Ikkinchi toifa
– befarq, loqayd odamlar bo„lib, ular hech kimga qarshi gapirishni,
dushman orttirishni xohlamaydigan kimsalar.
Uchinchi toifa
– yosh, tashabbuskor, kuch-g„ayratga to„la, Vatan ravnaqi uchun
fidoiylik bilan xizmat qiluvchi kadrlar.
Mana shu tahlilning o„zi ko„rsatib turibdiki, kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo„yish
istiqlolni mustahkamlash, mamlakatni yanada rivojlantirish manfaatlari nuqtayi
nazaridan g„oyat dolzarb masaladir.
Amaliyot kadrlar siyosatida konkret lavozimlarga kishilarni tanlashning asosiy
mezonlarini aniqlab olishni, umuman bu borada davlat dasturi va strategik yo„lini
ishlab chiqishni talab qilmoqda. Chunki kadr tanlashdek nozik va mas‟uliyatli vazifa
har narsadan og„ir va u mamlakat taqdirini, xalq kelajagini, istiqlol istiqbolini
belgilaydigan asosiy omil hisoblanadi.
Darhaqiqat, mamlakatda iqtisodiy islohotlarning izchil amalga oshirilishi,
mustaqillikni mustahkamlash yo„lida tadbir va dasturlarni amalga oshirilishi mana shu
o„rta pog„ona rahbar kadrlar faolligiga bog„liqdir.
Hokimlar odamlarning tashvishlaridan, kundalik yumushlaridan xabardor bo„lib,
ularni o„zaro birlashtirib, ruhlantirib, zarur sharoitlar va ma‟naviy iqlim yaratib, xalq
oldida turgan vazifalar ijrosiga tayyor turmoqlari lozim.
Bu – birinchidan
.
Ikkinchidan
, islohotlarning taqdiri, ularning samarasi, avvalambor kadrlarning
malakasiga, ularni o„z ishini qay darajada o„zlashtirib olganligiga, yurtparvarligi va
fidoyiligiga bog„liqdir. Bugungi o„tish davrida bu muammo eng dolzarb va murakkab
masalaga aylanib qoldi. Bu masalani to„g„ri yechishga erishilsa, xalq g„amini,
tashvishini o„z dardidek his qiladigan bilimdon, insofli, diyonatli, elim deb, yurtim
deb, yonib yashaydigan odamlarni joy-joyiga qo„yish masalasi hal etilsa, shubhasiz,
taraqqiyotimiz yana ham tezlashadi. Rahbarlik lavozimi mansab emas, avvalo
odamlarga xizmat qilish mas‟uliyati ekanligini barcha to„g„ri tushunib olmog„i zarur.
Rahbarlik degani, hammadan ko„ra ko„proq ishlab, fuqaro saodati va yurti ravnaqi
uchun yelib-yuguradigan fidoyi inson bo„lishi kerak.
Uchinchidan
, har bir kadrdagi yuksak axloqiylik, halollik, vijdoniy poklik,
kamtarlik kabi yuksak insoniy fazilatlar eng muhim talab ekanligini ta‟kidlash joizdir.
Gap kadrlar tanlovi va ularni joy-joyiga qo„yish haqida ketar ekan, ularni
muntazam ravishda tarbiyalash, boshqarishga o„rgatish xususida ham borishi kerak.
Chunki, hech kim tayyor rahbar bo„lib tug„ilmaydi. Uni qat‟iyat va bardosh bilan
tarbiyalash, o„stirmoq kerak. Har bir hayot sabog„idan to„g„ri, odil xulosa chiqarishga,
xalqdan ajralmasdan, uning dardi, o„y-fikriga doimo sherik bo„lish ruhida
tarbiyalamoq lozim. Bir so„z bilan aytganda har bir kadrda odamlarga etakchi bo„lish
malakasini izchillik bilan shakllantirib borish lozim.
Ana shu maqsadlarni amalga oshirish uchun 1995-yil sentabr oyida mamlakat
Prezidenti huzurida Davlat va jamiyat qurilishi Akademiyasi tashkil qilindi.
Akademiyaning ochilish marosimida nutq so„zlar ekan, I.A.Karimov shunday degan
edi:
Do'stlaringiz bilan baham: |