Narzulla Jo„rayev O„zbekiston tarixi



Download 6,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet329/343
Sana15.04.2022
Hajmi6,25 Mb.
#555035
1   ...   325   326   327   328   329   330   331   332   ...   343
Bog'liq
O\'z.tarixi.J.Narzulla.

Birinchidan
, O„zbekiston avval boshdan MDH tarafdori bo„lib chiqdi. Chunki 
sobiq Ittifoq davridagi respublikalararo an‟anaviy munosabatlar yangi vaziyatga mos 
ravishda davom ettirilishi kerak edi. 
Ikkinchidan
, bunday Hamdo„stlik mamlakatlararo iqtisodiy aloqalarni yanada 
mustahkamlab, bu davlatlarning siyosiy mustaqilligiga daxl qilmasligi lozim. MDHga 
a‟zo barcha davlatlar o„tish davrining qariyb bir xil murakkabliklarini boshdan 
kechirdi. Shuning uchun iqtisodiy bo„hronlarni bartaraf etish, bozor munosabatlarini 
shakllantirish jarayonida yillar mobaynida bir-biriga o„zaro chambarchas bog„liq 
ishlab chiqarish va xo„jalik munosabatlarini yanada yaxshilash zarur edi. MDH 
Nizomining qabul qilinishi munosabati bilan unga a‟zo davlatlar rahbarlarining 
Bayonotida ham shu narsa ko„zda tutilgan. 1993-yil sentabrda imzolangan MDH 
davlatlari o„rtasidagi «Iqtisodiy Ittifoq» haqidagi shartnoma ham ana shu maqsadlarni 
nazarda tutdi. Bu me‟yoriy hujjatlarni ishlab chiqish va joriy etishda O„zbekiston 
alohida o„ringa ega bo„ldi. 
Uchinchidan
, O„zbekiston MDHga a‟zo davlatlar bilan o„zaro ikki taraf uchun 
ham foydali hamkorlik qilishga hamisha tayyor va o„z tashqi siyosatida shunga intilib 
kelyapti. MDHga a‟zo ko„p mamlakatlar bilan ana shunday hamkorlikda ish olib 
borilyapti. 
O„zbekiston MDHdagi barcha mamlakatlarning o„z mustaqilligini mustahkamlash 
yo„lidagi intilishlarini qo„llab-quvvatlamoqda va bu sobiq ittifoqdosh respublikalar 
o„rtasidagi har taraflama hamkorlikni yanada kuchaytiradi, deb hisoblaydi. 
O„zbekiston barcha mustaqil davlatlar hududiy butunligini va ularning chegaralari 
daxlsizligini tan oladi. Ichki hududiy janjallarga aralashmaydi va bularga o„sha 
mamlakatlarning ichki ishlari, deb qaraydi. Bundan tashqari, u MDHga a‟zo ikki 
davlat o„rtasidagi munosabatlardan chetga chiqadigan masalalarni MDH miqyosida 
ko„rib chiqish tarafdori. O„zbekistonning yana bir nuqtayi nazari shundan iboratki


573 
MDH ichida hech bir davlatning qo„li baland kelishiga yo„l qo„ymaslik kerak. Bu 
O„zbekiston hukumati, uning rahbariyatining qat‟iy yo„li, O„zbekiston xalqining 
xohish-irodasi. 
Mustaqil Davlatlar Hamdo„stligining vujudga kelishi tabiiy va ayni chog„da tarixiy 
hodisa. U yangi mustaqil davlatlar suverenitetini saqlagan holda yagona iqtisodiy 
makonni vujudga keltirish, sobiq ittifoq davrida bir-biriga chirmashib ketgan, 
o„rgimchak inidek chuvalashgan ishlab chiqarish tizimini saqlagan holda teng huquqli 
hamkorlar sifatida jahon bozori me‟yorlari va qonun-qoidalari bo„yicha hisob-kitob 
qilishni taqozo etadi. Bu dunyo tan olgan haqiqatga tayangan mezon bo„lib qolmog„i 
kerak. 
Biroq, ayrim mamlakatlar allaqanday nufuz va ortiqcha imtiyozlarga erishishni 
orzu qilib qolishdi. Teng huquqli mustaqil davlatlar hamkorligi tamoyillaridan 
chekinish, o„zlariga ko„proq va kengroq imkoniyat yaratish, aniqrog„i, katta 
og„achilik singari yaqin o„tmishdagi nufuzlarni yo„lga qo„yishga intilishlar bo„ldi. 
Bularga erishishning turli-tuman yo„llarini izlashdi. Jumladan, mustaqillikning 
endigina ikkinchi yili nishonlanayotgan paytdayoq Rossiyaning ayrim siyosatdonlari 
ikki fuqarolik muammosini ko„tarib chiqdilar. Emishki, sobiq ittifoq tarkibidan ajralib 
chiqqan mamlakatlarda rus millatiga mansub aholi yashayotgan ekan, ularga o„z 
mamlakati qatorida Rossiya fuqaroligi ham berilishi zarur emish. Vaholanki, jahon 
davlatchiligi tarixi, xalqaro inson huquqlari tajribasi bunday hodisani ko„rmagan. Bu 
bevosita ma‟lum bir davlat mustaqilligini mensimaslik, uning Konstitutsiyasini tan 
olmaslik, qolaversa, ichki ishlariga aralashish hamda millatlararo nizolarni keltirib 
chiqarishdan boshqa narsa emas. 
Baxtga qarshi Markaziy Osiyodagi ayrim mamlakatlar mavjud iqtisodiy tanglik va 
yuz berayotgan qiyinchiliklarni osonlik bilan hal etish maqsadida ikki fuqarolik 
singari betayin siyosatni ochiqdan-ochiq qo„llab-quvvatladilar. Jumladan, Qirg„iziston 
va Qozog„iston shu yo„l bilan mamlakatdagi iqtisodiy tanglikni bartaraf etmoqchi 
bo„ldilar. Mazkur siyosat oqibatlari naqadar og„ir va ayanchligini aniq his qilgan 
Islom Karimov bunday g„oya asossiz va bir hovuch siyosiy lo„ttibozlarning nay-
ranglari ekanligini aytib, «Agar fuqarolik milliy tamoyilga qarab belgilansa, insonga 
millatiga qarab turli xil huquqiy maqom berilsa, bu oxir-oqibatda jamiyat barqaror-
ligining buzilishiga olib keladi. Ikki davlat fuqaroligiga mansublik achinarli holdir. 
Bu bevatanlik bilan barobardir», – deb masalaning ham siyosiy-huquqiy, ham 
ma‟naviy-ruhiy jihatlarini lo„nda qilib ochib berdi. U O„zbekiston Konstitutsiyasi 
qabul qilingan kunning bir yilligi munosabati bilan 1993-yil 6-dekabrda bo„lib o„tgan 
tantanali yig„ilishda hamda O„zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining sessiyasida 
so„zlagan nutqlarida ham o„z munosabatini aniq-ravshan bildirdi. Jumladan, u «Ikki 
davlat fuqarosi qaysi Vatanga, qaysi zamin, qaysi tuproqqa o„z mehrini, sadoqatini, 
vatanparvarligini izhor etishi kerak? Agar vaziyat talab qilsa, qaysi mamlakatga jonini 
ham fido etmoqqa tayyor bo„lishi kerak? Eng yaxshisi – O„zbekistonda yashayotgan 
fuqarolar o„zlarining nasl-u nasabi, irqi, millati va diniy e‟tiqodidan qat‟i nazar teng 
huquqli bo„lishi kerak», – dedi. 


574 
Bu O„zbekistonning qat‟iy siyosatidan, Hamdo„stlik doirasidagi qat‟iy faoliyatidan 
dalolat beradi. O„zbekiston istiqlolning dastlabki kunlaridanoq teng huquqli 
hamkorlik yo„lini tutdi va bu yo„lda qat‟iy turdi. 
2006-yil O„zbekiston tashqi siyosatida muhim voqealar davri bo„ldi. Prezident 
I.A.Karimov YevrAzES doirasida Minsk Sank-Petrburg shaharlarida, MDH doirasida 
Moskva va Minsk shaharlarida, Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkiloti doirasida 
Sochida ko„p tomonlama uchrashuvlar o„tkazildi. MDHga a‟zo davlatlar rahbarlari 
bilan uchrashuvlarda ikki tomonlama va ko„ptomonlama hamkorlik, tinchlik va 
xavfsizlik masalalariga doir qator bitimlarga imzo chekdi, diniy fundamentalizm, 
aqidaparastlik, xalqaro terrorizm va narkobiznesga qarshi kurashda hamda buyuk 
davlatchilik shovinizmning turli ko„rinishlariga barham berishda kuchlarni 
birlashtirishga doir qator takliflarni o„rtaga tashladi. Shuningdek, Ukraina Prezidenti 
V.Yushchenko (2006-yil 28-noyabr) va Ukraina Bosh vaziri V.Yanukovich (2006-yil 
16-avgust) bilan muzokaralar olib borildi.
Shunday qilib O„zbekistonning tashqi siyosati 2000–2007-yillarda XXI asrning 
global muammolarini qamrab olgan odam va olam Yer shari va butun insoniyat 
taqdiriga bog„liq bo„lgan butun muammolarini qamrab oldi. O„zbekiston o„zini jahon 
hamjamiyatining eng faol, eng hozirjavob subyekti sifatida namoyon qila bildi. Bu 
holat MDH doirasida ayniqsa aniq, lo„nda, dadil va qat‟iyatli siyosat qudratini 
ko„rsata oldi. 

Download 6,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   325   326   327   328   329   330   331   332   ...   343




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish