372
variantda esa strelalar yuklangan ishchi holatda
ham bir yoki bir nechta
sektsiyalarning surilib chiqarilishi evaziga o‘zgartiriladi.
8.21.rasm. O‘zi yurar kranlarga urnatiladigan strelali uskunalar
a – v – bosh qismi bikr mahkamlangan strelalar; g – teleskopik strela; d –
tumshuq
(tirgakli strela); ye, j – boshqariladigan va boshqarilmaydigan guseklar; 3 – ayrisimon kallak.
Hamma turdagi strelali uskunalar ikkinchi ilmoqni ishga tushiradigan
guskalar bilan ta’minlanishi mumkin. Minorali-strelali uskuna kran qurilish
maydoniga o‘rnatilgandan keyin unga montaj qilinadi.
Kranlar
ancha uzunlikdagi
strelala
r,
guskalar
bilan jihozlanishi mumkin,
ular strelaning katta bo‘lmagan qiyaligida ilgakning qulochi uzunligini uzaytirish
imkonini beradi. Bu kranlarga universallikni beradi,
chunki bunday kranlar turli
balandlikdagi binolarni montaj qilish, strelalarning har xil qulochida turli massali
elementlarni ko‘tarish imkonini beradi. O‘zi yurar kranlar ishchi jihozlari va
minora-strelali
uskunalari bilan universal bo‘lib, bunday jihozlar bilan og‘ir
gusenitsali montaj kranlari qurilish maydonida o‘zining bo‘lish muddatining 80%
373
ni ishlash bilan o‘tkazadi. Minora-strelali jihoz (strela va guska) strelali chig‘ir va
yordamchi ko‘tarish chig‘iri yordamida montaj va demontaj qilinadi.
Keyingi yillarda
teleskopik strelali o‘zi yurar kranlar
juda keng ko‘lamda
qo‘llanilmoqda. Bunday kranlarning mobilligi ularning bitta qurilish maydoni
chegarasidagi bir necha ob’ektlarga xizmat ko‘rsatish imkonini beradi. Bunday
guruxdagi kranlar boshqa qurilish maydoniga yengil va tezda ko‘chib o‘tadi,
shuningdek ular tezlik bilan ishchi holatga tayyorlanadi (keltiriladi). O‘zi
yurar
bunday kranlar yerdan yukni kutargan holda 0,5...0,3 km/soat tezlikda harakat qilib
ham manevrlana olishga ega.
O‘zi yurar strelali kranlardan eng harakatchani – bu avtomobil va
pnevmog‘ildirakli kranlar bo‘lib, ular tegishlicha 75 km/soat va 35 km/soat
tezlikda harakatlanadi. Biroq avtomobil va pnevmog‘ildirakli kranlar asosan
chiqariladigan tayanchlardan foydalanilgan holatda ishlaydi.
Shuning uchun bu
kranlar yukni kutargan holda harakatlandagi yukni massasi ancha kam
chiqariladigan tayanchlardagi yuk ko‘taruvchanligiga qaraganda,
bu esa ularning
qo‘llanish doirasini sezilarli ravishda kamaytiradi. Bundan tashqari chiqariladigan
tayanchlarni o‘rnatish vaqt yo‘qotilishi va kranlarning harakatchanligining
kamayishi bilan bog‘liqdir.
Gusenitsali kranlar yaxshi o‘tuvchanlik va harakatchanlikka ega bo‘lib, ular
yuk osilgan turli uzunlikda chiqib to‘ruvchi strelalar bilan harakatlana oladi.
Shuning uchun og‘ir konstruktsiyalarni montaj qilishda gusenitsali kranlardan
ko‘proq foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: