Traktorli kranlar
ko‘chish bilan bog‘liq maxsus ish turlarini yo‘l mavjud
bo‘lmagan sharoitlarda bajarishda qo‘llaniladi. Kranlar buriladigan va quvur
o‘rnatuvchi kranlarga bo‘linadi. Ular seriyali gusenitsali traktorlarga montaj
qilinadi. Traktorli buriladigan kranlar 1..6,3 tonna kichik yuk ko‘taruvchanlikka
ega bo‘lib, strelasining maksimal qulochi 10 m gacha bo‘ladi.
Quvur o‘rnatuvchi kranlar maxsus traktorli kranlarni ifoda etib, ularda strela
traktorning yon tomoniga o‘rnatiladi. Ular quvurlarni transheyalarga yotqizish
uchun mo‘ljallangan bo‘lib, parallel ravishda tozalash va izolyatsiya qiladigan
mashinalarning ishini ta’minlaydi, quvur o‘tkazgichlar qurilishida turli ko‘tarish-
transport operatsiyalarini amalga oshiradi. Ular burilmaydigan mashinalar bo‘lib,
strelaning traktor yon tomoniga o‘rnatilganligi ularga ishchi holatda transheya
yoqasi bo‘ylab harakatlanish imkonini beradi. Bunday kranlarning yuk
ko‘taruvchanligi 63 t gacha, strelasining maksimal qulochi 7,5 m gacha yetadi.
378
8.4.2 Minorali kranlar
Minorali kranlar fuqaro va sanoat qurilishida qo‘llaniladi. Kranlarning turli-
tumanligini hisobga olib, ularni bir nechta sinflarga ajratish mavjud. Minorali
kranlar qurilish maydonida o‘rnatilish usuliga, yurgizuvchi qurilmasining turi
bo‘yicha, minoralari va strelalariga qarab sinflarga bo‘linadi.
O‘rnatish usuliga ko‘ra kranlar statsionar, ko‘chadigan va o‘zi ko‘tariladigan
kranlarga bo‘linadi. Statsionar kranlar poydevorga o‘rnatiladi va qurilish
maydoniga bir joydan turib hizmat ko‘rsatadi. Tiklanayotgan binoning va mos
ravishda kranni balandligiga qarab statsionar kranni qo‘shimcha tarzda barpo
etilayotgan bino karkasiga mahkamlash taqoza etiladi, bunday holatda u tiralgan
(tirkama) kranga aylanadi. Bir qator vaziyatlarda tirkama kran mumkin bo‘lgan
ma’lum bir balandlikgacha tayanch qismi bilan ko‘chuvchan kranga o‘xshab
harakatlanishi mumkin.
O‘zi ko‘tariladigan kranlar deb barpo etilayotgan bino konstruktsiyalariga
o‘rnatiladigan va o‘zining mexanizmlari yordamida barpo etilayotgan binoning
balandligiga qarab yuqoriga kuchirilishi mumkin. Tiralgan va o‘zi ko‘tariladigan
kranlar asosan ko‘p qavatli binolar qurilishida qo‘llaniladi.
Ko‘chma minorali kranlarning tayanch qismi siljiydigan arava ustiga
o‘rnatiladi, bu arava kranning harakatlantiruvchi mexanizmi yordamida po‘lat
g‘ildiraklari bilan rels bo‘ylab harakatlanadi, statsionar kranlarning tayanch qismi
monolit asos o‘stiga o‘rnatilgan ramadan iborat bo‘ladi.
Qo‘llaniladigan minoralari turiga ko‘ra kranlar minorasi buriladigan va
burilmaydiganga ajratiladi. Minorasi buriladigan kranlarda tayanch-buruvchi
konstruktsiya uning yurish qismiga yoki portalga joylashtiriladi. Burilganda yurish
qismidan tashqari butun kran aylanadi. Minorasi burilmaydigan kranlarda tayanch-
buruvchi konstruktsiya minoraning tepa qismida joylashtiriladi. Bunday guruhdagi
379
kranlarda faqat uning strelasi, tepa qismi va mexanizmlar va posangi
joylashtirilgan muvozanatlovchi konsol aylanadi.
Strela qulochini o‘zgartirish usuli va strela turiga bog‘liq ravishda minorali
kranlar strelasi ko‘targichli va balkalilarga bo‘linadi. Ularda qulochning o‘zgarishi
strelali chig‘ir va strelali polispast vositasida strela qiyaligining o‘zgarishi bilan
amalga oshiriladi, yoki bunday o‘zgarish yuk aravachasi (karetka ) ning strela
bo‘ylab tortqili chig‘ir yordamida siljishi bilan bajariladi.
Buriladigan platformali harakatlanuvchan kranlarning ustivorligini
ta’minlash uchun yoki burilmaydigan kranlarni ustivorligini ta’minlash uchun
minorasining pastki qismida ballast o‘rnatiladi.
Minorali kranlarning fazilatlari:
kran boshqaruvchisiga montaj zonasining yaxshi ko‘rinishi;
strelaning yuqori blandlikda joylashganligi, shu sababli
strelaning qurilayotgan ob’ekt konstruktsiyalariga tegib ketmasligi;
foydalanishda (ekspluatatsiya) oddiyligi va ishonchliligi;
ishchi zona chiziqli o‘lchamlarining kattaligi.
Minorali kranlarning kamchiliklari – harakatlanadigan kranlar uchun kran
osti yo‘llarini qurish va statsionar kranlar uchun esa maxsus tayyorlangan tayanch
yuzani qurish zaruriyatlari, yangi bazaga ko‘chirishda montaj va demontaj qilish,
tashishdagi murakkabliklar.
Minorali kranlar fuqaro va sanoat binolari hamda inshootlarini montaj
qilishda qo‘llaniladi. Minorali kranlarni tashish, montaj va demontaj qilishga
nisbatan yuqori mablag‘ sarflanishini talab etilishi, kran osti yo‘llarini qurish
zaruriyati, ularni qo‘llash sohasini – konstruktsiyalarning katta hajmini hamda
baland va uzun binolarni montaj qilishini aniqlab beradi.
Minorali kranlarni ishlab chiqaradigan eng yetakchi firmalardan biri
“Poteyn” frantsuz firmasi deb hisoblanadi, u kranlarning 70 ortiq modellarini
chiqaradi (8.22. - rasm). Asosan kranlarni uchta modifikatsiyasini chiqariladi.
380
Katta bo‘lmagan, yengil, yuqorimobilli (yuqori harakatchan), unikal
konstruktsiyaga ega bo‘lgan “Lgo” modelidagi kranlarga talab va ehtiyoj kattadir.
Bu seriyadagi Lgo-18 krani 1800 kg bo‘lgan maksimal yuk ko‘taruvchanlikka ega,
22 m balandlikka ko‘tarilganda guseklarga tushadigan yuk (kuch) 700 kg ni tashkil
etadi. Ilmoq ostidagi balandlik 19 m ni, orqa qismining burilish radiusi 1,6 m ni
tashkil etadi. Baqquvvat MD 2200 kranining yuk ko‘taruvchanligi 22 t, bunda
ko‘tarilish balandligi 80 m ni tashkil etadi. Poteyn firmasi o‘zi ko‘tariladigan
kranlarning to‘liq spektrini ishlab chiqaradi.
8.22 rasm. Minorali kranlarning sxemalari:
a – “Poteyn” MD 265; b – “Poteyn” MR 300; v – KB-405; g – KBk-160.2
Italiyaning “Gru Komedil” kompaniyasi tomonidan chiqariladigan kranlar
keng hurmatga sazovor bo‘lmoqda. Ushbu kompaniya strelasining uzunligi 35 m
381
dan 70 m gacha bo‘lgan minorali kranlarning tuliq spektrini ishlab chiqarmoqda.
Kompaniya mahsuloti minorali kranlarni turtta seriyaga ajratish mumkin, bunda
ularning hammasi konstruktsiyalarning umumiy elementlari va texnik yechimlariga
ega ekanligini alohida ta’kidlash joizdir. Kranlarning birinchi seriyasi shaharning
qurilib bo‘lgan qismida joylashgan ob’ektlarga xizmat ko‘rsatish uchun
mo‘ljallangan. Barcha kranlar katta bo‘lmagan o‘lchamlarga ega, tashishda yengil
va tez montaj qilinadi. Konkert modelga bog‘liq ravishda strela o‘lchamlari 20 m
dan 50 m gacha bo‘ladi, yuk ko‘taruvchanligi 6 t gacha yetadi.
Bu firmaning MSA rusumli kranlari o‘rta o‘lchamlardagi ob’ektlar uchun
mo‘ljallangan. “Gru Komedil”ning hamma kranlari kabi bu kran ham
elementlarining shtiftli biriktirilishi evaziga ular yengil montaj va demontaj
qilinadi. MSA kranlari baqquvat va ishonchli mashinalar sarasiga kirib strela
uzunligi 35...55 m bo‘lganda yuk ko‘taruvchanligi 6 t bo‘ladi.
ST seriyali kranlar yirik qurilish ob’ektlari uchun mo‘ljallangan. Bunday
kranlar yuqori ish unumdorligi va montaj tezligiga ega bo‘lishi bilan maksimal yuk
ko‘taruvchanligi 20 t va strela uzunligi 42...70 m gacha bo‘ladi. “Gru Komedil”
firmasining keyingi STL avlodi shaharlarning qurib bo‘lingan qismlaridagi katta
ob’ektlarda qurilish-montaj ishlarini bajarishga mo‘ljallangan bo‘lib, u yerda katta
yuk ko‘taruvchanlik va uzun bo‘lmagan strela talab etilgan vaziyatlarga
mo‘ljallangan. Strela o‘lchamlari 30...55 m bo‘lgan STL seriyasidagi kranlarning
maksimal yuk ko‘taruvchanligi 20 t gacha yetadi.
Chet el firmalarining zamonaviy minorali kranlarning katta parkiga
“Retakran” kompaniyasi ega bo‘lib, bu kompaniya yuk ko‘taruvchi qurilish
jihozlarini arendaga berish bilan shug‘ullanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |