Narzulla Jo„rayev O„zbekiston tarixi


«Akademiya tashkil qilish, bu shunchaki orzu ketidan quvish, yangi bir



Download 6,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/343
Sana15.04.2022
Hajmi6,25 Mb.
#555035
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   343
Bog'liq
O\'z.tarixi.J.Narzulla.

«Akademiya tashkil qilish, bu shunchaki orzu ketidan quvish, yangi bir 
institut tashkil etishga intilish emas, balki tabiiy zaruriyat, qonuniyat taqozosi va 


127 
hayotiy ehtiyojdir... Islohotlarni amalga oshirish borasidagi bundan buyongi 
olg„a siljishlarimiz tobora qiyin muammoga borib taqalishi mumkin. U ham 
bo„lsa yuksak malakali xodimlarning eng avvalo, davlat hokimiyati va 
boshqaruvi, jamoat idoralari, bank va moliya tizimini boshqaradigan darajadagi 
rahbarlarning yetishmasligidir... 
Akademiyaning vazifasi faqatgina muayyan soha uchun kadr tayyorlab 
berishdangina iborat emas, balki u o„zining ilmiy, pedagogik salohiyati asosida 
butun maorif tizimini islohot qilish uchun yangi muhit, yangi sharoit yaratib 
berishi lozim».
Hukumat ko„rsatmalari asosida Akademiya qisqa vaqt ichida xalq xo„jaligining 
turli sohalari uchun zarur kadrlar tayyorlashda katta ishlarni amalga oshirdi. Keyingi 
ikki yil mobaynida 300 dan ortiq yosh mutaxassis 10 oylik kurslarda o„qib, boshqaruv 
sirlarini jahon amaliyoti andozalari darajasida egallab qaytdilar va turli sohalarda 
faoliyat ko„rsatmoqdalar. Shu davrda Akademiyaning malaka oshirish kurslarida bir 
necha yuzlab shahar va tuman hokimlari, vazirlik va davlat idoralari xodimlari 
zamonaviy boshqaruv san‟atining yangi qirralari bilan tanishib amaliyotda 
qo„llamoqdalar. 
Hozirgi zamon kadrlar siyosatiga doir yana bir jihatga, ya‟ni kadrlar zaxirasi, uni 
shakllantirish, undan foydalanishga ham e‟tibor kuchaydi. 
Kadrlarni tayyorlash, tarbiyalash va joy-joyiga qo„yish yangi ijtimoiy-siyosiy 
jarayonlar shakllanib borayotgan, tuzum boshqacha mohiyat kasb etayotgan paytda 
muhim ahamiyatga ega. Bugungi kunda Prezidentlik devonida, Oliy Majlis va 
Vazirlar Mahkamasida, viloyat va tuman hokimliklarida ishlayotganlarning asosiy 
qismini yoshlar tashkil etmoqda. Xususan 2001–2007-yillarda vazirliklar, konsernlar, 
aksionerlik birlashmalari rahbarligiga yosh, navqiron, hozirgi siyosiy o„zgarishlar va 
islohotlarning tub mohiyatini to„g„ri anglaydigan, o„z vazifasi va burchini aniq 
tushunadigan yoshlar tayinlandi. Bu mamlakatni boshqarishda yangi avlodning kirib 
kelayotganidan, sog„lom ma‟naviy-siyosiy muhit shakllanayotganidan dalolat beradi. 
Boshboshdoqlik, o„zibo„larchilik, turli xildagi jinoyatchilik avj olib ketganligi 
sababli bir qator viloyatlar va tumanlarda, vazirliklar va yirik idoralarda rahbarlarning 
o„zgartirilishi bunday salbiy hodisalarga qat‟iy chek qo„yish, har qanday sharoitda 
ham mustaqillikni mustahkamlash va mamlakat ravnaqini ta‟minlash imkoniyatini 
bermoqda.
Mahalliychilik, urug„-aymoqchilik illatlari bilan kelisha olmaslik, barcha shaxsiy 
adovat va manfaatlardan umumxalq manfaatini ustun qo„yishni qat‟iy talab qilish 
kadrlar siyosatida muhim o„rin tutadi. Rahbar eng avvalo millat ramzi, mamlakat 
obro„-e‟tiboridir. U ana shunday yuksak unvonga munosib bo„lishi uchun Xalq, 
Vatan, Millat tushunchalarini hammadan chuqurroq anglashi, hammadan ko„ra 
ko„proq fidoyi bo„lmog„i lozim. Buning uchun unda, qalbining tub-tubida sadoqat, 
qat‟iyat bo„lmog„i kerak. Rahbar ma‟naviyati, uning jamiyat taraqqiyotida tutgan 
o„rni xususida gapirar ekan, Islom Karimov kuyinib bunday deydi: 

Download 6,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   343




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish