363
Qo‘yimlarni belgilashdan maqsad konstruktsiyalarni aniq yig‘ishni
ta’minlashdan iborat bo‘lib, bunda tayyorlangan elementlarga bog‘liq bo‘lmagan
holda aniq geometrik parametrlar bilan ulardan bino va inshootlar
konstruktsiyalarini yig‘ish mumkinligini kafolatlab, undagi geometrik parametrlar
konstruktsiyalarga qo‘yiladigan foydalanish talablarga mos bo‘lishi kerak. Montaj
jarayonlarini baholavchi miqdoriy tavsif bu yig‘iluvchanlik darajasi bo‘lib, u
elementlarni tanlash, ularning parametrlarini to‘g‘irlash va tartibga solish bo‘yicha
qo‘shimcha operatsiyalarni bajarmasdan baholaydi.
Konstruktsiyalarnngi yig‘iluvchanligi elementlarni aniq tayyorlash,
shuningdek geodezik rejalash ishlari va elementlarni o‘rnatishga bog‘liq.
Xuddi
shu jarayonlar uchun texnologik qo‘yimlar dopusklar belgilanadi.
Elementlarni tayyorlash texnologik qo‘yimlariga elementlarning chiziqli
o‘lchamlari, shakllari va sirtlarning o‘zaro joylashish holatlari kiradi. Chiziqli
o‘lchamlarining qo‘yimlari ularni uzunligi, eni, balandligi, qalinligi bo‘yicha
hamda elementga chiziladigan orientirni aniqligini tartiblashtiradi.
Sirtlar
shakllarining aniqligi to‘g‘ri chiziqlilik qo‘yimlari va tekisliklik qo‘yimlari bilan
tavsiflansa, sirtlarning o‘zaro joylashish qo‘yimlari – perpendikulyarlik qo‘yimlari
bilan tavsiflanadi.
Rejalash jarayonlarining aniqligi plandagi o‘qlarni (nuqtalarni) rejalash
qo‘yimlari, o‘qlarni vertikal bo‘yicha uzatish, shuningdek rejalash qo‘yimlari va
balandlik belgilarni uzatish bilan tavsiflanadi.
Yig‘ma konstruktsiyalarning aniq urnatilganligi orientirlarning (nuqta,
chiziq va yuzalar) qo‘yimlari va elementlarni simmetrik o‘rnatish qo‘yimlari bilan
nazorat qilinadi
Bino elementlari montajining erkin usulida o‘rnatish aniqligi jarayonlarni
bajarishda qo‘llanadigan texnologik usullar,
montaj moslamalari va asbob-
uskunalariga hamda aniqlikni nazorat qilishning metodlari va vositalariga bog‘liq
bo‘ladi. Montaj aniqligini nazorat qilishning 6 ta sinfi o‘rnatilgan.
364
Aniqlikning birinchi sinfi element yuqori qismini loyihaviy holatga
o‘rnatishda regulirovka qiladigan montaj moslamalari (tirgaklar, yon tirgak
ustunlar, konduktorlar, domkratlar va h.z.lar) yordamida bir nechta harakat
yordamida to‘g‘irlash orqali ta’minlanadi. Bunda o‘rnatish o‘q belgilarining mos
tushish aniqligi teodolit yordamida nazorat qilinadi.
Aniqlikning ikkinchi va uchinchi sinflarida elementlarni o‘rnatish aniqligini
shovun, shovun-reyka, reyka – shayton va shunga o‘xshash boshqa oddiy o‘lchov
vositalari bilan nazorat
qilish bilan erishiladi, bu vositalar bilan
regulirovkalanadigan montaj moslamalari va montaj lomi bilan me’eriga yetkazib
to‘g‘irlanadi.
To‘rtinchi va beshinchi aniqlik sinfida elementni to‘g‘irlash montaj kranidan
foydalangan holda ta’minlanadi. Bunda nazorat qilish shovun yordamida amalga
oshiriladi. Oltinchi sinf aniqligida elementni o‘rnatish bir harakatda amalga
oshirilib sifatni nazorati vizual olib boriladi.
Yig‘ma konstruktsiyalarni o‘rnatishning ikki usuli mavjud: erkin va erkinligi
cheklangan. Montajning erkin usulida konstruktsiyalarni orientatsiya qilish va
o‘rnatish montajchilar va kran mashinistining o‘zaro birgalikdagi harakatlari bilan
erishiladi. Konstruktsiyalarning holati o‘rnatiladigan
elementlarni oldin
o‘rnatilganlari bilan bog‘laydigan tirgaklar, strubtsinalar, yakka konduktorlar
yordamida to‘g‘irlanadi. Bunda aniq o‘rnatish montajchining malakasiga bog‘liq
bo‘ladi.
Cheklangan-erkin usulda konstruktsiyalarning ko‘chishi bir yoki bir nechta
yo‘nalishlar bo‘yicha limitlashtirilgan. Bunday cheklashlar uchun tayanchlar,
fiksatorlar, guruhli konduktorlardan foydalaniladi.
Bu metod montajchilarning
ishini ancha soddalashtiradi, montaj aniqligining oshishishiga yordam beradi va
kran hamda ishchilarning elementni o‘rnatishga sarflanadigan ish vaqtini
qisqartiradi. Usulning kamchiligi – moslamalarga ko‘p metall sarflanishi, bu
moslamalarni o‘rnatish va demontaj qilishga ko‘p mehnat talab etuvchanligi.
365
Yirik panelli binolarni qurishda rejadagi loyihaviy
holatdan chetga chiqish
devorlar uchun 5 mm gacha, yuqori tayanch yuzalar balandlik bo‘yicha 10 mm dan
kam bo‘lmagan xatoliklar bilan tekislanadi, ko‘rinib turuvchi sirt-yuzalar esa 5 mm
xatolik bilan to‘g‘irlanishiga yo‘l qo‘yiladi. Panellar va pardevorlar o‘qlarining
pastki kesimdagi ajratuvchi o‘q belgilaridan chetga siljishi 3 mm dan oshmasligi
kerak. Ichki yuk ko‘taruvchi devor panellarining bir birining ustiga
joylashtiriladigan vertikal o‘qlari mos tushishi lozim; bu panellar o‘qlarining mos
tushishi 10 mm ortiq bo‘lmagan xatolikda yo‘l qo‘yiladi. Ora yopma va tom
yopma plitalarining tayanchlarda rejadagi loyihaviy holatidan chetga siljishi yo 20
mm dan oshmasligi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: