«Ko„p
hollarda nufuzli xalqaro tashkilotlar mojaroli vaziyatlarga, ifodali aytganda
yong„in hidi endigina chiqayotgan paytda emas, balki batamom lovullab
ketganda, bartaraf etish qiyin bo„lib qolgandan keyingina e‟tibor bera
boshlaydilar. Jahon hamjamiyati mojarolar kuchayishining oldini olish
maqsadida ko„p hollardagi befarq kuzatuvchi rolidan faol tinchlikparvar
nuqtayi nazariga o„ta borishi kerak»
, – deb qat‟iy ta‟kidlagan edi. O„shanda u
nufuzli xalqaro tashkilotlarning faoliyatini tubdan o„zgartirish, ular tizimida va
maqomida ham tub islohotlarni amalga oshirish kerakligini, endigi dunyo
bamaylixotirlik kayfiyatini ko„tarmasligini, aksincha, u dadil harakatlarga boy
tafakkur va aql-idrokka asoslangan qat‟iy talablarga muhtoj ekanligini ko„rsatib
bergan edi.
Tojikiston voqealari, Tojikiston va Afg„oniston munosabatlari, umuman Markaziy
Osiyodagi ma‟naviy-siyosiy vaziyatni g„oyat chuqur, har taraflama asosli tahlil etar
ekan, ularning mamlakatlar ijtimoiy-siyosiy muhitiga ta‟siri haqida, mazkur
mintaqaning jahon taraqqiyotida tutgan o„rni va xalqaro tashkilotlarning vazifalari
haqida prinsipial fikrlar yuritdi.
O„shandan buyon oradan ma‟lum muddat vaqt o„tdi. Mamlakat hayotida ham,
jahon siyosatida ham birmuncha o„zgarishlar yuz berdi. Ana shu ijtimoiy-siyosiy
jarayonlar yuz berayotgan yangidan-yangi hodisalarga alohida e‟tibor bilan qarashni
taqozo etayotganligi sababli Prezident I. Karimov dunyo va Yer yuzi taqdiriga
daxldor bo„lgan qator muammolar ustida doimiy va uzluksiz yangi fikrlarni ilgari
suradi. Jumladan, u o„tmishdagi «sovuq urush» illatlariga barham berish, g„oyaviy
kurashlarga chek qo„yish yo„li bilan tashqi siyosatni xalqlar va mamlakatlar ravnaqi
asosida qayta shakllantirish zarurligi g„oyasini o„rtaga tashlaydi. Davlatlararo
munosabatlar har tomonlama dunyo taraqqiyotiga va mamlakatlar fuqarolarining
hayotiga daxldor bo„lishini uqtirib o„tdi. U Yer yuzi xavfsizligi bilan bir qatorda
O„zbekistonda chinakam insonparvar siyosat tobora chuqurlashib borayotganini va u
dunyo kengliklariga chiqib olayotganini yaqqol ko„rsatdi. Ayni paytda mamlakatimiz
rahbari Markaziy Osiyo muammolari xususida to„xtalar ekan, Yer sharining ana shu
mintaqasida yuz beradigan hodisalarning salbiy yo ijobiy jarayoni bevosita dunyo
taraqqiyotiga, jahon xalqlari taqdiriga u yoki bu tarzda kuchli ta‟sir etishi
mumkinligini nihoyatda kuchli siyosiy-falsafiy mantiq, jahon muammolarini
251
o„rganishda o„ziga xos dunyoviy tafakkur, chuqur tahlil va undan kelib chiqadigan
aniq-ravshan xulosalar bilan isbotlab bergan edi. Ko„tarilgan muammolar asosida
Toshkentda Birlashgan Millatlar Tashkilotining doimiy seminarini tashkil etish hayot
zarurati, jahon taraqqiyotiga daxldor bo„lgan ehtiyoj ekanligini ta‟kidladi.
Qolaversa, O„zbekiston jug„rofiy-siyosiy jihatdan o„ta muhim nuqtada joylashgan.
U bir qator mamlakatlararo va mintaqalararo aloqalarni eng maqbul shaklda
birlashtirib turish uchun qulay imkoniyatga ega. Qadimdan mag„rib-u mashriq,
shimol-u janub ana shu mamlakat orqali aloqada bo„lgani, o„zaro iqtisodiy-ijtimoiy
munosabatlarning rivojlanishi va shu dunyo taraqqiyoti barqarorligini saqlab turish
uchun muhim omil, tayanch nuqtasi ekanligini ko„rsatib berdi.
Shuni alohida ta‟kidlash mumkinki, hozirgi dunyo ijtimoiy-siyosiy jarayonlarini
yaxshilik sari burib turishda, insoniyat ravnaqi va hayotining daxlsizligini
ta‟minlashda, qolaversa butun Yer shari «muvozanati»ni saqlab turishda hozirgi
O„zbekiston tutgan siyosiy mavqe jug„rofiy jihatidan katta strategik ahamiyatga ega.
Ayni paytda O„zbekiston dehqonchilik va sanoat ishlab chiqarishi, beqiyos yer osti
va ustki boyliklari mavjud bo„lgan mo„jizaviy makon. Unda jahon taraqqiyotiga
daxldor bo„lgan fan, madaniyat va boshqa aqliy imkoniyatlar ham mavjudki, bu
bevosita uning dunyo sahnasiga chiqishiga keng yo„l ochib berdi va yangi dunyo
uchun hayotbaxsh kuch bo„lib xizmat qildi.
O„zbekiston rahbarining o„rtaga tashlagan takliflari dunyo siyosatdonlari
tomonidan ancha o„rganildi, tahlil etildi va ma‟qullandi. Natijada 1995-yil 15–16-
sentabr kunlari Toshkentda BMTning Markaziy Osiyoda xavfsizlik va hamkorlik
masalalariga bag„ishlangan seminar-kengashi bo„lib o„tdi.
Qator xalqaro tashkilotlarning mas‟ul vakillari, o„nlab mamlakatlarning siyosat va
jamoat arboblari ishtirok etgan bu kengashda Markaziy Osiyo muammolarini
o„rganish dunyo taraqqiyotining muhim bosqichi sifatida keng muhokama qilindi.
O„zbekiston rahbarining kengashda so„zlagan nutqi bosh hujjat va keng qamrovli
dastur sifatida baholandi. Notiq Toshkent uchrashuvlarining «Tinchlik, Barqarorlik,
Hamkorlik» shiori ostida o„tayotganligining o„ziga xos mazmuni borligini alohida
sharhlab berdi. Jumladan:
– dunyo tinchligi yo„lida davlatlar o„rtasida o„zaro hurmat va qat‟iy ishonch,
mamlakatlarning Mustaqilligini so„zsiz tan olish;
– siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy taraqqiyotning hamda islohotlarning samarali
bo„lishining asosiy omili barqarorlik ekanligini e‟tirof etish va uni to„la ta‟minlashga
intilish;
– umumxalq va umumjahon manfaatlaridan kelib chiqib, har tomonlama
hamkorlikka tayanib ish tutish zarurligini ko„rsatib berdi.
O„zbekiston rahbarining fikricha dunyo taraqqiyoti, olamning bus-butunligi,
barcha xalqlarning tinchligi va xavfsizligi eng avvalo, mintaqaviy barqarorlikni
vujudga keltirish va bir-birini bevosita to„g„ri anglashga bog„liq. Darhaqiqat, birinchi
galda ma‟naviy-ruhiy jihatlari, turmush tarzi va urf-odatlari bir-biriga yaqin bo„lgan
xalqlar o„zaro totuvlikni ta‟minlasalargina, ular yashayotgan mintaqalarda xavfsizlik,
252
barqarorlik bo„lishiga, shu asosda mintaqalararo va qit‟alararo yakdillik vujudga
kelishiga imkon yaratiladi. Ana shunday hayotiy haqiqatga tayangan O„zbekiston
Prezidenti urush va tinchlik muammolariga, milliy ravnaq va Yer yuzi xavfsizligiga
kengroq qarash, endi yaqin o„tmishimizdagidan farqli holda har qanday mafkuradan
xoli, inson qalbiga yaqin bo„lgan tushunchalarni ilgari surib, «bir-birimizdan
qochmaslikni tushunishga majbur ekanligimizni» alohida uqtirib o„tdi. Ana shu
majburlik hissi, majburiyat yuki har qanday davlat arbobining o„z mamlakati
manfaatidan tortib mintaqaviy, qolaversa dunyoviy masalalarga ham jiddiyroq
qarashni, bu masalalar oldida javobgar ekanligini g„oyat kuyinchaklik va mas‟uliyat
bilan ta‟kidlaydi.
Prezident I.Karimov Markaziy Osiyo muammolari haqida gapirar ekan,
Do'stlaringiz bilan baham: |