N iz o m iy n o m id a g I to sh k en t davlat ped a g o g ik a universiteti mamasoli jumaboyev


partizan» poemasida qrimlik yosh partizan Viktor Korobkovning jasoratiga



Download 9,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/247
Sana14.04.2022
Hajmi9,92 Mb.
#552752
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   247
Bog'liq
jumaboyev mamasoli bolalar adabiyoti va falklori


partizan» poemasida qrimlik yosh partizan Viktor Korobkovning jasoratiga 
oid hujjatlardan foydalansa, Quddus Muhammadiy, Tolib Yo'ldoshlar 
urush sababchisi bo'lgan fashistlami folklordagi ya’juj-m a’jujlar kabi 
an’anaviy obrazlar tasviri orqali urushni la’natlaydilar. Ikkinchi jahon urushi 
qatnashchilari Ilyos Muslim va Shuhratlar fashistlaming kirdikorlarini o'sha 
voqealaming bevosita shohidlari sifatida hayotiy, ta’sirchan gavdalantirsalar, 
Tursunboy Adashboyev, Qambar Ota, Aziz Abdurazzoq, Shamsi Odil, 
Rauf Tolib, Qutbi Nosirova va boshqalar ko'proq otalar va bolalarning achchiq


xotiralari tarzida qalamga oladilar.
Tolib Yoidoshning «Bobom ertak aytsalar» she'ri bevosita urush 
qatnashchisining nevaralariga jang-jadallar haqidagi ertagi tarzida bitilgan. 
Bolalarga ertak tuyulgan bu voqealar aslida ertak emas, oddiy jangchining 
ko'igan-kechiiganlaridir.
«Qilich botir», «Alpomish», «Aldar ko‘sa» dostonlarini jon qulog'i 
bilan tinglagan bolalarning fashist bosqinchilari to'g'risidagi xikoyadan 
vujudlari larzaga keladi.
Bobo o'z gapini Gitlerning ta’rifidan boshlaydi:
Qo‘ng‘iz m o‘ylov, chalabosh,
Gitler degan alvasti,
Qilgan mudhish jinoyat,
Hech yoddan chiqmas asti.
Tag-tugi yo ‘q bu maxluq,
Odamxo ‘r ekan bilsak,
Nimalar qilmas edi,
Erkiga qo'yib bersak!..
Bobo n u tq id a g i no zik o 'x s h a tis h la r, ayniqsa, G itle rn in g
odamxo'rligi, tashqi ko'rinishining beo'xshovligi bolalar qulog'ini ding 
qiladi. She’rda bolalami hayratga solgan narsa Gitlerning ko'rinishigina 
emas, balki unga hikoyachining nafratli munosabati hamdir. Boboning 
Gitler boshliq fashistlar haqida hikoya qilayotib, g'azabdan yuzlarining 
oqarib, o'zgarishi tinglovchilarda ham, kitobxonda ham Gitlerga nisbatan 
nafrat uyg'otadi.
Yuqorida Vatan posbonlariningjasorati ko'proq o'zga shaxs, xususan, 
otalar, ukalar va bolalar tilidan hikoya qilinishiga to'xtalgan edik. Ota- 
onalaming farzandlari yoxud farzandlarning ota-onalari, ukalaming akalar 
bilan faxrlanishi, o'zlarini ular jasorati uchun qay jihatdandir daxldor 
hisoblashlari tabiiy holdir.
Ammo bu an’ana so'nggi yillar yoshlar she’riyatida o'zini oqlamayapti. 
Anvar Hojining «Men akamni kuzatdim», Habib Rahmatning «Askar 
ukasi», Fayzi Shohismoilning «Botir askar» she’rlarida akalarini harbiy 
xizmatga kuzatgan bolalarning ularga havasi; Shamsi Odilning «Ota meros», 
Rauf Tolibning «Ota izidan» she’rlarida bolalarning sodiqligi to'g'risidagi 
ahdu-paymonlari quruq bayon qilinadi.
H arbiy xizm atni o 'ta sh har bir yigitning m uqaddas burchi. 
Kichkintoylarning buni orziqib kutishi hech kimga sir emas. Binobarin, 
kichik qahramonlaming akalari bilan faxrlanishi, quyidagi parchalarda bayon 
etilgani kabi tezroq katta bo'lib, harbiy kiyimni kiyishni orzu qilishlari 
kishiga g'ayritabiiy tuyulmaydi.


Men ham ulg'ayib bir kun,
Akamlarga yetaman.
Bo'lib Vatan askari,
O'z burchimni o'tayman.
(«Men akamni kuzatdim»)
Vatanimni, Xalqimni
Ko'z qoramdek saqlayman,
Askar akamga o'xshab
El ishonchin oqlayman
(«Askar ukasi»)
Deyman tez-tez o'tsaydi
Immillamay yil,
Kattakon bo'lar edim
Sizlardek qoyil.
So'ng Vatan xizmatiga
Otlanib men ham,
Bo'lardim sizday botir
— Askar chinakam.
(«Botir askar»)
Bu yerda biz aytm oqchi boMgan gap uchta she’rdan olingan 
parch alard ag i m azm unning o'xshash ligidag in a em as, balki jajji 
qahramonlarning Vatan xizmatiga otlanishini orzu etishlariga sabab 
bo'layotgan vositalarning ham aynan o'xshashligidadir. Bizningcha, 
she’rlardagi kichkintoy qahram onlar akalarining harbiy qism safiga 
chaqirilishi yoki askarlami ko'rishni aytib, orzu qilishning o'zi yetarli emas. 
Qahramonlar qalbidagi sun’iy hissiyotning kitobxonga ko'chmasligi sirini 
shundan izlash kerak.
Ikkinchi jahon urushidan keyin o'tgan davr ichida o'nlab dostonlar, 
ertak, dostonlar maydonga keldi. Oybekning «Zafar va Zahro», «Bobom», 
Q. Muhammadiyning «Dunyoda eng kuchli nima?», «Solijon», Shukur 
S a'dullaning «Laqma it», «Ikki donishmand», Po'lat M o'm inning 
«O'rinbosarlar», «Eh, rosashirin ekan», «Xolning jiyron velosipedi», «Oltin 
nay», «Jalil eshitgan ertak», Qudrat Hikmatning «Toshbaqalar hujumi», 
«Bobo dehqon hangomasi», «Chovkar», «Chirchiq farzandi», Ramz 
Bobojonning «C ho'pon o 'g'li» , Safar Barnoyevning «Biz dehqon 
bolasimiz», «Oltin shahar haqida afsona», «Oltin oshiqlar», Miraziz 
A' zamning «Aqlli bolalar», «Bedananing buvisi», Tursunboy Adashboyevning 
«Dovonlar», «Harflaming saiguzashti», Toshpo'lat Hamidning «Asronqulning 
qo'chqori», Eigash Raimovning «Bir dona yaproq», Rauf Tolibning «Sehigar 
do'stim bor», «Maqtanchoq», Azim Usmonning «G'aroyib Ajdarho», Kavsar


Turdiyevaning «Toshkesaklar mamlakatida» kabilar shular jumlasiga kiradi.
Shoir Po'lat Mo‘min «Ko‘ngil istar yaxshilik» asarida bolalar o'rtasidagi 
do'stlik, birodarlik, o'qituvchi va jonajon maktabga muhabbat, birlik, 
baynalmilallik masalalarini ilgari suradi. Bolalar hayotida sodir bo'ladigan 
yutuq va kamchiliklar badiiy bo'yoqlarda, qiziqarli epizodlarda chizib beriladi. 
Bir so'z bilan aytganda, maktab o'quvchilarining jozibali hayoti zavq- 
shavq bilan tasvirlanadi.
Shoir eng avvalo yangi «mahallaning chiroyi» bo'lgan jonajon maktab 
binosi haqiqatan ham «bilim saroyi»ga aylanib ketganligini maroq bilan 
tasvirlaydi. Ana shundan keyingina o'quvchini bu yerda ta'lim-tarbiya 
olayotgan o'z qahramonlari bilan tanishtiradi. Dostonning har bir sahifasida 
ezgulik, olijanob insoniy fazilatlar qabartirilgan holda yoritiladi. Asarning 
asosiy syujet chizig'ini tashkil etgan O'ktam obrazi yosh kitobxonni o'ziga 
maftun etib oladi. U juda sho'x, olov qalbli. Tomda varrak uchirib yurib 
yiqilib tushgan, shuning uchun «miyasi sal lat yegan». Natijada asab kasaliga 
giriftor bo'lgan. O'ktam oqko'ngil, rostgo'y, haqiqatchi bola. U hayotga 
haqiqat ko'zi bilan qaraydi, boshqalaming ham shunday bo'lishini istaydi. 
Ammo o'zi o'qiydigan sinfda Tolibga o'xshagan ba'zi o'yinqaroq, qitmir, 
shoir so'zi bilan aytganda «olifta» bolalar uning jig'iga tegadi, asabini 
buzadi, kasalini qo'zg'aydi, sinfdan-sinfga o'tolmaganini yuziga soladi.
Yaxshi gapning shaydosi bo'lib qolgan O'ktamning kasali qo'zg'ab, 
yiqilib qolishi yosh kitobxonda O'ktamga nisbatan chuqur achinish, Tolibga 
nisbatan esa nafrat hissini uyg'otadi.
Bir necha kundan so'ng tuzalib ketgan O'ktam o'qishga sho'ng'ib 
ketadi.
Tolib o'qituvchi Shokir akaning kasal bo'lib qolganini eshitib, xursand 
boiadi, darrov o'yin-kulgi, bekorchilik haqida og'iz ko'pirtirib gap sotadi:
Shokir akamiz bu gal
Yaxshiyam bo'bdi kasal.
Darsga kelmasmush ancha,
О ‘ynaymiz xohlagancha,

deb ustoziga achinish o'rniga xursandchiligini bildiradi. Bu gap O'ktamga 
qattiq botadi. Shunda u Tolibni yaxshilikka chaqiradi, o'qituvchi-ustozga 
bunday munosabatda bo'lmaslik kerakligini uqtiradi. Ammo janjalkash Tolib 
bu gaplarga quloq solish o'rniga O'ktamning jig'iga tegadi, asabini buzadi, 
uni musht ko'tarishga majbur qiladi. Kasali qo'zg'agan O'ktam shifoxonaga 
tushib qoladi. Sinfdagi ayrim o'quvchilar Tolibni urib qochib ketdi, degan 
gap tarqatishadi. Faqat samimiy do'st Qodiigina bu gapga ishonmaydi. 
O'ktamning beozor, sofdil ekanligini isbotlashga urinadi.
Tolib O'ktam ustidan o'qituvchi-ustozlaiga arz qiladi. O'ktamning uyiga



Download 9,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   247




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish