Narzulla Jo„rayev O„zbekiston tarixi



Download 6,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/343
Sana15.04.2022
Hajmi6,25 Mb.
#555035
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   343
Bog'liq
O\'z.tarixi.J.Narzulla.

 
 


146 
T o„ r t i n c h i b o b.
O„ZBEKISTONDA HUQUQIY DEMOKRATIK DAVLAT QURILISHI. 
FUQAROLIK JAMIYATINING SHAKLLANTIRILISHI
1-§. Demokratiyani yanada chuqurlashtirish. 
Ko„ppartiyaviylik 
Mustaqillik yillarida O„zbekistonning ijtimoiy-siyosiy hayotida yuz bergan keng 
qamrovli o„zgarishlarni mushohada qilar ekanmiz, mamlakatda yangi demokratik 
qadriyatlar ildiz otganini, inson haq-huquqlari va uning erki asosi bo„lgan huquqiy 
davlat va fuqarolik jamiyatiga mos zamonaviy tuzilmalar shakllanganini qayd qilmoq 
lozim. 
Ana shu nuqtayi nazardan kelib chiqib, eng avvalo demokratiya, uning jamiyat 
taraqqiyotida tutgan o„rni, hozirgi zamon jahon ijtimoiy-siyosiy jarayonlarining 
borishi va demokratik tamoyillar xususida fikrlashib olmoq lozim. 
Demokratiya kishilik tarixida insonning ongli hayoti boshlangan davrdan boshlab 
uning erk-u irodasini, xohish-istagini belgilaydigan mezon bo„lib kelmoqda. Albatta, 
bu borada kishilik jamiyati shakllanish davridan tortib to sivilizatsiyalashgan turmush 
tarzi, har jihatdan chuqur ildiz otgan davlatchilik va shu asosda ma‟lum tartib-qoidaga 
kirib qolgan aniq yo„nalishlar o„rtasida katta farq bor. 
Chunki, asrlar mobaynida vaqt o„tgani sayin odamlar dunyoqarashi o„zgarib, talab-
ehtiyojlari tabiiy ravishda oshib bordi. Bu insonning erkin va ozod yashash kabi 
ehtiyojining mahsulidir. 
Demokratiya bevosita jamiyat taraqqiyoti, uning siyosiy, huquqiy, ma‟naviy va 
boshqa jihatlari bilan birga ana shu jamiyatni tashkil etgan aholi umumiy 
dunyoqarashini o„zida mujassam etadi. Har qanday davlat o„z huquqiy asosiga, 
siyosiy rejimiga, boshqaruvidagi aniq tamoyillariga ega bo„lmasa, fuqarolar esa o„z 
haq-huquqlarini himoya qilish bilan birga jamiyat va davlat oldidagi, o„z mamlakati 
istiqboli yo„lidagi vazifalari va burchlarini to„la anglab olmagan taqdirda demokratiya 
tom ma‟nodagi mazmuniga va jahon tajribasida isbot qilingan mohiyatiga ega bo„la 
olmaydi. 
Jahon davlatchiligi tajribalari tobora boyib, xalqning o„zligini anglash jarayoni 
tezlashib borgani sayin demokratiyaning jamiyat taraqqiyotida tutgan o„rni xususidagi 
munozaralar keskin avj oldi. Ayniqsa, XX asr kishilik tarixida keskin burilish yasadi. 
Yer kurrasida ikki qarama-qarshi ijtimoiy-siyosiy tuzumning paydo bo„lishi dunyo 
davlatchiligi tajribasida va jahon xalqlari tafakkurida keskin burilish yasadi. Ikki lager 
o„rtasidagi siyosiy, huquqiy, iqtisodiy va mafkuraviy raqobat tufayli bir qator xalqaro 
tashkilotlarning paydo bo„lishiga, inson haq-huquqlarini ma‟lum bir tartibga solib 
turishga, uni himoya qilishga ehtiyoj sezildi.


147 
Totalitar tuzum sharoitida inson huquqlarining cheklanganligi, mafkuraviy 
yakkahokimlik jamiyat ma‟naviy taraqqiyotini cheklab qo„ydi. Ikkinchidan, Osiyo, 
Afrika va Lotin Amerikasida ozodlik uchun kurash, milliy davlatchilikka zamin 
yaratish va shu asosda inson huquqlarini himoya qilish, har tomonlama barkamol 
demokratik jamiyatni vujudga keltirishga intilish kuchaydi. Natijada ana shu 
qit‟alarda milliy ozodlik harakatlari avj oldi. Bu harakatlar zaminida insoniyatning 
azaliy orzu-umidi – ozodlik va hurriyatga erishish, erkin yashash ehtiyoji yotardi. 
Qadim Sharqda azaldan huquqiy demokratik davlatchilik va fuqarolik jamiyatining 
turli elementlari mavjud edi. Bunga uzoq o„tmishimizda bir qator sulolalar 
davlatchiligini misol keltirish mumkin. Bu davrlarda haqiqat va adolat g„oyasi 
nihoyatda baland ko„tarilgani va butun mamlakatda aniq tartib-intizom o„rnatilgani 
natijasida inson hayoti, aholi turmushi kafolatlanganligi bilan alohida ajralib turadi. 
Agar ana shu davrlarda so„z va fikr erkinligi, g„oyalar qarama-qarshiligi mavjud 
bo„lmaganda edi, bu qadimiy makonda fan, madaniyat va ma‟naviyat jahon 
taraqqiyotida bu darajada kuchli ta‟sir ko„rsatmagan bo„lur edi. Sharq uyg„onish davri 
va keskin yuksalish paytlarida dunyoviy ilmlar bilan Islom madaniyati nazariyasi va 
falsafasi uyg„un holda taraqqiy topdi, turmush tarzimizga aylanib qoldi. Aks holda 
Islom dinining buyuk namoyandalari, ulamolari va fuzalolarining dunyo tan olgan 
asosiy ko„pchiligi qadimiy Turon zaminida yetishib chiqmas edi. Bu bizga «din 
afyundir» deb o„rgatib kelingan, bizni xudosizlikka – imonsizlikka va e‟tiqodsizlikka 
da‟vat etgan yolg„on mafkuraning yolg„on umridan darak berganidek, Islom dini va 
Sharq turmushi falsafasining abadiyatini, haqiqati va qadriyatini belgilaydi. 
Sohibqiron Amir Temurning birgina «kuch– adolatda» degan so„zida huquqiy 
demokratik davlatning ham, fuqarolik jamiyatining ham insonning yashash huquqi va 
uning barcha erkinliklari hamda hozirgi zamon demokratik harakatlarning eng ilg„or 
tajribalari mujassam bo„lgan. 
Albatta, bu ancha-muncha munozarali masala. Mamlakatimizda yangi tarixiy 
sharoitlarda yangicha davlatchilik qaror topayotgan bir paytda demokratiya, fuqarolik 
jamiyati, aholi va jamiyat, fuqaro va davlat o„rtasidagi munosabatlar turli soha 
mutaxassislari o„rtasida turlicha talqin etilmoqda. Biroq, har qanday xulosalardan 
qat‟i nazar qadimiy Sharq davlatchiligida inson erki, haq-huquqlari ko„p jihatdan 
himoya qilingan hamda o„z davrining talab va ehtiyojlaridan kelib chiqib inson 
ozodligi va xatti-harakatlar erkinligi ta‟min etilgan edi. Bu ayni demokratik 
jamiyatning muhim va asosiy belgilaridan hisoblanadi. 
Biz bugun yangi tarixiy sharoitlarda yashayapmiz. Jahon demokratik jarayonlari 
tobora chuqurlashgan, uning imkoniyatlari ancha kengaygan, odamlarning onglilik 
darajasi birmuncha oshgan bir paytda yashayapmiz. Ijtimoiy-siyosiy jarayonlarning 
mamlakatlararo, mintaqalararo va qit‟alararo ta‟siri tobora kuchayib borayotgan bir 
sharoitda kun kechirayapmiz. Bularning barchasi inson ongi, tafakkuri va qalbini hech 
qachon chetlab o„tmaydi. Endi demokratiyaning shunchaki oddiy erkinlik, hurriyat, 
ozodlik degan tushunchalari va ayni paytda xalq hokimiyati degan mazmuni ham 
birmuncha o„zgarmoqda. Jumladan, demokratiyaning madaniyati, ma‟rifati odamlar 


148 
o„rtasidagi munosabatlardan tortib dunyoviy muammolarni hal etishgacha bo„lgan 
nizo, murosa va yakdillik, uning iqtisod, siyosat va fikrlar xilma-xilligi sharoitidagi 
vazifalari ancha kengaydi.
Bizning yaqin o„tmishimiz jahon demokratik me‟yorlariga mos keladigan inson 
erki va yashash huquqini chegaralab qo„ygan edi. Mislsiz zo„ravonlikka tayangan 
kommunistik siyosat tabiatan ozodlikni yoqtirmas va tom ma‟nodagi demokratiyani 
tan olmas edi. Amerikalik siyosatchi Diana Revich ta‟biri bilan aytganda, «Totalitar 
siyosiy tuzumlar sustlik va loqaydlik kayfiyatini rivojlantiradi. Tuzum itoatkor va 
labbaygo„y fuqarolarni shakllantirishga intiladi. Bundan farqli o„laroq demokratik 
jamiyatning fuqarolik madaniyati alohida shaxslar va guruhlarning erkin ravishda 
ixtiyor etgan faoliyati tufayli shakllanadi. Ozod jamiyat fuqarolari o„z manfaatlari 
yo„lida harakat qiladilar, o„z huquqlaridan foydalanadilar va o„z hayotlari uchun 
mas‟uliyatni o„z zimmalariga oladilar». Ana shu mas‟uliyat odamning jamiyat 
oldidagi burchini ham, jamiyat va shaxs o„rtasidagi munosabatlarni ham belgilaydi.
O„tish davrida, ayniqsa, totalitar tuzumdan erkin fuqarolik tuzumiga o„tayotgan bir 
sharoitda demokratiyani anglash, uning butun mohiyatini tushunish va mas‟uliyatini 
zimmaga olish ancha qiyin ish. Ijtimoiy hayot, mamlakatda yuz berayotgan jiddiy 
o„zgarishlar va inson hayotining daxlsizligi bevosita yangidan-yangi muammolarni 
keltirib chiqaradi. Odamlar esa ana shu muammolarni birin-ketin hal etish jarayonida 
o„z erki va haq-huquqlarini himoya qilib boraveradi. Jamiyat taraqqiyotiga mos 
ravishda aholi «tarbiyalanib», shakllanib, barkamollashib boradi. Ayni paytda biz 
xuddi ana shunday jarayonlarni boshdan kechiryapmiz.
Demokratiyaning murosachilik va yakdillik madaniyati mamlakat ichki hayotida 
ham, tashqi siyosatida ham alohida ahamiyat kasb etadi. Jumladan, odamlar – 
mamlakat fuqarolari o„rtasidagi munosabatlar qanchalik iliq bo„lsa, umumxalq va 
umumdavlat manfaatlari yo„lida birlashib, muammolarni hal etishda oqilona faoliyat 
ko„rsatilsa, barcha uchun umumiy bo„lgan vazifalar oldida mas‟uliyat chuqur his 
qilinsa – bu demokratiyaning mamlakat ichki hayotidagi madaniyatini belgilaydi. 
Demokratiyaning tashqi siyosatdagi ko„rinishi bu bevosita davlat rahbarining 
dunyo muammolarini hal etishdagi faoliyatida aks etadi. Prezident Islom 
Karimovning bu boradagi faoliyatida, ayniqsa, ushbu jihatlar e‟tiborni tortadi:
– har qanday mojaroli masalalarni tinch yo„l bilan hal etish, muzokaralar yo„li 
bilan fikr almashish va eng to„g„ri, hamma uchun birday manfaatli bo„lgan 
xulosalarga kelish; 
– har qanday zo„ravonliklarga, tazyiq va kuch ishlatishlarga qarshi ravishda 
sharqona munosabatlar ilmini egallash – demakki, sharqona demokratiya tamoyillari 
asosida ish yuritish. Darhaqiqat, Sharqda, Sharq davlatchiligida har qanday 
zo„ravonliklardan xoli yo„sinda masalalarni aql-idrok bilan, ro„yirost va oshkora 
muloqot qilish asosida hal etish tamoyillari mavjud. 
O„zbekiston rahbarining xalqaro siyosati hozirgi zamon jahon demokratik 
harakatlarining ilg„or tajribalariga mos keladi. Bu yo„l har qanday zo„ravonlik va 


149 
kuch ishlatishni rad etish bilan birga, jahon siyosati madaniyatini oshirishga da‟vat 
etish orqali siyosatga demokratik tamoyillarni olib kirishning o„zbekona yo„lidir.
Demokratiya doimiy harakatdagi hodisadir. Ayni paytda u jamiyat taraqqiyoti va 
mavjud siyosiy rejim ta‟sirida o„zini o„zi to„ldirib, boyitib, yangi tarixiy sharoitlarda 
yangicha mazmun kasb etib boruvchi voqelikdir. Muxtasar qilib aytganda 
demokratiya tajribaga asoslangan va doimiy ravishda mazmunan boyib, 
barkamollashib, mohiyati chuqurlashib boradigan faoliyatdir.
Endi haqli ravishda savol tug„iladi. Xo„sh, O„zbekiston demokratiyaning qaysi 
yo„nalishlaridan bormoqda? Huquqiy demokratik davlatni barpo etish, fuqarolik 
jamiyatini vujudga keltirish oliy maqsad ekan, unga erishishning yagona yo„li 
demokratiyani chuqurlashtirishdir. Ayni paytda O„zbekistonda davlatchilikning bu 
jihatiga qanday qaralmoqda?

Download 6,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   343




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish