Narzulla Jo„rayev O„zbekiston tarixi


-§. Toshkent – Sharq darvozasi



Download 6,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet337/343
Sana15.04.2022
Hajmi6,25 Mb.
#555035
1   ...   333   334   335   336   337   338   339   340   ...   343
Bog'liq
O\'z.tarixi.J.Narzulla.

6-§. Toshkent – Sharq darvozasi
Dunyoning turli burchaklaridan yurtimizga tashrif buyurayotgan mehmonlar 
mamlakatimizning mustaqillik yillaridagi taraqqiyoti haqida, avvalo, O„zbekiston 
ostonasi – poytaxtimizni ko„rib xulosa chiqaradilar. Zotan, har qanday poytaxt o„z 
mamlakatining qiyofasi, ko„zgusi. Davlatning obro„-e‟tibori, qudrati va boy 
imkoniyatlari uning poytaxti qiyofasi, ijtimoiy-iqtisodiy salohiyati bilan ham 
o„lchanadi. Toshkent ham ana shunday millat va davlat ramziga aylangan Yurtimizda 
amalga oshirilayotgan islohotlar, yangilanishlar, bunyodkorlik ishlari bilan dastlab 
Toshkentda tanishadilar. Bu tabiiy, albatta. Chunki, har qanday mamlakatda poytaxt 
juda ko„p jihatlari bilan boshqa hududiy birliklarga qaraganda muhim siyosiy
iqtisodiy, ijtimoiy va ma‟naviy ahamiyat kasb etadi. 
Toshkentdagi biri biridan go„zal bog„-rog„lar, zamonaviy inshootlar, keng va ravon 
yo„llar, qo„yingki, barchasi xalqimizning hozirgi farovonligidan dalolat berib turibdi. 
Geografik jihatdan Toshkent har qanday poytaxt-shahar havas qilsa arziydigan 
qulay mintaqadan o„rin olgan. Markaziy Osiyoning o„rtasida joylashgan Toshkentni 
asosiy xalqaro magistrallar, kommunikatsiya tarmoqlari kesib o„tadi. Betakror tabiatli 
diyorimiz kabi ham iqlimi, ham ko„rk-u jamoli bilan ajralib turuvchi bu shahar 
istalgan xalqaro tashkilot, muassasa va kompaniya vakillarining e‟tiborini tortishi 
shubhasiz. O„zbekiston bilan siyosiy, iqtisodiy, madaniy va boshqa turli sohalarda 


591 
munosabat o„rnatgan davlatlarning rahbarlaridan tortib, mamlakatimizga sarmoya olib 
kirib, tadbirkorlarimiz bilan hamkorlik qilayotgan biznesmenlargacha – hamma-
hammasi eng avval Toshkentga qadam qo„yadi. Ko„plab nufuzli xalqaro tashkilotlar, 
yirik kompaniyalar o„z vakolatxonalari uchun joy sifatida aynan poytaxtimizni 
tanlagan. Albatta, bu bejiz emas. Chunki Markaziy Osiyoning yuragi deya nom 
qozongan Toshkent o„ziga xos mavqeyi bilan ham, o„z infratuzilmaviy afzalliklari 
bilan ham bu borada yuksak ahamiyat kasb etadi. Yildan yilga ko„payib borayotgan 
turli vakolatxonalar, yirik korporatsiyalarning bo„limlari, xalqaro tashkilotlarning 
qarorgoh hamda turli-tuman anjumanlar, uchrashuv va sammitlar, xalqaro 
musobaqalar uchun jonajon Toshkentimizning tanlanishi qalblarimizda cheksiz iftixor 
tuyg„ularini uyg„otadi. Ba‟zan dunyo siyosiy xaritasida tenglar ichra teng bo„lib 
turgan poytaxtimiz nomini ko„rib har bir fuqaro ich-ichidan quvonadi. 
Toshkent – respublikamizning siyosiy, iqtisodiy, madaniy va ma‟naviy markazidir. 
Mamlakatning barcha boshqaruv organlari, respublika miqyosidagi tashkilot va 
idoralar poytaxtda joylashganligi uning siyosiy mavqeyini belgilab bersa, aholi soni, 
yuksak salohiyatli kadrlarning shu yerda to„planganligi va hududning iqtisodiy 
jihatdan ilg„or taraqqiyot zonasiga aylangani Toshkentning iqtisodiy ahamiyatidan 
dalolat beradi. 
Ba‟zan o„ylab qolasan kishi. Biz – bir necha ming yillarga borib taqaladigan 
hayratomuz tarixga ega bo„lgan zamin farzandlari mana shu diyorda mustaqil 
O„zbekiston davlatining bunyod bo„lishini ko„rishga, istiqlol yo„lining boshida 
turishga muyassar bo„lgan avlodmiz. Bu bizga taqdir tomonidan in‟om etilgan yuksak 
sharafdir. Ammo bu ayni paytda juda katta mas‟uliyat ekanligini ham har bir 
zamondoshimiz allaqachon tushunib yetdi. Biz mustaqillik yo„li u qadar oson 
emasligini, butun millatning ezgu maqsadlar, buyuk g„oyalar ostida jipslashishigina
haqiqiy taraqqiyot sari yetaklashini ko„rdik. Butun dunyo O„zbekiston xalqining mana 
shu 1991–2007-yillar oradagi mashaqqatli mehnatlari va bu mehnat natijasi bo„lmish 
ulkan bunyodkorlik jarayonlari, yuqori iqtisodiy ko„rsatkichlar, milliy o„zlikni 
anglash va butun mamlakatda keng quloch yozgan madaniy yuksalishga guvoh bo„lib 
turibdi. Keling, ana shu 15 yillik intilish va harakatlarimizga Toshkentimiz misolida 
nazar tashlaylik. 
Albatta, tom ma‟noda ozod, hur bo„lish uchun birinchi navbatda iqtisodiy jihatdan 
mustaqillik bo„lishi zarur. Qisqa davrda mamlakatimizda, qolaversa, poytaxtimiz 
Toshkentda g„oyat muhim iqtisodiy, ijtimoiy o„zgarishlar amalga oshirildi. Yurtimiz 
iqtisodiyotining rivojlanishi ko„pgina ko„zga ko„ringan xorijlik iqtisodchilarni 
hayratga solish darajasida kun sayin yuksalib bormoqda. Toshkent esa haqli ravishda 
ana shu taraqqiyotning o„ziga xos ramzi, ko„zgusiga aylana oldi. 
Xususan 2000–2007-yillarda shahar iqtisodiyotining barcha tarmoqlari izchil 
rivojlanayotgani kuzatilmoqda. Yalpi hududiy mahsulot hajmi so„nggi o„n yil ichida 
o„rta hisobda 4-5 foizga ortib bordi. 2005-yili esa bu ko„rsatkich 11,4, joriy yilning 
olti oyi yakunlariga ko„ra, 8,5 foizga o„sdi. Bugunga kelib yalpi hududiy mahsulot 
tarkibida sanoat ulushi 16,1, qurilish sohasi ulushi 7,2, xizmat ko„rsatish sohasi ulushi 


592 
60,8 foizni tashkil etdi. Erkin iqtisodiy muhit yaratilganligi, tadbirkorlik faoliyatiga 
keng yo„l berilganligining samarasi o„laroq yalpi hududiy mahsulot hajmida kichik 
biznes va tadbirkorlar ulushi 47,1 foizga yetdi. 2006-yilning 1-iyul holatiga ko„ra 
Toshkent shahridagi 4934 ta ishlab chiqarish korxonalarining 4750 tasi yoki 96,2 foizi 
kichik biznes subyektidir. 
Ma‟lumki, iqtisodiy o„sish salmog„i va sur‟ati avvalo sanoat sohasining rivojiga 
chambarchas bog„liq. O„tgan besh yilda bu sohada keskin o„sish boshlanganligiga 
nafaqat poytaxt ahli, balki butun mamlakat iqtisodchilari guvoh bo„lib turibdi. Sanoat 
sohasiga yuqori texnologiyalarning kirib qolishi, tarmoqda uddaburon va 
tavakkalchilikdan cho„chimaydigan, yangilikka intiluvchan ko„p sonli xususiy 
tadbirkorlar qatlamining shakllanishi ushbu jarayonning boshlanishiga kuchli turtki 
berdi. O„sish sur‟ati har yili o„rtacha 10 foizni tashkil etayotgani fikrimiz dalilidir. 
2000-yilda 561 milliard so„mlik sanoat mahsuloti ishlab chiqarilgan bo„lsa, 2005-
yilda bu ko„rsatkich 1164,2 milliard so„mga yetdi. 
Bugungi kunda investitsiyalarni jalb qilish iqtisodiyotimizning ustuvor 
vazifalaridan biridir. Mamlakatimizda investorlarning barqaror faoliyat yuritishi 
uchun ham huquqiy, ham iqtisodiy jihatdan barcha sharoitlar yaratilgan. Shubhasiz, 
Toshkent shahrining sarmoyaviy reytingi ham, kirib kelgan mablag„larni iqtisodiyotga 
yo„naltirish imkoniyatlari ham juda baland. Va bu qulaylikdan imkoniyat darajasida 
foydalanilayotganligini ham e‟tirof etish kerak. O„tgan yil yakunlariga ko„ra 
poytaxtimizda mulkchilikning barcha shakllaridagi korxona va tashkilotlar tomonidan 
741,6 milliard so„mlik kapital qo„yilmalar o„zlashtirilib, o„sish sur‟ati 2004-yilga 
nisbatan 111,9 foiz deya baholandi. Jumladan, shahrimizning tashqi iqtsodiy aloqalari 
ko„lami kengayayotgani erishilayotgan yutuqlarda muhim omil bo„lmoqda. Hozirda 
shahrimizda 120 dan ortiq mamlakatlar bilan iqtisodiy munosabatlar o„rnatilgan. 
Shahrimizda 13879 ta savdo va 3687 ta maishiy xizmat ko„rsatish shoxobchalari 
faoliyat yuritayotgani ham aholiga ko„pgina qulayliklar yaratmoqda. Savdo aylanmasi 
hajmiga ko„ra bu soha respublikada birinchi o„rinda turadi. Shu o„rinda ta‟kidlashim 
joiz, mamlakatimizda xizmat ko„rsatish va servis sohasi rivojiga katta e‟tibor 
berilayotgani ayni muddao bo„ldi. Chunki bu ish odamlarning og„irini yengil qilish 
bilan birga kishilarimizning daromadini ko„paytirish, ko„plab yangi ish o„rinlari 
yaratish imkonini beradi. Endilikda yalpi hududiy mahsulotda mazkur soha 
ulushining yanada ortishi kutilmoqda. Shahar jamoatchiligi bu tashabbusni qo„llab-
quvvatlaydi. Negaki, sohada yana 76,7 mingta ishchi o„rinlari tashkil etish va xizmat 
turlarini kengaytirish imkoniyatlari bor. 
Iqtisodiy islohotlarda, ayniqsa, aholini ijtimoiy muhofaza qilishdek muhim vazifa 
katta e‟tibor talab qiladi. Zotan, bu Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan iqtisodiy 
rivojlanishning besh tamoyilidan biridir. 
Raqamlarga murojaat qiladigan bo„lsak, Toshkent shahrida 2006-yilning 6 oyi 
ichida 4956 nafar kam ta‟minlangan oilaga 1062,5 million so„mlik, 18 yoshgacha 
farzandi bo„lgan 16158 nafar oilaga 2436,4 million so„mlik va oilasida 2 yoshgacha 


593 
farzandi bo„lgan 8927 nafar ishlamayotgan ayollarga 2251,6 million so„mlik moddiy 
yordam berildi. 
Iqtisodiyotda bozor munosabatlari ustunlik qilib borishi bilan davlat budjeti orqali 
milliy daromadni nomoddiy ishlab chiqarishning turli tarmoqlari va mamlakat 
hududlari o„rtasida qayta taqsimlanishida mahalliy budjetlarning ahamiyati tobora 
ortib boradi. Ya‟ni mahalliy budjet mablag„laridan oqilona va tejamkorlik bilan 
foydalanish orqali islohotlarni amalga oshirishdagi ko„zlangan maqsadlarga erishiladi. 
Bu borada Toshkent shahar budjetining xarajatlariga to„xtalib, mustaqillik yillarida 
hukumatimiz tomonidan ta‟lim, sog„liqni saqlash sohalarini rivojlantirishga alohida 
g„amxo„rlik qilinayotganini ta‟kidlash lozim. Ushbu e‟tiborni mazkur sohalarga 
yo„naltirilishi rejalashtirilayotgan mablag„lar miqdoridan ham ko„rish mumkin. 2006-
yilda Toshkent shahri bo„yicha ta‟lim sohasiga 78,7 mlrd. so„m yoki mahalliy budjet 
jami xarajatlarining 32,8 foizi miqdorida mablag„ ajratilishi ko„zda tutilgan. 
Prezidentimizning «2004–2009-yillarda maktab ta‟limini rivojlantirish Davlat 
umummilliy dasturi to„g„risida»gi Farmoni va mazkur Farmon ijrosi yuzasidan 
Vazirlar Mahkamasining bir qator qarorlari natijasida maktablar zamonaviy tus 
olmoqda. 
Shu asosda hozirgi kunda maktabgacha va maktab yoshidagi bolalarning 
zamonaviy sharoitlarda bilim olishi, kasb-hunar sirlarini puxta o„rganishiga 
mukammal imkoniyatlar yaratib berilayapti. Barcha tuman xalq ta‟limi bo„limlari 
qoshida o„quvchilarni kasb-hunarga yo„naltirish, pedagogik-psixologik Tashxis 
markazlari tashkil etildi. Markazlar psixodiagnostik qo„llanmalar, test va anketa 
savollari bilan ta‟minlandi. 
Hozirgi kunda umumta‟lim maktablarida 16807 nafar pedagog faoliyat 
ko„rsatayotir. Umumiy o„rta ta‟lim tizimini takomillashtirish va ta‟lim 
samaradorligini oshirish maqsadida yetuk kadrlarni izlab topish va ular ishini 
ommalashtirishda «Yil tarbiyachisi», «Yil o„qituvchisi», «Yil maktabi», «Yilning eng 
yaxshi maktab kutubxonasi» kabi tadbirlar yaxshi samara bermoqda. Bundan tashqari 
«Prezident asarlari bilimdoni», «Sen qonunni bilasanmi?», «Sen tarixni bilasanmi?», 
«O„yla, izla, top» kabi ko„rik-tanlovlari o„quvchilarimiz orasida allaqachon 
ommalashib ketdi. «Umid nihollari» sport musobaqalarida shahrimiz maktablari 
o„quvchilari g„oliblikni qo„ldan bermasdan kelmoqda. 
Albatta, bunda maktablardagi shart-sharoitlarning ahamiyati katta. Jumladan, 
2006-yilning birinchi yarmida bir maktab yangi qurilgan bo„lsa, 3 tasida kapital 
rekonstruksiya, 16 ta maktabda kapital ta‟mirlash ishlari tugallandi. 19 ta maktabda 
joriy ta‟mirlash ishlari ham belgilangan muddatlarda tugatildi. 
Mustaqillik yillarida ta‟lim sohasida amalga oshirilgan islohotlarda asosiy e‟tibor 
qaratilgan yana bir bosqich – o„rta maxsus, kasb-hunar ta‟limidir. Ilgari mutlaqo 
e‟tiborsiz qolgan, hozirga kelib esa O„zbekiston ta‟lim tizimida o„zining mustahkam 
o„rnini topishga ulgurgan akademik litseylar va kollejlar tarmog„i umumiy o„rta ta‟lim 
bilan uyg„un ravishda rivojlanish jarayonini boshdan kechirmoqda. Hozirda jahon 
talablari darajasida jihozlangan, muhtasham ko„rinishga ega bo„lgan 115 ta kasb-


594 
hunar kolleji va akademik litsey faoliyat yuritmoqda. Ularda 98857 nafar o„g„il-qiz 
180 dan ortiq mutaxassisliklar bo„yicha ta‟lim olishmoqda. 
Poytaxtda sog„liqni saqlash doim namunali bo„lib kelgan. Hozirda bolalar, kattalar, 
ayollar poliklinikalari o„rniga yagona va mukammal oilaviy poliklinikalar yo„lga 
qo„yilayaptiki, bunday muassasalar Toshkentdek aholisi ko„p va zich joylashgan 
shahri azimda sog„liqni saqlash tizimida muhim rol o„ynaydi. Poliklinikalarda faoliyat 
yuritayotgan 974 nafar umumiy amaliyot vrachlarining har biriga 300–350 oila 
biriktirilgan bo„lib, bu barcha aholi qatlamlarini qamrab olishga imkon berdi.
Moddiy-texnik bazani rivojlantirish maqsadida barcha davolash-profilaktika 
muassasalarida kapital va joriy ta‟mirlash ishlari olib borilmoqda. Shayxontohur 
tumanidagi 14 va 55-sonli, Sobir Rahimov tumanidagi 4, 42-sonli, Uchtepa 
tumanidagi 8-oilaviy poliklinikalar xalqaro andozalarga mos ravishda qurilib, 
zamonaviy asbob-uskunalar bilan ta‟minlandi. Talabalar shaharchasidagi 32-
poliklinikaga 232 milllion so„m miqdorida homiylar mablag„i ajratildi va to„liq 
ta‟mirdan chiqarildi. 
Fuqarolarning o„zini o„zi boshqarish organlari mavqeyi va jamiyatimizdagi 
ahamiyatini oshirishga ham jiddiy e‟tibor berildi. Mahallalar nufuzini aholi orasida 
yanada oshirish maqsadida fuqarolar yig„ini tarkibiga «Mahalla posboni» jamoatchilik 
tuzilmasi hamda diniy ma‟rifat va ma‟naviy axloqiy tarbiya masalalari bo„yicha 
maslahatchi lavozimlari kiritildi, hozirgi kunda shahrimizdagi 474 ta fuqarolar yig„ini 
tarkibida 1896 nafar xodim faoliyat ko„rsatib kelmoqda. 2006-yilda shahar budjetida 
mahallalar fuqarolar yig„ini faoliyatini moliyalashtirish uchun 1 mlrd. 426,3 mln. 
so„m ajratilishi belgilangan. 
Shuningdek, O„zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Uy-joy 
mulkdorlari shirkatlarini qo„llab-quvvatlashga doir qo„shimcha chora-tadbirlar 
to„g„risida»gi qaroriga asosan 2002–2006-yillarda Toshkent shahrida 3647 ta 1991-
yilgacha qurilgan ko„p qavatli uy-joylarni, umumiy foydalanish joylarini va 
muhandislik kommunikatsiyalarini kapital ta‟mirlash rejalashtirilgan bo„lib, 2006-yil 
1-iyun holatiga 3302 ta uy ta‟mirlandi. Yil oxirigacha qolgan 345 ta uy ham to„liq 
ta‟mirdan chiqarilishi rejalashtirilgan. 
Toshkentdagi bunyodkorlik ishlari natijasida shahrimiz jamoli yil sayin emas, balki 
kun sayin o„zgarib, dunyoning rivojlangan davlatlari poytaxtlari qatoriga kirib 
borayotganligi har bir fuqaro qalbida faxr va iftixor hissini uyg„otadi. Ayniqsa, yangi 
ravon ko„chalar, obod mahallalar, so„lim xiyobonlar, yodgorlik majmualari, ko„rkam 
va maftunkor favvoralar va salobatli ko„priklarning qurilishi go„zal shahrimiz 
ko„rkiga yanada ko„rk qo„shmoqda. 
Bir so„z bilan aytganda, jonajon Toshkentimizdagi o„zgarishlar xuddi bir 
mo„jizaga o„xshaydi, lekin aslida bu mo„jiza emas, balki, Ona yurtimizga, xalqimizga 
mustaqillik berayotgan bebaho ne‟matning mevasidir. 

Download 6,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   333   334   335   336   337   338   339   340   ...   343




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish