlarida asosiy ijtimoiy-psixologik ko‘rinishlar (mish-mishlar,
olomon)ga qarshi kurashishda olomonning ijtimoiy va etnopsixologik
xususiyatlarini va geografik shart-sharoitlarini chuqur o‘rganishi hamda
tahlil qilishi muhim o‘rin tutadi. Inson hayoti davomida urf-odatlar, etnik
va ijtimoiy qadriyatlarga rioya etishga majbur. Bu, o‘z navbatida, uning
jamoada ichki muhitni yaratishida psixologik mexanizm sifatida namoyon
bo‘ladi. Aksariyat hollarda insonlarning xatti-harakatlarida huquqiy
normalardan chetga chiqishlarda ularning ayrim ijtimoiy munosabatlarga
moslasha olmasligi bosh omillardan biri sanaladi. Chunki ijtimoiy
moslashuvchanlikning yo‘qligi
nafaqat ichki qadriyatlarning, yo‘nalish-
larning sustligida, balki undagi ijobiy ijtimoiy stereotiplar va
ko‘nikmalarning shakllanmaganligida va o‘ziga o‘zi bergan bahoning
pastligida namoyon bo‘ladi. Shu nuqtai nazardan olomon tarkibiga kiruv-
chi odamlarning aksariyatida mish-mish gaplarga psixologik yuqimlilik,
konformizm (tashqi ta’sirlarga tez beriluvchanlik) holatlari ko‘proq
kuzatiladi. Shuni aytish joizki, bugungi kunda jamiyatda bo‘layotgan
ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy o‘zgarishlar bevosita insonlar ongiga o‘z
ta’sirini o‘tkazadi va bu, qaysidir ma’noda, inson xatti-harakatlarini
ma’lum bir me’yordan chiqishiga sabab bo‘luvchi bosh omillardan biridir.
Chunki har bir inson ma’lum bir jamoada o‘zining ichki dunyoqarashlari,
ehtiyoj va motivlari asosida qandaydir vazifani bajaradi.
Asosiy ijtimoiy psixologik ko‘rinishlar, ya’ni mish-mish
gaplar va
olomon ichki ishlar idoralari xodimlari uchun doimo operativ qiziquv
uyg‘otgan va hamma vaqt mish-mish gaplar tarqatgan hamda jamoat
xavfsizligi, tartibiga xavf soluvchi shaxslar hisobga olingan.
Yuqorida qayd etilganlardan kelib chiqadigan bo‘lsak, asosiy
ijtimoiy-psixologik ko‘rinishlardan biri bo‘lmish mish-mish gaplar va
olomon psixologiyasini o‘rganish bugungi kunda ichki ishlar idoralari
xodimlari faoliyatidagi muhim muammolardan biri sanaladi. Shu sababli
ushbu ijtimoiy-psixologik ko‘rinishlarga batafsil to‘xtalib o‘tish
maqsadga muvofiqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: