346
apparatlari, transformatorlar, kompressorlar,
korroziyaga qarshi
qoplamalarni sepadigan apparatlar, choklar va tirqishlarni
germetiklashtirish asboblari va hokazolar;
konstruktsiyalarni vaqtinchalik mahkamlash va to‘g‘irlash
uchun zarur bo‘lgan montaj moslamalari – konduktorlar,
tirgaklar,
tayanchlar, tirgovuchlar, strubtsinalar;
montajchilarning ish joyini o‘zgartirish uchun zarur bo‘lgan
jihozlar – narvonlar va shotilar, so‘rilar, kajavalar, osma maydonchalar.
8.3.1. Yig‘ma elementlar o‘rnatiladigan joylarni tayyorlash
Poydevorlarni montaj qilishdan oldin zaminning tayyorlik holati tekshiriladi,
aynan, zaminning sathiy belgisi, uning gori-zontalligi nazorat qilinadi, zarur
bo‘lgan hollarda zaminni tekislash amalga oshiriladi.
Ustunlar va poydevor
to‘sinlarini montaj qilishdan oldin poydevorlarni tayyorlash konstruktsiyalar
o‘lchamlarining to‘g‘riligi va poydevorlarga qo‘yiladigan po‘lat ustunlarni
o‘rnatishga mo‘ljallangan ankerli boltlarning to‘g‘ri o‘rnatilganligi tekshiriladi.
Poydevor o‘qlari holatining to‘g‘riligi, temirbeton boshmoklardagi stakanlar sathi,
gorizontal belgilar va sathlar geodezik asboblar yordamida tekshiriladi.
Bir qavatli sanoat binolarining ustunlarini o‘rnatish vaqtida ustun
konsollarining gorizontalligi alohida nazorat qilinadi, chunki ularning ustiga kran
osti to‘sinlari o‘rnatiladi. Bunga poydevor stakaniga
beton aralashmasini quyish
yoki unga (stakanga) 1 va 2 sm li armotsementli qo‘yilmalarni joylashtirish
evaziga erishiladi.
Yig‘ma konstruktsiyalar o‘rnatiladigan joylarni tayyorlash zaminni tozalash,
o‘rnatish joyini belgilash hamda ko‘pchilik temirbeton elementlar uchun beton
aralashma to‘shamasini quyishni o‘z ichiga oladi. Konstruktsiyalarni juda aniq
347
o‘rnatish orqali sifatli choklar hosil qilishga erishiladi, bunda ushbu konstruktsiya
darhol loyihaviy holatni egallaydi. Agar to‘g‘rilash natijalariga ko‘ra o‘rnatilgan
elementni beton aralashmasi to‘shamasidan olishga to‘g‘ri kelsa, u holda bu beton
aralashma to‘shamasi olib tashlanadi va elementni qayta o‘rnatishidan oldin yana
beton aralashmasi to‘shamasi
yotqiziladi, bu to‘shama yaxshi tekislanadi, zamin
yuzasi bo‘yicha bir tekis taqsimlangan holda bir xil balandlikda yotqiziladi.
Elementlarni ko‘tarishga tayyorgarligi uning tashqi ko‘rinishi bo‘yicha
yaroqli ekanligi,
uni tozalash, o‘lchamlarini tekshirish va ularga o‘q belgilari
chizilishidan iborat. Tashqi tekshiruvda betonda singan joylar va yoriqlarning
borligi, montaj ilmoqlarining to‘g‘ri o‘rnatilganligi, payvandlash quyma metall
detallarida, shtrablarida, montaj ilmoqlari uchun mo‘ljallangan
uyacha
(teshik)larda beton qoldiqlarining bor yoki yo‘qligi tekshiriladi. Ruxsat etilgandan
yuqori bo‘lgan yoriq va boshqa nuqsonlarga ega bo‘lgan detallar yaroqsiz deb
topiladi. O‘q belgilari betonli yuzalarga yumshoq qora qalam bilan, metall qo‘yma
detallarga zubila va bolg‘a bilan chiziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: