Baxriddinova n. M. Zaripova m. D


-rasm. Gorizontal chang cho`ktirish kamerasi.  66  2-rasm



Download 2,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/127
Sana15.04.2022
Hajmi2,71 Mb.
#555551
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   127
Bog'liq
3c105cf302a0ebe6376ffefa1bac8cfe ekologiya

1-rasm.
Gorizontal chang cho`ktirish kamerasi. 


66 
2-rasm. 
Ko`p polkali chang cho`ktirish kamerasi. 
3-rasm.
To`siqli chang cho`ktirish kamerasi. 
4-rasm.
Sim pardali chang cho`ktirish kamerasi. 
Og’irlik kuchi ta’sirida changli havoni chang zarrachalaridan tozalash uchun davriy 
yoki yarim uzluksiz ishlaydigan tozalash qurilmasi chang cho’ktirish kamerpasi deyiladi. 
Ularning turli ko’rinishlari 1-4 rasmda ko’rsatilgan. 
Changli havo oqimi kameralarda ma’lum tezlik bilan harakat qilib, chang zarrachalari 
o’z og’irlik kuchlari ta’sirida chang yihgich kameralaridan biriga tushadi, tozalangan havo esa 
qurilmadan chiqib kyetadi. 
Shuni alohida ta’kidlash joizki, chang cho’ktirish kameralari changli havo tarkibidan 
o’lchamlari 100 mkm dan yuqori bo’lgan qattiq chang zarrachalarini ushlab qolishga 
mo’ljallangan va ular birinchi bosqichda havoni tozalash uchun ishlatiladi. Tozalash 
kamerasida changln havo oqimining tezligi 1 m/s bo’lganda, changli havoni tozalash darajasi 
60-80% ni tashkil etishi mumkin. CHangli havo oqimining tezligi 3 m/s ga egganda tozalash 
darajasi 40-50% dan oshmaydi, chunki tezlik oshganda chang yig’gich kamerasidagi cho’kkan 
chang zarrachalari yana harakatga kelib, tozalangan havo bilan aralashadi va ikkilamchi 
ifloslanishni vujudga keltiradi. SHuning uchun changli havo oqiminint tezligi 3 m/s dan 
oshmasligi kerak. 
Changli havo oqimini sekin harakatini ta’minlash uchun chang cho’ktirish 
kameralarning hajmi ancha kattaroq qilib yasaladi. SHuning uchun bunday qurilmalar oddiy 
tuzilishga ega bo’lsalarda, ammo katta joyni egallaydilar. 
Ishlab chiqarish korxonalarida ko’p polkali chang cho’ktirish kameralardan 
foydalaniladi (2-rasm). Kamera gorizontal polkalar bilan bir necha polkalarga bo’lingan. 
Kamerada changli havo oqimi sekin harakat qiladi va chang zarrachalari polkalarga urilib, o’z 
og’irlik kuchlari ta’sirida cho’kadi. Ushbu kameralarda chang zarrachalarining cho’kish vaqti 
ancha kamayadi. Kameradan changlarni chiqarish uchun polkalar ma’lum burchak ostida qiya 
qilib o’rnatiladi va ular maxsus silkituvchi qurilmaga ulanadi. Silkituvchi qurilmaning asosiy 
vazifasi polkalarni silkitib, ularning sirtida cho’kkan chang zarrachalarni tushirishdan iborat. 
To’siqli chang cho’ktirish kameralarida (3-rasm) changli havo oqimi to’siklarga urilib, 


67 
chang zarrachalari o’z og’irlik kuchlari va inersiya kuchlari ta’sirida chang yig’gich kamerasiga 
kelib tushadi. Ushbu tozalash qurilmasi ham dag’al tozalash kurilmalari guruhiga mansub 
bo’lib, ularda havoni tozalash darajasi 50-60 % ni tashkil yetadi. 
Chang cho’ktirish kameralarining ishlash samaradorligini oshirish (havoni tozalash 
darajdsini oshirish) maqsadida, ularning ichida vertikal to’siklar o’rnatiladi (4-rasm). Chang 
zarrachalari to’siqlarga inersiya kuchlari bilan urilib, og’irlik kuchlari ta’sirida chang yig’gich 
kameralardan biriga kelib tushadi. Agar bunday to’siqlar xalqa yoki sim parda shaklida 
o’rnatilgan bo’lsa, (4-rasm), unda changli havo oqimi ularga urilib filtrlanish jarayoni ruy 
beradi. 
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, chang cho’ktirish kameralarning aerodinamiq 
qarshiligi 100 Pa ni tashkil yetadi. Ammo ularda changli havo oqimining tezligi 0,6-0,8 m/s 
dan oshmasligi kerak. Aks holda chang cho’ktirish kamerada yig’ilgan chang zarrachalari toza 
havo bilan aralashib tozalash qurilmasidan chiqib kyetadi. 
Yuqorida ko’rsatib o’tilgan chang cho’ktirish kameralari changli havoni chang 
zarrachalaridan tozalashning quruq usuliga mansub bo’lib, ular paxta tozalash zavodlarida, 
to’qimachilik va ip yigiruv fabrikalarda (havoni, qum, barg, kalta tolalardan 
tozalashda),yog’ochni qayta ishlash korxonalarida (havoni yog’och qipiqlaridan tozalashda), 
sement, ohak, marmar, granit va boshqa qurilish materiallar ishlab chiqarish korxonalarida 
(ularning changlaridan havoni tozalashda) keng ishlatiladi. Ushbu qurilmalar dag’al tozalash 
qurilmalar guruhiga mansub bo’lib, havoni yirik chang zarrachalaridan tozalashda birinchi 
bosqichda ishlatiladi. 
Siklonlar 
Siklonlar quruq chang ushlagichlar guruhiga kiradi. Aslida “Siklon” yunon so’zidan 
olingan bo’lib, “aylanma harakat” ma’nosini bildiradi. Siklon 1886 yilda nemis ixtirochisi M.S. 
Mard tomonidan yaratilgan edi. Siklon changli havoni qatiq chang zarrachalardan markazdan 
qochma kuchlar ta’sirida tozalaydiga qurilmadir. 
Siklon siliddrik va konussimon qismlardan iboratdir. (6 va 7-rasmlar). Changli havo 
siklonga tangensial yunalishda 20-25 m/s tezlik bilan kiradi. So’ngra pastga qarab spiralsimon 
aylanma harakat bilan yo’naladi. 
Natijada markazdan qochma kuchlar (F) hosil bo’ladi: 
R
mv
F
2

bu yerda, m – chang zarrachalarning massasi, kg 
v – changli hsavo oqimining tezligi, m/s 
R – siklonning radiusi, m. 
Bu kuchlar ta’sirida changli: havo oqimidagi qattiq chang zarrachalar o’qdan siklonning 
ichki devori tomon harakatlanadi. Ular devorga urilib, o’z kinetik energiyalarining bir qisminn 
devorga beradi natijasida tezligi pasayadi va og’irlik kuchlari ta’sirida pastga tushadi. 
Siklonning pastki konussimon qismida havo oqimi inersiya bilan aylanma spiralsimon 
harakatini davom etgirib, yuqoriga ko’tariladi. Natijada tozalangan havo markaziy quvur orqali 
siklondan chiqib kyetadi. 
Siklonlar tuzilingaga qarab 2 xil bo’ladi: 
1. Silindrli siklonlar (5-rasm) 
2. Konusli siklonlar (6-rasm) 


68 

Download 2,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish