T. Vesos “Yetim qolgan opa-uka” (Qushlar) birinchi qism



Download 0,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/34
Sana16.04.2022
Hajmi0,84 Mb.
#557672
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34
Bog'liq
yetim qolgan opa-uka qushlar

 
 
 
7
Mattis loyxo'rak voqeasini tushida ham ko'rdi, bu kimning irodasi bilan 
bo'ldi, ahamiyati yo'q, ammo bu ajoyib tush edi. 
Ko'z o'ngida hech nima paydo bo'lmasidan burun, u oldin ularning ovozini 
eshitdi: 
— Biz uchib keldik, biz uchib keldik! Sen shu yerdamisan? 
Mattis, albatta, shu yerdaman, deb javob berishi mumkin edi. 
Ovoz: «Bu uzoq davom etdi, Mattis, ammo endi hammasi o'zgardi», dedi 
muloyimlik bilan. 
Uy ustida, yuksak-yuksaklarda yop-yorug' bir iz, quyida, naq tom ustida 
ham, hamma yoqda ham yorug'lik, keyin Mattis aynan o'ziga kerakli ovozni 
eshitdi. Uy bir zumda ichlari ham ko'rinib yap-yangi bo'lib qoldi. 
— Lekin eng asosiysi, bu — uy emas, — dedi Mattis. 


Ha, uy emas, eng asosiysi — Mattis. Yorug'lik Mattisni boshidan 
oyog'igacha qamrab oldi va u tanib bo'lmas darajada o'zgarib ketdi. U o'zining 
hozir bo'rtib chiqqan mushaklarini sinab ko'rish niyatida, o'ng bilagini bukkan edi, 
ular shu qadar taranglashdiki, natijada yenglari tirsillab sitilib ketdi. O'zining dum-
dumaloq chiroyli mushaklarini ko'rib, Mattis kulib yubordi. 
— O, bu qanday yaxshi, — dedi. 
— Kuch-quvvat menga asqotadi, — dedi u va sergaklik bilan atrofini ko'zdan 
kechirdi. 
— Qayerdasizlar? — qichqirdi u. 
Ular o'rmon ichkarisiga biqinib, kulib yuborishdi: 
— Har doimgi joyimizdamiz. 
Kulbalari chindan ham yangi bo'lib qolgandi. Mattis yaqin borib, qorong'i 
derazadan o'ziga qaradi. Derazada aks etib turgan shunday kuchli, pahlavon yigimi 
umri bino bo'lib sira ko'rmagan edi. U o'ziga har tarafdan qarab ko'rdi — hammasi 
joyida. 
Mattis kerilib so'radi: 
— Ko'ryapsizlarmi? 
— Ko'rvapmiz, xavotirlanma, — o'rmon ichkarisidan turib javob berishdi, — faqat 
senigina ko'rib turibmiz. 
— Birpas to'xtab turinglar, — iltimos qildi. 
— Nimaga? — bir ovozda so'rashdi. 
— Nima istaysan, ayt, Martis? 
— Hozir bo'l, Mattis! 
— Ha, ha, xavotir olmanglar, — Mattis ularning so'zlarini takrorladi. 
Mattis boshini chayqadi va shu ondayoq miyasi aql bovar qilmas darajada hamma-
hamma nodir so'zlarga, qolaversa, qizlarga aytiladigan antiqa va muqaddas 
so'zlarga to'lib ketganini his qildi. Ilgari uning qarashlari o'zini eplay olmaydigan 
odamlarning qarashlariga o'xshar edi. Mattis kulib yubordi, yana derazaga qarab
ko'ngliga kelgan bu mardona so'zlardan ba'zilarining aytayotgan yangi tilini 
ko'zdan kechirdi. 
— Hoy, o'rmon ichidagilar! — deb qichqirdi u. — Sizlar tayyormisizlar? 
— Tayyormiz, tayyormiz, —javob berishdi ular. — Kim kelsin? 
— Ko'nglimga yoqqani kelsin, ko'nglimni oladigani kelsin, — dedi va 
mushaklarini shunday taranglatdiki, ko'ylagining yenglari so'kilib ketdi. 
Bu hammasi ajoyib edi! 
— Men senga borishni xohlayman, — deb javob berdi biri unga. 
Qolgan ovozlar yo'q bo'ldi-qoldi. 
Mana u daraxtlar orasidan chiqib keldi, endi uni hech nima to'sib turmasdi. 
Mattis uni xayolida ming marta tasavvur qilgandi, ammo u tamoman boshqacha 


ekan. Shunga qaramay Mattis uni darhol tanidi va hecham xijolat bo'lmadi. U 
yaqinlashganda, Mattis muattar bo'y taralayotganini his etdi. 
Mattis hali unga qo'l tekkiza olmasdi. 
— Bir nima qil, — deb o'tindi. U darhol Mattisni tushundi. 
— Yaxshi. Qara! 
U qo'lini sal qimirlatgan edi, hammayoqni qushlar sayrog'i tutib ketdi. 
— Bilaman, sen oqshomgi qo'shiluvdan yaralding, — gap boshladi Mattis. — Sen 
anchadan buyon mening xayolimdasan. Aytadigan gaping bo'lsa, hoziroq ayt. 
— Aytaymi? 
— Ha.
— Yo'q, ortiq so'zlagim kelmayapti. 
Mattis tikka uning ko'zlariga qarab, ohista chap qo'lini bukdi, yengi tirsillab 
chok-chokidan so'killib ketdi, Bo'rtib chiqqan silliq mushaklari shundoq uning ko'z 
o'ngida quyoshda yiltirab ketdi. 
— Hechqisi yo'q, — dedi Mattis. — Ko'ylaklarim ko'p. 
— Chapaqaymisan? — U hayron bo'lib so'radi. 
— Ha yo'q, — beparvo javob berdi Mattis. — Shunchaki o'ng qo'limning yengi 
boya yirtilib ketgandi. 
U boshqa bir so'z ham demadi: Mattisning kuchiga mahliyo bo'lib 
qolganidan, tili kalimaga kelmas edi. Mattisga xuddi shu kerak edi. U o'z orzusiga 
yetgan edi. Bundan tashqari, u so'zlarni kerak joyida ishlata bilish qobiliyatiga ham 
ega bo'lgandi. 
— Endi nimaiki xohlasang, qilaver, ixtiyor senda, — dedi u erkalanib. — Sen oltin 
yigit ekansan. 
Shunday dedi-yu, unga yanayam yaqinroq keldi. 
— Seni nima uchun buncha ko'p kutganim boisini endi tushundim, — dedi Mattis. 
Unda bir sir bor edi va bu sirni Mattisga ochmoqchi bo'lib, indamay turardi. 
Faqat yanayam yaqinroq keldi. Avvalgi safar u qo'lini sal qimirlatganda
hammayoqni qushlar sayrog'i bosib ketgan edi, endi bo'lsa o'zi ham tebrana 
boshladi, bu qandaydir afsungarlik edi. 
U qimirlay boshladi, Mattis nima bo'lganini tushunmadi. Bunga izoh yo'q 
edi. U
 
faqat yanayam yaqin keldi. Oqshomgi juftlashuvdan dunyoga kelgan bu 
mo'jizaviy zot Mattisni o'z komiga tortdi. 

Download 0,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish