367
Geodezik ishlar uchun
lazer texnikasi
– lazer-teodolitlar, nivelirlar, vertikal
proektsiyalash asboblari, o‘zoqni o‘lchash asboblari, taxeometrlar qo‘llaniladi.
Ko‘p qavatli binolarni montaj qilishda o‘qlarni rejalash ishlarini bajarish uchun
lazerli tizimni qo‘llash printsipi bino tsokol qavati sathida yo‘naltirilayotgan lazer
nuri harakatlanish yo‘li bo‘yicha maxsus aks ettiruvchini joylashtirish va shunga
o‘xshash qator aks ettiruvchilarni joylashtirish (ko‘rsatish)hamda bino bo‘ylama
o‘qi bo‘yicha lazerli teodolitni joylashtirishdan iborat.
Lazer nuri pastki aks
ettiruvchiga to‘shadi, undan to‘g‘ri burchak ostida yuqori aks ettiruvchiga o‘tadi,
so‘ngra montaj qilinadigan elementlarga, masalan ustunlaro‘rnatilgan o‘rnatilgan
qabul qilish apparatiga yo‘naltiriladi. Ustunlarga maxsus aks ettiruvchilar o‘rnatish
mumkin, ular nurning og‘ishi bo‘yicha elementning aniq o‘rnatiganligini nazorat
qilish imkonini beradi.
Lazerli texnikaning qo‘llanilishi montaj ishlari sifatining nazorat qilishini
sezilarli ravishda soddalashtirish imkonini beradi. Lazer nuri bilan proektsiyalash
masofaga bog‘liq bo‘lmaydi va mavjud bo‘lgan geodezik
asboblarga qaraganda
ancha aniq natijalarni olish imkonini beradi.
Binolar va inshootlarning ishonchli hamda yuqori sifatda barpo etilishini
ta’minlash uchun yig‘ma elementlarning loyihaviy holat bo‘yicha aniq
o‘rnatilishida doimiy geodezik nazorat katta ahamiyat kasb etadi. Montaj qilingan
elementlar turlari bo‘yicha, qamrovlar va qavatlar bo‘yicha ijroviy tasvir
(s’yomka) – konstruktsiyalarning rejadagi va balandlik bo‘yicha haqiqiy holatini
geodezik tekshirishi olib boriladi. Geodezik tasvirga olish (s’yomka) natijalari
asosida ijro chizmasi to‘ziladi, bu chizma bo‘yicha montaj aniqligi baholanadi.
Konstruktsiyalarning to‘g‘ri o‘rnatilganligi oldin chizilgan o‘q
chiziqlari, va
boshqa chiziq hamda sathiy belgilar bo‘yicha geodezik asboblar va shablonlar
yordamida tekshiriladi.
Yirik panelli binolarni montaj qilish vaqtida o‘rnatilgan konstruktsiyalarning
loyihaviy holatdan og‘ishi bo‘yicha har bir qavat uchun ijro sxemasi tuziladi.
368
Konstruktsiyalarning to‘g‘ri o‘rnatilganligini tekshirish uchun o‘qlar va
orientirlovchi o‘q belgilarini belgilash vaqtidayoq o‘q belgilariga nisbatan
konstruktiv elementlarning joylashishi hisoblanadi, yoziladi va belgi chiziqlardan
qanday masofada joylashishi belgilanadi. Element o‘rnatilgandan va
mahkamlangandan keyin masofalar o‘lchanadi va loyihaviy o‘lchamlardan chetga
chiqishlar (og‘ish) hisoblanadi. Bu masofa ijroviy planga olish sxemasiga ham
yoziladi, uning qiymati bo‘yicha montaj aniqligi va sifati to‘g‘risida
xulosalar
chiqariladi.
Binoni barpo etilishiga qarab yuk ko‘taruvchi panellarning o‘qlarga
qanchalik mos holatda o‘rnatilganligining ijro tasvir (s’yomka)lari tuziladi. Shu
ma’lumotlarga muvofiq ravishda navbatdagi qavat montajida konstruktsiyalar
holatiga zarur bo‘lgan o‘zgarishlar kiritiladi.
Karkasli binolarni montaj qilishda navbatdagi yarusning ustunlari
o‘rnatilgandan keyin ushbu ustunlarni o‘rnatish bo‘yicha ijro sxemasi to‘ziladi. Bu
sxemada har bir yarusdagi har bir ustun markaziga qo‘yilgan ustun tayanch
yuzalarning sathiy belgisi fiksatsiya qilinadi. Bunda
ustunlarning bino reja
o‘qlaridan qanchalik siljiganligi hisoblanadi, bu siljish hamma ustunlarning
to‘rttala qirralari bo‘yicha tekshiriladi va ustunning tegishli qirralari bo‘yicha
aniqlangan siljish sxemaga yoziladi (kiritiladi).
Baland yakka ustunlarning vertikalligi ular o‘rnatilgandan keyin ikkita
teodolit
yordamida aniqlanadi, bu teodolitlar binoning raqamlar va harflar bilan
belgilangan o‘qlari bo‘yicha to‘g‘ri burchak ostida joylashtiriladi. Ikkala
teodolitning chiziq (ip)lari kesishgan joyi xochlari poydevor stakani va ustunning
pastki qismida belgilangan o‘q belgilariga to‘g‘irlanadi; so‘ngra teodolitning
quvuri ustunning yuqori qismidagi o‘q belgisigacha ohista ko‘tariladi.
Iplar
kesishgan joy xochning yuqori o‘q belgisiga mos to‘shganligi ustunning vertikal
holatda o‘rnatilganligini anglatadi. Ustunlar qatorining vertikalligi tekshirilgandan
keyin ular konsollarining yuqori yuzasining holati va yon tomoni nivelir
369
yordamida tekshiruvdan o‘tkaziladi, bu yuza yuqoridagi elementlar uchun tayanch
deb hisoblanadi.
8.20. - rasm. Montaj mexanizmlarining asosiy turlari:
1 – montaj strelasi; 2 – montaj machtasi; 3 – machta- strelali vantali kran; 4 – shevr; 5 –
gidravlik portalli ko‘targich; kranlar: 6 – tirab qo‘yiladigan; 7 – o‘zi yurar tirab qo‘yiladigan; 8 –
o‘zini ko‘taruvchi; 9 – strelali minorali; 10 –
minorali blok strelali; 11 – minorali sharnir-
370
bo‘g‘inli strelali; 12 – minorali minorasi o‘stiriladigan; 13 – gusenitsali o‘zi yurar strelali kran;
14 –minora – strelali jihozlar bilan ta’minlangan gusenitsali o‘zi yurar kran; 15 – guskasi
boshqariladigan o‘zi yurar pnevmog‘ildirakli kran; 16 – teleskopik strelali o‘zi
yurar
pnevmog‘ildirakli kran.
Do'stlaringiz bilan baham: