n
m
сij
1
1
Сижт
( 2.2 )
bu yerda:
S
ijt
– yerdan foydalanishning ijtimoiy samarasi;
i – yer uchastkalari indeksi (i = 1, 2,…, m);
j - ijtimoiy sohada yerlardan foydalanish indeksi (j =1,2, ..., n);
s
ij
- j maqsadida i yer uchastkasidan foydalanishning ijtimoiy samaradorligi.
Ta’kidlash joizki, yerdan foydalanish ijtimoiy jihatining nazariy va amaliy
tomonlariga zarur e’tibor berilmay kelinmoqda: yerdan foydalanishning ijtimoiy
samaradorligini baholash uslub va mexanizmi ishlab chiqilmagan, baholash
ko‘rsatkichlari tizimi va ijtimoiy samaradorlikning qiymat ko‘rsatkichlari mavjud
emas.
Samaradorlikning ijtimoiy ko‘rinishi samaradorlikning boshqa ko‘rinishlari
– iqtisodiy, rekreatsion, ekologik ko‘rinishlari bilan uzviy bog‘liq. Yerdan
35
foydalanishning ijtimoiy natijalari fuqarolar hayotining sifati va sharoitlarida aks
etadi. Masalan, sog‘lomlashtirish ob’ektlari (sanatoriy, dam olish uylari)ning
faoliyati yerdan foydalanishning ijtimoiy jihatiga kirib, ijtimoiy samaradorlik
ijtimoiy xarakterdagi tabiiy ko‘rsatkichlar (masalan, salomatligini tiklagan kishilar
miqdori, dam oluvchilar miqdori) da ifoda etiladi. Lekin, pirovardida, mazkur
yerlardan foydalanishning samaradorligini qiymat vositasida ifodalash zarur.
Boshqacha aytganda, yerlardan foydalanish ijtimoiy samaradorligining qiymatda
ifodalanishi yer resurslaridan foydalanishning iqtisodiy baholanishiga olib keladi.
Yerdan foydalanishning rekreatsion jihati maxsus qo‘riqlanadigan (tabiatni
muhofaza qilish, sog‘lomlashtirish, rekreatsion, tarixiy-madaniy) yerlardan
foydalanish masalalarini o‘z ichiga oladi. Masalan, rekreatsiya (lotincha recreatio –
tiklanish) – dam olish, insonlarning mehnat jarayonida sarflangan jismoniy,
intellektual
qobiliyatlarini
takror
ishab
chiqarishni
tashkillashtirishdir.
“Rekreatsiya” atamasi taxminan 1960-yillardan boshlab tibbiyot, fiziologiya,
sotsiologiya, iqtisodiyot va boshqa fanlarga oid adabiyotlarda qo‘llana boshlandi
5
.
Mazkur sohadagi tashkilot va korxonalar mamlakat iqtisodiyotining yirik
tarmog‘ini tashkil etadi, rekreatsion xizmat iqtisodiyotning rivojlanib kelayotgan
tarmog‘i bo‘lib, ko‘p kuch va xarajat talab etuvchi mustaqil sohasidir. Rekreatsion
yo‘nalish yerlardan ommaviy dam olish, madaniy hordiq va sog‘lomlashtirish
maqsadida foydalanishni nazarda tutadi. Yerdan bunday tarzda foydalanish
ijtimoiy va iqtisodiy samaradorlikka ega. Demak, rekreatsion samaradorlik
pirovardida iqtisodiy, asosan, ijtimoiy samaradorlik orqali amalga oshadi. Bunda
ushbu ijtimoiy samaradorlikning qiymatda ifodalanishi yer resurslaridan
foydalanishning iqtisodiy baholanishi orqali amalga oshiriladi. Shunday qilib,
rekreatsion samaradorlik o‘zining tabiiy ko‘rsatkichlari bilan ifodalanadi, lekin
qiymat
ko‘rinishida ifodalanish zarurati rekreatsion maqsadda yerdan
foydalanishning iqtisodiy baholanishiga olib keladi.
5
Большая экономическая энциклопедия. – М.: Эксмо, 2008.– С.543.
36
Yerdan foydalanishning ekologik jihati yerdan foydalanish jarayonida tabiiy
resurslar ichida eng muhim omil sifatida yerning darajasi (yaxshilanishi yoki
yomonlashishi) ni belgilaydi. Ushbu jihat ishlab chiqarish va noishlab chiqarishda
yerdan foydalanish borasida jamiyat va tabiatning o‘zaro ta’sirini ifodalaydi.
Materiya harakatining oliy shakli bo‘lgan jamiyat tabiatning harakatiga jiddiy ta’sir
qiladi, ular bir-biri bilan uzviy bog‘liqdir. Agar tirik mavjudotlar biologik tur
sifatida yerda yashayotganliklari sababli tabiatga ta’sir ko‘rsatsalar, insoniyat
tabiatga o‘z faoliyati orqali ta’sir ko‘rsatadi. Jamiyat va iqtisodiyot o‘zining
rivojlanishi jarayonida mehnat qurollari, ishlab chiqarish texnologiyalarining
takomillashib borishi natijasida borgan sari ko‘proq tabiatga ta’sir ko‘rsatmoqda,
borgan sari tabiatga bog‘liqligi susayib bormoqda, o‘zining ehtiyojlarini qondirish
uchun borgan sari mukammal, tabiatda bo‘lmagan buyumlar yaratmoqda.
Jamiyat va iqtisodiyot taraqqiyotida tabiat resurslarini iste’mol etish va
tabiatni har tomonlama muhofaza qilish ob’ektiv jarayon bo‘lib qolmoqda.
Insoniyat o‘zining moddiy, ilmiy va madaniy talablarini qondirish uchun ishlab
chiqarishda foydalanadigan tabiat resurslariga tabiat ob’ektlari va tabiat jarayonlari
kiradi. Tabiat resurslaridan foydalanishning tobora ortib borishi endilikda ularning
miqdori va sifatini hisobga olishni talab etadi. Insonning tabiatga nisbatan
o‘ylamasdan, isrofgarchilik bilan munosabatda bo‘lishi atrof-muhitda jiddiy
muammolarni keltirib chiqaradi.
Tabiatga katta miqyosda zarar keltirilishi (tuproqning buzilishi, chorvani
o‘tlatish natijasida o‘simlik resurslarining yo‘qotilishi, o‘rmonlarning kesilishi,
yangi yerlarning o‘zlashtirilishi va hokozo) yer maydonlari, suv havzalari,
o‘rmonlar va tuproqlar muhofazasini tartibga solishga qaratilgan qonunlar ishlab
chiqilishi zaruratini keltirib chiqardi. Fan va texnologiyaning taraqqiy etishining
jadallashishi insonning tabiatga ta’sirini sezilarli darajada orttirdi – hayvon turlari,
tabiiy landshaftlar yo‘qola bordi. XIX asr oxiri - XX asr boshlarida “tabiatni
muhofaza qilish” tushunchasi, 30-yillarida tabiat resurslarining ochiqdan-ochiq
talon-taroj etilishi oqibatida “tabiat resurslarini muhofaza qilish” tushunchasi, 50-
37
60-yillarida esa, yer biosferasining radioaktiv chiqindilar bilan ifloslanishi sababli
“atrof muhitni muhofaza qilish” tushunchasi vujudga keldi. Hozirgi kunda atrof
muhitni muhofaza qilish tushunchasi asosiga tabiat resurlaridan oqilona
foydalanish, atrof muhitni ifloslanishdan saqlash, biosferaning yo‘q qilinishidan
asrash, iqlim o‘zgarishining oldini olish, tabiat resurslarining ommaviy
degradatsiyalashishi kabi muammolar paydo bo‘lgan.
Tabiatni muhofaza qilish muammolari murakkab bo‘lib, tashkiliy-iqtisodiy,
huquqiy, sog‘lomlashtirish, gigiyenik, estetik, tarbiyaviy, ilmiy jihatlarni o‘z ichiga
oladi, ushbu muammolarni hal etish uchun tabiat va jamiyat muloqotiga
asoslangan ekologik yondashuv katta ahamiyatga ega.
Antropogen almashinuv biosferaning ekologik mutanosibligi, tabiat,
iqtisodiyot va jamiyat munosabatlarini buzadi. Chiqindisiz ishlab chiqarish
texnologiyalari tizimini barpo etish, insonning ishlab chiqarish faoliyatiga biosfera
funksiyasining ham kiritilishi ushbu muammolar echimida yangicha yondashuvdir.
Tabiatni muhofaza qilishga yo‘naltirilgan tadbirlar asosida resurslardan
foydalanish jarayonining o‘zida ularni asrash talabi qo‘yilgan. Bu talab tabiat,
jamiyat va iqtisodiyotning yaxlitligi, antropogen almashinuv, tabiat resurslaridan
foydalanish jarayonida ularni muhofaza qilishdan kelib chiqadi. Mukammal
antropogen almashinuv, uning biosfera funksiyasiga kiritilishi muhim vazifa
bo‘lib, u tezlikda amalga oshirilishi kerak. Tabiat resurslaridan foydalanish
kompleks xususiyatga ega bo‘lishi, tabiat resurslaridan foydalanish va tabiatni
muhofaza qilish borasidagi tadbirlar oqilona bo‘lib, ekologik nuqtai nazardan ilmiy
asoslangan bo‘lishi darkor.
Yuqorida aytilgan fikrlar muhim tabiat resursi sifatida yer resurslariga ham
taalluqlidir. Inson o‘zining amaliy faoliyati jarayonida yerga tabiat resursi sifatida
ikki yoqlama ta’sir ko‘rsatadi: bevosita va bilvosita. Birinchi holatda yer turli
inshootlar, qurilishlar, ob’ektlar uchun makon sifatida xizmat qiladi. Ikkinchi
holatda, yer qishloq xo‘jaligi (shuningdek o‘rmon xo‘jaligi)da ishlab chiqarishning
eng asosiy vositasi sifatida foydalaniladi. Ishlab chiqarishning bu tarmog‘ida
38
yerning eng muhim xususiyati – tuproq unumdorligidan foydalaniladi. SHu
sababli, tuproq bir tarafdan, biosfera asosi sifatida, boshqa tarafdan, insoniyatning
moddiy ne’matlar manbai sifatida kishilik jamiyati mavjudligida hal etuvchi
ahamiyatga ega. SHuning uchun ham tuproq unumdorligiga ehtiyotkorona
munosabatda bo‘lish tabiatni muhofaza qilishning asosiy tarkibiy qismi sanaladi.
Yer resurslaridan foydalanish masalasi, xuddi boshqa tabiiy resurslardan
foydalanish kabi, ilmiy asoslangan yondashuv asosida hal etilishi kerak. Bunda yer
resurslari, umuman, tabiatni muhofaza qilish undan foydalanish jarayonida amalga
oshirilishi kerak. Mamlakatda yer resurslari katta, lekin shu bilan birgalikda
cheklanmagan, deya olmaymiz.
2.1-jadvalga ko‘ra sug‘orilib haydaladigan yerning kishi boshiga to‘g‘ri
keladigan nisbatining kamayib ketishiga qishloq xo‘jaligi oborotidagi yerlarni
boshqa tarmoqlarga berilishi, tuproq eroziyasi, botqoqlashuv, ifloslanish,
shuningdek aholi sonining ortib borishi kabi holatlar sabab bo‘lmoqda. Bu holat
yerni muhofaza qilish masalasiga jiddiy munosabatda bo‘lishni taqozo etadi.
Tuproqqa suv va shamol eroziyasi kuchli zarar
Do'stlaringiz bilan baham: |