19
Ba’zan kattalikning haqiqiy qiymatini topish uchun asbob ko‘rsatishini
tuzatish koeffitsiyenti ga ko‘paytiriladi:
ҳ
=
∗
(3.10)
O‘lchov asbobi ko‘rsatishining
kechikishi uning inersiyasini, ya’ni kattalik
o‘zgargan vaqtdan asbob ko‘rsatishining siljishigacha o‘tgan vaqtni xarakterlaydi.
Asbob ko‘rsatishining kechikishi qancha kam bo‘lsa, asbobning sifati shuncha
yukori bo‘ladi.
O‘lchash vositalarining umumlashgan xarakteristikasi asosiy va qo‘shimcha
xatoliklarning chegaraviy qiymatlari bilan,
shuningdek, o‘lchash vositalari
aniqligiga ta’sir etuvchi boshqa parametrlar bilan ifodalanadigan aniqlik sinfidan
iborat; parametrlarning qiymati o‘lchash vositalarining ayrim turlari uchun
standartlarda belgilangan. O‘lchash vositalarining aniklik
sinfi ularning aniqlik
xossalarini xarakterlaydi. ammo ular shu vositalar yordamida olib borilgan
o‘lchashlarning bevosita ko‘rsatkichi bo‘la olmaydi. Chunki aniqlik o‘lchash
usullariga hamda ularni bajarish sharoitlariga ham bog‘liq. Yo‘l qo‘yiladigan
asosiy xatoliklar chegaralari keltirilgan (nisbiy) xatoliklar ko‘rinishida berilgan
o‘lchash asboblari uchun quyidagi sonlar qatoridan olingan aniqlik sinfi beriladi:
(1; 1,5; 2,0; 2,5; 3; 4; 5; 6) • 10
n
, bunda n = 1,0; -1; - 2 va h.
O‘lchash asbobining aniqlik sinfi protsentlarda )hisoblangan eng katta
keltirilgan xatolikka teng:
=
=
∆
∗ 100% =
∆
∗ 100% .
(3.11)
Turli o‘lchov asboblari uchun Davlat standartida turli
aniklik sinflari qabul
qilingan. Ular asbobning siferblatida ko‘rsatiladi. Masalan, shkalasi 0 — 100°С
dan iborat bo‘lgan logometrni darajalash natijasida absolyut xatolikning quyidagi
qiymatlari olingan;
Shkalasi belgisi: °С...
0 20 40 60 80 100
Absolyut xatolik:
∆
, °С... 0,4 1,6 1,0 0,4 0 -0,6
Bunda logomegrning keltirilgan xatosi
=
∆
∗ 100% =
1.6
100
∗ 100% = 1,6% .
Yuqorida keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra aniklik sinfini 2,0 ga teng deb
olamiz (yaxlitlash kattalashtirish hisobiga olib boriladi).
Yo‘l qo‘yiladigan xatoliklari chegaralari protsentlarda ifodalanadigan nisbiy
xatoliklardan iborat asboblarning aniqlik sinflari qavs ichida
yozilgan sonlar bilan
belgilanadi (masalan, 5%), bu sonlar yul qo‘yiladigan asosiy nisbiy xatoliklar
qiymati bilan ustma-ust tushadi. Masalan, 2,5 aniqlik sinfidagi shkalasi 0 – 100
mV bo‘lgan millivoltlar uchun shkalaning ixtiyoriy belgisida asosiy nisbiy xatolik
±2,5% dan oshmaydi, ya’ni shkalaning ixtiyoriy belgisida absolyut xagolik (mB
larda)
∆ ≤ ±
∗
,
bunda
Х
п
–asbobning ko‘rsatishi.
Yo‘l qo‘yiladigan xatoliklari shkala uzunligi bilan aniklanadigan normalovchi
qiymatlarga bog‘liq protsentlarda ifodalanadigan asboblarning aniqlik sinflari
burchakcha bilan ajratib qo‘yilgan sonlar bilan belgilanadi (masalan, 0,5, 1,5), bu
20
sonlar yo‘l qo‘yiladigan asosiy keltirilgan xatoliklar qiymati bilan ustma-ust
tushadi
Masalan, shkalasi 5 – 50
mV
va aniqlik sinfi 2,5 bo‘lgan
millivoltmetr uchun
yo‘l qo‘yiladigan asosiy absolyut xatolik quyidagi formula bo‘yicha (mV larda)
hisoblanadi:
= ±
2,5 ∗
н
100
= ±
2,5 ∗ 45
100
= ±1,1
Bunda
н
=
−
;
ва
–асбоб
shkalasining
oxirgi
va
boshlang‘ich qiymatlari.
O‘lchash uchun asbob tanlashda uning aniqlik sinfi asosiy chegaraviy
absolyut xatolik bilan aniqlanishi e’tiborga olish lozim, bu xatolik shkalaning turli
belgilarida nisbiy xatolikning turli qiymatlariga mos keladi.
Masalan, shkalasi 0 –
150 mV
va aniqlik sinfi 1,5 bo‘lgan millivoltmetr uchun
asosiy chegaraviy absolyut xatolik 2,25
mV
ga teng bo‘lib, shkalaning 25 va 100
mV
belgilarida nisbiy xatolik tegishlicha quyidagiga teng bo‘ladi(% larda):
=
∆
∗ 100 = ±
2,25
25
∗ 100 = ±9 ,
= ±
2,25
25
∗ 100 = ±2,25
Nisbiy xatolikni kamaytirish maqsadlarida o‘lchash asbobi shkalasining
yuqorigi chegarasini shunday tanlash lozimki, o‘lchanayotgan
kattalikning
kutiladigan qiymati (ko‘rsatishi) uning oxirgi uchinchi qismida (yoki oxirgi
yarmida) joylashgai bo‘lsin.
O‘lchash vositalarining xatoliklari statistik va dinamik xatoliklarga bo‘linadi.
Statistik xatolik o‘zgarmas kattalikni o‘lchash uchun foydalaniladigan o‘lchash
vositasi xatoligidir. Agar o‘lchanayotgan kattalik vaqtning funksiyasi bo‘lsa, unda
o‘lchash vositalarining inersionligi oqibatida o‘lchash vositalarining dinamik
xatoligi deb ataladigan umumiy xatolikning tashkil etuvchisi hosil bo‘ladi.
Dinamik rejimda umumiy xatolik statistik va dinamik xatoliklar yig‘indisiga teng.
Do'stlaringiz bilan baham: