104
5.
Yerdan foydalanishni tuzilishining umumiy belgilari nimalardan iborat?
6.
Qishloq xo‘jaligi yerlaridan foydalanishni optimallashtirishning umumiy
belgilariga nimalar kiradi?
7.
Yerlarni optimal taqsimlash vazifasining maqsadi nimalardan iborat?
8.
Yerdan foydalanish tuzilishining samaradorligi bilan yerdan foydalanish
samradorligining bir-biridan farqi nimada?
9.
Yerdan foydalanish tuzilishining tuproq unumdorligini
takror ishlab
chiqarish jarayoni va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishga
qanday ta’sir qiladi?
105
6. YER RESURSLARI VA TUPROQ UNUMDORLIGINI TAKROR
ISHLAB CHIQARISH SIKLI, UNING IQTISODIY ASOSLARI VA
MEXANIZMI
Jamiyatning
oziq-ovqat, iqtisodiyotning xomashyo mahsulotlariga tobora
o‘sib borayotgan ehtiyojlari (jamiyat ehtiyojlarining uzluksiz ortib borishi va
resurslarning cheklanganligi sharoitida ulardan ratsional foydalanish qonuni)
haydaladigan yerlardan samarali foydalanish, kamroq unumdorlikka ega
maydonlar hisobiga kengaytirish vazifasini ko‘ndalang qo‘yadi. Qishloq xo‘jaligini
intensiv rivojlantirishda cheklangan yer resurslaridan foydalaniladi va tuproqning
unumdorligini kengaytirilgan takror ishlab chiqarilishini taqozo etadi. Yer
miqdorining cheklanganligi uning ishlab chiqarish
salohiyati ham cheklangan
deyishga, yer va boshqa ishlab chiqarish kuchlari rivojlanishiga qaraganda aholi
soni o‘sish sur’atining tezlashishi “nazariyasi” va u bilan bog‘liq “tuproq
unumdorligining pasayib borish qonuni” va buning oqibatida oziq-ovqat
mahsulotlari tanqisligi yuzaga kelishi to‘g‘risidagi asoslanmagan gipotezalarni
haqiqat o‘rnida qabul qilishga asos bo‘laolmaydi. Rivojlangan mamlakatlarda
qishloq xo‘jaligini yuritish amaliyoti ushbu nazariyani butkul rad etdi.
Iqtisodiy mahsulotni takror ishlab chiqarish jarayonida yer ishlab
chiqarishning muhim moddiy omili sanaladi. Biroq,
yerdan foydalanishning
mavjud shakllari ushbu jarayonga tizimli yondashuvning yo‘qligi, takror ishlab
chiqarishning to‘liq siklidagi yerning roli – yer resurslarining taqsimlanishi va
takror ishlab chiqarilishiga yetarlicha baho berilmaganidan dalolat beradi. Shu
sababli, iqtisodiy mahsulotni takror ishlab chiqarishdagi yerning roli, shuningdek
yerning takror ishlab chiqarish siklidagi mohiyati va xususiyatlarini yerdan
foydalanish iqtisodiyoti nuqtai nazaridan tadqiq etish hal etuvchi ahamiyatga ega.
O‘zining takror ishlab chiqarish siklida yer uch davrni o‘taydi:
1)
yer resurslarini taqsimlash (yoki qayta taqsimlash);
2)
jamiyat va iqtisodiyot faoliyatining barcha
sohalarida yerdan bevosita
(xo‘jalik) foydalanish;
106
3)
yer resurslarining takror ishlab chiqarilishi
14
.
Siklning barcha davrlari aniq ichki mazmun va ahamiyatga ega bo‘lib,
nisbatan mustaqil bo‘lsa-da, o‘zaro uzviy bog‘liq. Birinchi davrning amalga
oshirilishi jamiyat faoliyat sohalari va iqtisodiyot tarmoqlari o‘rtasida (yer
resurslaridan foydalanish maqsadlari va xususiyatlari belgilangan tarzda)
taqsimlashni o‘z ichiga oladi. Ikkinchi davrning uzluksiz rivojlanib borayotgan
iqtisodiyot sharoitida amalga oshirilishi yerlarning taqsimlanishi va qayta
taqsimlanishiga, ya’ni birinchi davrga zamin hozirlaydi. Boshqa tarafdan, ikkinchi
davrning amalga oshirilishi yer resurslarining ishlab chiqarish iste’moli bilan
bog‘liq bo‘lib, har bir yangi ishlab chiqarish davri
uchun ularni takror ishlab
chiqarish talab etiladi, ya’ni ikkinchi davrning amalga oshirilishi uchinchi davr
faoliyatining so‘zsiz sharti hisoblanadi. Shu bilan birga, yer resurslarining takror
ishlab chiqarilishi (uchinchi davr) siklning ikkinchi davrida yerdan samarali
foydalanishning ob’ektiv zarurati sanaladi. Va, nihoyat, uchinchi davrning amalga
oshirilishi keyingi takror ishlab chiqarish uchun yerlarni
taqsimlash va qayta
taqsimlash zaruratini taqozo etadi. O‘z navbatida, yangidan taqsimlash vositasida
va keyingi sikllarda foydalanishning davom ettirilishi asnosida birinchi davrining
amalga oshirilishi ularning avvaldan takror ishlab chiqarilishini talab etadi. Bunday
uzviy bog‘liqlik takror ishlab chiqarish siklining yaxlitligi va birligini tashkil etadi.
Qishloq xo‘jaligida takror ishlab chiqarishdan to‘g‘ri foydalanilganida, o‘zviy
bog‘liqlik bevosita amalga oshiriladi.
Qishloq xo‘jaligida yerning takror ishlab chiqarish sikli (tuproq
unumdorligi) kalendar yoki qishloq xo‘jaligi yiliga teng, so‘ngra takror ishlab
chiqarish yangi siklining birinchi davri amalga oshiriladi. Yerni takror ishlab
chiqarish siklining o‘ziga xosligi shundaki, u aniq vaqt chegaralariga ega emas,
o‘tgan takror ishlab chiqarish siklida yerning unumdorligini tiklash bo‘yicha
o‘tkazilgan tadbirlarning samarasi ikkinchi, uchinchi va keyingi sikllarda amalga
oshirilishi mumkin.
14
Чертовицкий А.С., Базаров А.К. Система землепользования Узбекистана. – Т.: “Фан” .2007, с.66.
107
Sanoat ishlab chiqarishi va noishlab chiqarish (ijtimoiy, rekreatsion, tabiatni
muhofaza qilish sohalari)da yer maydonlarining takror
ishlab chiqarish sikllari
vaqt nuqtai nazaridan qishloq xo‘jaligiga yo‘naltirilgan yerlar sikliga nisbatan
uzoqroq davom etib, bir necha yildan o‘n yilliklargacha bo‘lgan vaqtni o‘z ichiga
oladi.
Iqtisodiy mahsulot (qishloq xo‘jaligi mahsuloti)ni takror ishlab chiqarish
siklida yerning ishlab chiqarish omili sifatidagi ishtirokini ko‘rib chiqamiz. Ishlab
chiqarish omillariga yer, kapital, mehnat, suv, tadbirkorlik, informatsion
ta’minlanganlik va texnologiyalar kiritilgan.
Takror ishlab chiqarish siklida foydalanilayotgan resurslar uchta davrni o‘z
ichiga oladi: resurslarni taqsimlash va qayta taqsimlash; bevosita ularni qo‘llash;
takror ishlab chiqarish va ushbu sikl 6.1-rasmda ellips shaklida ko‘rsatilgan.
6.1-rasm. Yerni takror ishlab chiqarish sikli va uning davrlari
Mahsulot (tovar, ish va xizmatlar)ni takror ishlab chiqarish sikli to‘rt davrni
o‘z ichiga oladi:
ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash, iste’mol (rasmda
kvadrat bilan ko‘rsatilgan). Bunda quyidagi belgilar qabul qilingan:
Do'stlaringiz bilan baham: