38
II.3. -§ Professor Sh.K.Murodov yaratgan o‘quv adabiyotlari.
Professor Sh.K.murodov o‘zining ilmiy ishlarini, yaratgan yangiliklarini va
DTS asosida fan dasturlaridagi mavzular asosida yosh avlod uchun ko‘plab darslik
va o‘quv-metodik qo‘llanmalar yaratgan.
1. Chizma geometriya kursi (
oliy texnika o‘quv yurtlari uchun darslik.
Sh.Murodov umumiy taxriri ostida, L.Hakimov, P.Odilov,A.Shomurodov,
M.Jumayev. “O‘qiuvchi” nashriyoti. 1988yil-364b).
Ushbu kitobda sirtlar, egri chiziqlarning berilishi va tasvirlanishi hamda ular
bilan bog‘liq bo‘lgan barcha masalalar zamon talablariga mos ravishda bayon
etilgan.
Misollarda
keltirilgan
tenglamalar
yordamida
shakllarning
koordinatalarini EHMda xisoblash va tasvirlarini chizish mumkin. Darslikda
pozitsion va metrik masalalar geometrik jihatdan yechib ko‘rsatilishi bilan birga,
injenerlik amaliyotidan ko‘plab misollar keltirilgan. Ushbu darslikda chizma
geometriya fanining asosiy tushunchalari, tasvirlash usullari, geometrik
elementlarning ortogonal proyeksiyalari, geometrik figuralarning o‘zaro
vaziyatlari, orogonal proyeksiyalarni qayta tuzish usullari, ko‘pyoqliklar, egri
chiziqlar, sirtlarning hosil bo‘lishi va ularni tekislik va to‘g‘ri chiziq bilan
kesishishi, sirtlarni yoyilmalarini yasash, aksonometrik proyeksiyalar, perspektiva
kabi mavzular yoritib berilgan.
2.Gidro-texniklar uchun chizma geometriya. (
Oliy o‘quv yurtlari
gidromelioratsiya va gidrotexnika inshootlari qurilish ixtisosligidagi talabalar
39
uchun o‘quv qo‘llanma. Maxsus muxarrir E.Sobitov. Toshkent O‘qituvchi
1991y.-280b.)
Ushbu o‘quv qo‘llanmada o‘zaro perpendikulyar ikki va uch proyeksiyalar
tekisliklariga ortogonal proyeksiyalar usullarini qo‘llab, geometrik shakllarni
tasvirlash, ularni bir-biriga nisbatan vaziyatlariga oid chizmalarni chizish
qoidalariga va geometrik shakllarga doir pozitsion va metrik masalalarni yechish
ko‘rsatilgan.
Ushbu o‘quv qo‘llanma oliy texnika o‘quv yurtlarining injener-
gidrotexnik ixtisosliklari va chizma geometriya o‘qitiladigan barcha oliy o‘quv
yurtlari uchun bo‘lib, unda tasvirlash usullarining markaziy proyeksiyalash va
parallel proyeksiyalash usullari keltirilgan.
Nuqtaning, to‘g‘ri chiziqning, tekislikning ortogonal proyeksiyalarining
chizmalarda berilishi izlarining yasalishi va tekisliklarga nisbatan vaziyatlari
haqida to‘liq va aniq ma’lumotlar berilgan.
Epyurni qayta tuzish usullari: proyeksiyalar tekisliklarini almashtirish usuli
bilan yechiladigan masalalar, aylantirish usuli, parallel ko‘chirish usuli, egri
chiziqlar turlari, sirtlarning hosil bo‘lishi, ularni to‘g‘ri chiziq bilan kesishishi,
sirtlarga urinma o‘tkazish, sirtlarni tekislikka yoyish va sirtlarning o‘zaro
kesishishi: aylanish sirtlarning o‘zaro kesishishi, topografik sirt va geometrik
sirtlarning o‘zaro kesishishi va aksonometrik proyeksiyalar haqida batafsil
ma’lumotlar berilgan.
40
Do'stlaringiz bilan baham: |