108
T
– mahsulotni va ishlab chiqarish omillarini taqsimlash;
A
– mahsulotni ayirboshlash;
I
– mahsulotni iste’mol qilish;
I
t
– ishlab chiqarish omillarini takror ishlab chiqarish.
Mahsulotni ishlab chiqarish davri (I
ch
) “iste’mol” davri bilan mutanosib
keladi. Yerdan tashqari barcha omillar uchun to‘liq iste’mol etilishi xosdir (to‘g‘ri
rejalashtirilganida). Yerdan foydalanish jarayonida tuproq unumdorligi
iste’molining xarakteri va miqdoriy birligi, ishlab chiqarilgan mahsulotda uning
ulushi kabi ko‘rsatkichlar muhim masalalardan biridir.
Ishlab chiqarish jarayonida qatnashgan resurslarni
takror ishlab chiqarish
yaratilgan mahsulotning bir qismi hisobiga (rasmdagi uzluksiz chiziqlar)
qoplanishi kerak, bu borada yerdan boshqa omillar (mehnatga haq to‘lash,
amortizatsiya va h.k.) muammo tug‘dirmaydi. Tuproqning unumdorligini tiklash
iqtisodiy, texnologik jihatdan murakkabliklarga ega. U quyidagicha amalga
oshirilishi mumkin:
-
iste’mol etilgan resursdan ortiqroq takror ishlab chiqarish (kengaytirilgan
takror ishlab chiqarish);
-
iste’mol etilgan darajada resurslarni takror ishlab chiqarish (oddiy takror
ishlab chiqarish);
-
iste’mol etilganidan kam resurslarni takror ishlab chiqarish (oddiy takror
ishlab chiqarishdan past darajadagi takror ishlab chiqarish);
-
iste’mol etilgan resurslarni umuman takror ishlab chiqarmaslik.
Respublika qishloq xo‘jaligi uchun oxirgi ikki variant xosdir.
Mahsulotni
takror ishlab chiqarishning navbatdagi davri uchun barcha omillarni takror ishlab
chiqarish majburiy bo‘lgani holda, nega tuproqning unumdorligi takror ishlab
chiqarilmaydi, degan haqli savol tug‘iladi. Birinchidan, iste’mol etilgan omillarni
takror
ishlab chiqarmay turib, mahsulotni ishlab chiqarishning yangi siklini
boshlab bo‘lmaydi, yer resurslarini takror ishlab chiqarmay turib ham (kam
miqdorda) yangi sikl davom ettirilishi mumkin, chunki yer unumdorligi kamayishi
109
kuzatilsada, uning umuman yo‘q bo‘lishi kuzatilmaydi. Ikkinchidan, so‘nggi
yillardagi ob’ektiv iqtisodiy qiyinchiliklar tufayli yerning sifatini yaxshilash uchun
zarur meliorativ tadbirlar yetarli darajada moliyalashtirilmagan. Yer (unumdorlik)
takror ishlab chiqarishning boshqa omillari singari “emiriladi” va takror ishlab
chiqarilishga muhtoj, shuning uchun ham, kerakli sarf-xarajatlar
inobatga olinib,
ishlab chiqarishning umumiy sarf-xarajatlariga kiritilishi kerak. Mazkur sarf-
xarajatlarni qanday muddatga takror ishlab chiqarish siklining bir yoki bir
nechtasiga kiritilishi ham muhimdir. Uchinchidan, hozirgi paytda qishloq
xo‘jaligida yerdan samarali foydalanishning ilmiy asoslari e’tiborga olinmayapti,
dehqonchilikning
ilmiy tizimlari mavjud emas, qishloq xo‘jaligi ekinlarining
rotatsiyasi yo‘q, asosan ikkita ekin turi (paxta va donli ekinlar) ustuvorlik
qilmoqda.
Resurslarni taqsimlash davrida qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish
omillarining yig‘indisida yer eng faol rol o‘ynaydi, chunki iqtisodiy mahsulotni
takror ishlab chiqarish
siklida yerning miqdori, sifati, foydalanish intensivligi
inobatga olingan holda qolgan resurslar taqsimoti (rejalashtirilishi) amalga
oshiriladi.
Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida sug‘orish suvlari muhim omil bo‘lib,
yer singari mahsulotni takror ishlab chiqarish siklida faol rol o‘ynaydi. Suvdan
foydalanishning iqtisodiy jihatlari, sug‘oriladigan
dehqonchilikda uning roli
yanada chuqurroq tadqiq etilishi kerak.
Yerning takror ishlab chiqarish siklini tadqiq etilishi yuqorida bayon
etilganlarga yana quyidagilarni qo‘shimcha qilishni taqozo etadi:
-
tuproq unumdorligini takror ishlab chiqarish uzoq vaqtga cho‘ziladigan,
murakkab biologik jarayon bo‘lib, ishlab chiqarishning boshqa omillari (kapital,
mehnat, suv)ni takror ishlab chiqarish sikliga ketadigan vaqtga muvofiq kelmaydi,
bu holatni ishlab chiqarish va yerning samaradorligini baholashda inobatga olish
kerak;
110
-
unumdorlikni takror ishlab chiqarish yerdan foydalanish jarayonida ham,
undan keyin ham amalga oshiriladi, uning takror
ishlab chiqarilishi boshqa
omillarning takror ishlab chiqarilishidan sezilarli farq qiladi, buni ishlab chiqarish
va yerning samaradorligini baholashda inobatga olish kerak;
-
takror ishlab chiqarishning yangi sikli oldingi sikllarda sarflangan
unumdorlikni takror ishlab chiqarmasdan turib ham amalga oshirilishi mumkin.
Bunda yerning takror ishlab chiqarish sikli bilan mahsulotni takror ishlab chiqarish
sikli mos kelmaydi;
-
sug‘oriladigan tuproq substansiya sifatida yerning yuqori qatlami bilan
suvning yaxlitligi vositasidagina namoyon bo‘la oladi, va faqat shunday
ko‘rinishdagina ishlab chiqarishning asosiy vositasi bo‘la oladi, buni yer va suvni
qiymatini baholash, yer va suv solig‘ini aniqlashda inobatga olish kerak;
-
yerning bozor munosabatlariga jalb etilishi bilan unga tovarlik
xususiyatlarini beradi;
-
qishloq va o‘rmon xo‘jaligi, sanoat,
transport, ijtimoiy va rekreatsion
sohalaridagi takror ishlab chiqarish sikllari davom etish muddatlari bilan tubdan
farq qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: