egallashga undaydi.
Aeroplanning uchar otga o'xshab ketishi bolaning xayoliga muvofiq
keladi. Shoir aeroplan talqinida bolani uni minib olishga, «Fanning eng
cho'qqisi»ga uchirib olib borishga chaqiradi. Bunday havas ishtiyoqi yosh
yurakni to'lqinlantiradi va bola samolyot minishga qat Чу ahd qiladi.
Shoir «Bari seniki» she' rida yuksak vatanparvarlik g'oyasini ilgari suradi.
Ayni choqda, o'z xalqining baxtini, go'zal Vatanning istiqbolini kuylagan
shoir hayotga bo'lgan muhabbatini Vatanga bo'lgan muhabbati tuyg'usi
bilan yonma-yon ko'radi, bolalaiga ikkovini bir butun holda tushuntiradi.
Buni shoir bola tilidan quyidagicha ifodalaydi:
Muncha ham chiroylisan, aziz Vatanim,
Bodomday ming ko ‘z bilan sevar badanim.
Sensan awal oxir, sensan sevganim,
Jonim, yurak qonim, hatto shu tanim,
Bir butun holicha bari seniki.
«Ahmad yomon bola emas-ku, ammo...» she'rida Ahmad obrazi orqali
«Sog'lom tanda—sog‘ aql» maqolidagi mazmunni o'ziga xos obrazli tarzda
yoritadi. Shoirning mahorati shundaki, shartlilik asosida Ahmadning tana
a'zolarini jonlantiradi va Ahmad o‘z tozaligiga befarq qaragach, bu a' zolar
majlis qilib har biri so'zga chiqadi va egasidan norozi ekanliklarini aytib,
uni tanqid qiladi. G'afur G'ulom doktoming foydali maslahatlariga amal
qilgan Ahmadning keyinchalik ozoda, sog'lom va intizomligina bo'lib
qolmay, balki a'lochi o'quvchiga aylanganligini ishonarli tasvirlaydi:
Qo ‘llari ham sevinchidan chapakda,
Butun a ’zo bir-biriga ko'makda.
Endi Ahmad sog'lom, toza, a ’lochi
Me ’da kuchli, tishlari misli inju.
Do'stlaringiz bilan baham: |