342
Osma narvonlar
3,7 va 2,8 m balandlikda ehtiyot
qiluvchi korzinali va
ehtiyot qiluvchi korzinasiz ko‘rinishda ishlab chiqariladi; ular ustunlardagi
oldindan yerda o‘rnatilgan maxsus xomutlarga osiladi yoki ustunlardagi
payvandlash qo‘yma detallariga mahkamlanib osiladi. Xomutlar ikki xilda bo‘ladi
– normal holatdagi ya’ni ustunlarning kran osti konsol qismiga mahkamlanadigan
va yengillashtirilgan holatdagi ustunlarning tom yopmasi fermalari yoki to‘sinlari
mahkamlanadigan qismiga osish uchun mo‘ljallangan xomutlardan iboratdir.
Osishning asosiy usuli – bu narvonlarning yuqorigi ilmoqlarini konstruktsiyalarga
ildirishdan iboratdir. Xomutlarni ustunlarga turli enlikda osish mumkin; xomutlar
konstruktsiyasining kamchiligi – bu montaj ishlari tugagandan keyin ularni yechib
olishning murakkabligidir.
Temirbeton ustunlarga so‘ri va narvonlarni
mahkamlab osishni ulardagi
payvandlash qo‘yma detallariga payvandlash orqali amalga oshirish ancha
qulaydir. Po‘lat ustunlar uchun ham xuddi shunday osma elementlar qo‘llanniladi,
lekin ular payvandlash detallariga emas balki bevosita ustunga payvandlanadi.
To‘sinlarga osiladigan montaj kajavalari to‘sinlarni montajli boltlarga
dastlabki o‘rnatilgandan keyin loyihaviy holatida mahkamlash uchun
mo‘ljallangan. Stropila yoki stropila osti fermalarining (po‘lat yoki temirbeton)
yuqori belbog‘iga osiladigan kajavali narvonlar bog‘lamalar, progonlar,
tirgaklar
va monorelslarni mahkamlab o‘rna-tishda qo‘llanadi. Narvonlar fermalarning
gorizontal yoki qiya belbog‘lariga mahkamlanadi, kajavalar esa ularga ya’ni
narvonlarga istalgan balandlikdagi pog‘onasiga ilgaklar yordamida osiladi. Bundan
tashqari kajavalarni fermaning o‘ziga mustaqil ravishda bevosita osish mumkin.
O‘rta va og‘ir ustunlarni montaj qilishda ularni ko‘tarishdan oldin ularga
montaj narvonlari va maydonchali so‘rilar osiladi.
Narvonlar alohida zvenolar
ko‘rinishida tayyorlanib uzunligi 4 m gacha bo‘ladi.
Birinchi ikkita ferma montaj qilinishidan oldin ularga montajchilar ushlab
yurishlari uchun xizmat qiladigan po‘lat armaturadan yasalgan tutqichlar
343
vaqtinchalik biriktiriladi. Bundan tashqari montajchilarning xavfsiz ishlashini
ta’minlash
maqsadida stropila, stropila osti fermalari va kran osti to‘sinlari
balandligining o‘rta qismida himoyalovchi arqonlar tortiladi. Tom yopmasining
chetki plitalarini o‘rnatishda, ularni ko‘tarishdan oldin ularning chetiga
strubtsinalar yordamida vaqtinchalik to‘siq elementlari mahkamlanadi.
Ishchilarni balandlikka (kran osti balkalari, bino tom yopmasi elementlari va
b. ustiga) chiqarishda balandligi 42 m gacha bo‘lgan inventar zinali narvonlar
qo‘llaniladi. Bunday narvonlar binoning tashqi konturi bo‘yicha
va uning
ichkarisiga o‘rnatiladi. Ushbu narvon uzunligi 6,9 m bo‘lgan sektsiyalardan tashkil
topadi, uning (sektsiyaning) rejadagi o‘lchami 1,7x3 m dan iborat bo‘lib, ular
balandligi bo‘yicha flanetsli boltli birikmalarga ega bo‘ladi. Narvon bino karkasiga
9,2 m dan katta bo‘lmagan oraliqlarda mahkamlanadi.
Ancha baland bo‘lgan bino va inshootlarni barpo etishda inventar yuk-
passajir ko‘targichlardan foydalanish maqsadga muvofiq bo‘lib, ularni ishchilarni
ko‘tarish uchun zarur bo‘lgan joylar va kichik yuklarni ko‘tarish uchun kerak
bo‘lgan joylarda o‘rnatish taqozo etiladi.
Keyingi yillarda qurilish maydonlarida ko‘plab
Do'stlaringiz bilan baham: