Narzulla Jo„rayev O„zbekiston tarixi


«Dunyo  qariyb yuz yil davomida unutib qo„ygan jug„rofiy siyosiy makon bugungi kunda



Download 6,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet158/343
Sana15.04.2022
Hajmi6,25 Mb.
#555035
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   343
Bog'liq
O\'z.tarixi.J.Narzulla.

«Dunyo 
qariyb yuz yil davomida unutib qo„ygan jug„rofiy siyosiy makon bugungi kunda 
o„zining yangi sifatini ko„rsatmoqda va bu siyosiy sharoitda kutilmagan 
o„zgarishlarni keltirib chiqaradi. Ayni paytda bugungi kunda ko„pgina 
mamlakatlarning siyosiy va iqtisodiy manfaatlarini jalb etayotgan Markaziy 
Osiyo ularning tashqi siyosat yo„li strategiyasini shakllantirishda muhim va hal 
qiluvchi unsur bo„lib qolmoqda»
, – dedi. 
Darhaqiqat Markaziy Osiyoda yuz berayotgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlar, uning 
siyosiy-jug„rofiy o„rni, iqtisodiy va ma‟naviy imkoniyatlari jahon hamjamiyatini 
istiqbolga yangicha munosabatlar bilan qarashga, dunyo ahlini o„ziga ham, olamga 
ham tiyrakroq nazar tashlashga majbur etmoqda. Prezident I. Karimov 
ta‟kidlaganidek, «biz yashayotgan dunyo torgina emas, juda murakkab ekanligini 
idrok qilmasdan turib bu muammolarni hal qilish ancha qiyin». Bu bilan u endi biz 
yashayotgan olam xuddi hozirgacha o„ylaganimiz singari jo„n, oddiy emasligini, bu 
juda keng va rang-barang, nihoyatda murakkab va ziddiyatli dunyo haqida shunchaki 
fikr yuritib bo„lmasligini anglashga, har bir davlat arbobining kundalik tashvishi 
butun olam va odamlar tashvishi bilan bog„liqligini unutmaslikka chaqirmoqda. 
Qariyb yuz yil maboynida bir xil tarixiy, ijtimoiy-siyosiy jarayonlar ta‟sirida 
yashab, olam ahli, jumladan siyosatdonlar ham qariyb bir xil fikrlashga o„rganib 
qolishgan edi. G„arb-u Sharq o„rtasidagi dahanaki janglar, ikki qarama-qarshi siyosiy 
tizim va mintaqalararo zo„ravonlik jazavalari avj olgan yillarda dunyo taqdiri ham, 
Yer shari istiqboli ham, olam-u odamlar tashvishi ham ba‟zan unutilganday edi. Ular 
nuqul qandaydir siyosiy nufuzlar, olamga egalik qilish da‟volari, ma‟naviy ustuvorlik 
dard-u o„ylari bilan yashashardi. Hayot esa odamlar turmushi, ularning kechinmalari 
hammavaqt, hamma narsadan baland ekanligini ko„rsatib berdi. 
O„zbekiston rahbarining jahon siyosatiga ta‟siri, uning o„ziga xos novatorlik kuchi 
shundaki, quruqlikning qariyb ikkidan birini egallagan juda keng mintaqada – sobiq 
Ittifoq va Osiyo mamlakatlari rahbarlari o„rtasida g„oyat o„ktamlik va uddaburonlik 
bilan eskicha qarashlar qobig„ini sindirib tashladi. Olamga, hayotga, dunyoning 
murakkab va chigal jarayonlariga nihoyatda tiyrak nigoh bilan qaradi. Birlashgan 
Millatlar Tashkilotining 1995-yil 15-16-sentabrda Toshkentda o„tkazilgan seminar-
kengashida qilgan nutqi ana shu qarashlar va yangicha tafakkurning mahsuli bo„ldi. 


253 
1997-yil sentabrda esa «Markaziy Osiyo – yadrosiz zona» nomli xalqaro konferensiya 
o„tkazildi. 
O„zbekiston rahbari har qanday mojarolar oldini olishning yagona yo„li – 
donishmandlik, 
aql-idrok, 
masalalarga 
tiyraklik 
bilan 
qarash, 
chuqur 
mushohadakorlik, turli qarama-qarshi guruhlar va doiralarning bir stol atrofida 
to„planib, hamjihatlikda fikrlashib olish hamda eng to„g„ri, eng oqilona va adolatli 
mulohazalarga mard bo„lib yon berish zarurligini uqtirdi. Bu jahon taraqqiyotida 
muhim bosqich bo„ladigan va yuz berayotgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlarning sifat 
o„zgarishiga olib keladigan voqelikdir. Chunki, uzoq yillar mobaynida shakllangan 
davlatlararo xudbinlik kayfiyatlari, zo„ravonlik va tazyiqga asoslangan hukmronlik, 
do„q-po„pisa yo„li bilan ayrim mamlakatlar ravnaqiga to„sqinlik qilish ruhiyati hamon 
mavjud. Tamoyilga aylangan bunday nuqsonlarga barham berish, muzokaralarda 
faqat umumjahon manfaatlariga tayanish fazilatlarini kuchaytirmay bir narsaga erishib 
bo„lmaydi. Ana shunday xulosalardan kelib chiqib Prezident I. Karimov quyidagi 
tamoyillarni o„rtaga tashlaydi: 
– nizolarni bartaraf qilishning bosqichma-bosqichligi; 
– barcha manfaatdor tomonlarning muzokara jarayonida ishtirok etishi; 
– tomonlarning bir-biriga yon berish va murosa yo„li bilan bir-biri tomon 
yaqinlashuvi; 
– bu jarayonda BMT, YXHT, IHT va boshqa xalqaro tashkilotlarning faol ishtirok 
etishi va homiylik qilish; 
– har bir mamlakat hududiy yaxlitligining saqlanishi; 
– qay shaklda bo„lmasin, tashqaridan ta‟sir o„tkazish va aralashuvga yo„l 
qo„ymasligi; 
– mahalliy mojarolar zonalariga qurol yetkazib berishni qat‟iyan taqiqlab qo„yish. 
Ko„rinib turibdiki, O„zbekiston rahbarining jahon hamjamiyati diqqatiga havola 
etayotgan bu tamoyillari xavfsiz dunyoga intilishning eng to„g„ri yo„lidir. Ayni 
paytda, dunyo taqdiriga befarq qaraydigan, insoniyat tashvishidan qalbi 
jarohatlanmagan insonni topish qiyin. Zotan, yerning u burchidan otilgan o„q 
sayyoramizning bu burchagida yashayotgan odam hayoti uchun xavfsiz ekanligiga 
hech kim kafolat bermaydi. Chunki, bu ikki shaxs o„rtasidagi kelishmovchilik singari 
oddiy hodisa emas, balki davlatlararo, mintaqalararo zo„ravonlik bo„lib, Yer yuzining 
xohlagan nuqtasiga xavf solishi, mamlakatlarning siyosiy, huquqiy daxlsizligini, 
suvereniteti va to„la Mustaqilligini inkor etishdan tortib, inson huquqlarini poymol 
etishi, uning yashash huquqidan mahrum etishi hech gap emas. Ayniqsa, bu tayoq va 
tosh bilan qilinadigan urushlar davrida emas, qit‟alararo tezuchar ommaviy qirg„in 
qurollari, inson zurriyoti va jamiki tiriklikka xavf-xatar soluvchi biologik yaroqlar 
asrida yashayotganimiz nazarda tutilsa, uning mazmun-mohiyati yana ham chuqurroq 
anglanadi, yorqinroq ko„zga tashlanadi. 
O„zbekiston rahbari tasavvuridagi xavfsiz dunyo umuman xavf-xatar holi bo„lgan, 
hech qanday shubha va qo„rquvga asos qolmagan tarzda yashash kabi eng oliy 
qadriyatdir. Shuning uchun ham u xavfsizlik deganda yoki milliy xavfsizlik 


254 
tushunchasini belgilayotganda faqatgina harbiy soha bilan chegaralanmay, uning 
siyosiy, iqtisodiy, ma‟naviy va harbiy bo„lmagan boshqa jihatlarini ham anglashga 
da‟vat etadi. Bu siyosiy-iqtisodiy islohotlarning samaradorligini to„la-to„kis 
ta‟minlashdan tortib, narkobiznes va terrorizm, mintaqaviy va umumjahon 
hamkorliklarning turli sohalarigacha bo„lgan rang-barang olamning rang-barang 
muammolariga kengroq qarashni talab etadi. Bularning barchasi xalqaro tashkilotlar, 
ayniqsa, Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashki-
loti, Islom Konferensiyasi Tashkiloti, Mustaqil Davlatlar Hamdo„stligi singari nufuzli 
tashkilotlar faoliyatini kuchaytirish, ularning o„zaro hamkorligini muvofiqlashtirish 
zarurat ekanligini ko„rsatib beradi. 
O„zbekiston rahbarining mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarga bo„lgani 
kabi xalqaro siyosat va milliy xavfsizlik masalasiga ham o„ziga xos yondashuvi bor. 
Jumladan u: 
– davlat siyosatini har bir oila, har bir shaxs tinchligidan tortib butun mamlakat, 
mintaqalararo va qit‟alararo munosabatlarni g„oyat insonparvarlik va butun Yer shari 
tinchligigacha barcha-barchasini yaxlit, bir butun holda his qiladi. Eng insonparvar 
siyosatni eng tinchliksevar siyosat bilan uyg„un holda tushunadi va ana shu mushtarak 
tushunchalarning tantanasi uchun kurashadi; 
– jahon siyosatining eng ilg„or tajribalarini o„z vaqtida o„rganadi, ijtimoiy-siyosiy 
jarayonlar borishini to„g„ri kuzatadi, to„g„ri tushunadi, to„g„ri baholaydi. Ularni tahlil 
etishda adashmaydi. Shuning uchun dunyo siyosatchilari uni e‟tibor bilan tinglashadi, 
har bir taklifning yangiligiga va o„ziga xosligiga qiziqish bilan qarashadi hamda 
yuksak baholashadi; 
– vaqt o„tgani sari odamlar ruhiyati yangilana boradi. Bunday ma‟naviy-ruhiy 
o„zgarishlar bevosita jahon siyosatini ham yangicha mazmun bilan boyitadi. Bu tabiiy 
hodisa. Ana shu holatlarni o„z vaqtida anglab, zamonaviy mulohaza yuritish asosida 
davlat boshqaruvi va jahon siyosati yo„nalishlarini isloh qila borish, ularni yangi 
o„zanga burish, yangicha shakl va mazmun bilan boyitish fazilati siyosatchi uchun 
noyob iste‟doddir. Prezident Islom Karimov esa o„zining ana shu xislatlari bilan jahon 
siyosatdonlari orasida yuksak mavqega ega bo„lmoqda. 
Darhaqiqat, XXI asr har bir davlat rahbaridan faqat o„z mamlakati va xalqi 
doirasidagina emas balki tor «mahalliy» doiralardan keng dunyoviy maydonga 
chiqishni, mamlakatning kundalik tashvishlariga o„ralashib qolmaslik olam 
minbarlaridan turib dunyo kengliklariga nazar tashlashni va shu asosda dunyoviy 
muammolar hamda xalqaro masalalarni hal etishning umuminsoniy va Yer 
kurrasining istiqboliga daxldor bo„lgan keng miqyosli fikrlash tarzini taqozo etadi. 
Bularning bari yangi dunyoning va yangi yuz yillikning jahon siyosatiga olib 
kirayotgan g„oyat insonparvar, hayotiy va ezgulikka tayangan, dunyo siyosatining 
yangi madaniyat darajasini belgilaydigan omillardan biri.
Prezident Islom Karimov dunyoviy jarayonlarni doimiy ravishda kuzatadi. Olis 
istiqbolga katta umid va ishonch bilan qaraydi. Ayni paytda yuz berayotgan ijtimoiy-
siyosiy jarayonlar borishini, ularning kelib chiqish manbalarini ancha oldindan 


255 
kuzatadi va ularning natijalarini, salbiy yo ijobiy xulosalarini ko„plardan oldinroq 
ilg„aydi, oldinroq qarorga keladi. Bularning bari uning keng qamrovli tafakkur egasi 
ekanligini, voqealarga donishmandlik bilan yondashishini yaqqolroq ko„rsatadi. Shu 
nuqtayi nazardan O„zbekiston rahbari I.Karimovning 1996-yil 2-3-dekabr kunlari 
Lissabonda YXHTga a‟zo davlatlar boshliqlari uchrashuvida ko„targan dolzarb 
masalalari jahonda yangi xavfsizlik modelini yaratishga qo„shilgan munosib hissa 
bo„ldi. 
I. Karimov ushbu uchrashuvda faqat Yevropadagina emas, balki butun dunyoda 
vaziyat va kuchlar nisbatining tez o„zgarayotgani yangi mustaqil davlatlarning 
maydonga chiqayotgani, hozirgi davrda xalqlar va davlatlar barqarorligini ta‟minlash 
XXI asr bo„sag„asida xavfsizlikning yangi modelini ishlab chiqish uchun yangi 
yondashuvlarni izlashni qat‟iyan taqozo qilayotganligini alohida ta‟kidladi. 
Xavfsizlik masalasida O„zbekistonning munosabatini bildirib I.Karimov 

Download 6,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   343




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish