10
I. KIRISH
1. Farmakologiya fanining maqsad va vazifalari. Uning boshqa tibbiy
fanlar orasidagi o‘rni
Farmakologiya tibbiyotning asosiy fanlaridan biri bo‘lib,
u shifokorni
o‘zining asosiy quroli
dorilar bilan tanishtiradi. U shifokor bemor organizmida
dorilar bilan nima qilayotganligini, katta yoki kichik dozalarda ulardan qanday
samaralar kutish lozimligini ko‘rsatadi.
Farmakologiya
lotincha
so‘zlar
birikmasidan
olingan
bo‘lib
(
pharmacon
dori,
logos
fan), dorilar to‘g‘risidagi fan degan ma’noni bildiradi.
Famakologiya turli xil kimyoviy birikmalarning tirik organizmlar bilan (Shu
jumladan odam va hayvon organizmlari bilan ham) o‘zaro ta’sirini o‘rganadi.
Uning eng asosiy vazifalaridan biri – yanada samaraliroq va xavfsizroq bo‘lgan
dori vositalarini izlab topishdan iboratdir.
Farmakologik tekshirishlarning doirasi juda keng. U dori moddalarning turli
murakkablikdagi biologik tizimlarga ta’sirini o‘rganishni o‘z ichiga qamrab oladi –
butun
bir organizmdan tortib, har bitta hujayragacha, va hattoki, hujayralarning
tarkibiy qismlariga, retseptorlar va fermentlarga ta’sirini ham. Kimyoviy moddalar
ta’sirida biologik tizimlar faoliyatining o‘zgarishlari ularning biologik samaralari
(faolligi) yuzaga chiqishiga olib keladi.
Tibbiy –biologik fanlar qatoridan o‘rin olgan farmakologiya eksperimental va
amaliy tibbiyotning turli sohalari bilan chambarchas bog‘liqdir. Bunda bir tomonda
tibbiyotning
asosiy nazariy fanlari
fiziologiya, patologik fiziologiya, biokimyo
tursa, ikkinchi tomonda amaliy fanlar
klinik farmakologiya,
terapiya, pediatriy,
xirurgiya va boshqalar turadi. Shuningdek, u farmasiya fanlari
Farmatsevtik
kimyo, farmakognoziya, Farmatsevtik texnologiya bilan ham chambarchas bog‘liq
bo‘lib, ular orqali esa biokimyo,
botanika, texnologiya fanlari bilan ham
bog‘lanadi.
11
Farmakologiyaning klinika uchun ahamiyatli fan ekanligi Shundan ham
ko‘rinib turibdiki, undan o‘tgan asrning oxirlarida dori vositalarining inson
organizmi bilan o‘zaro ta’sirlarini
turli patologik holatlarda, bevosita bemorning
oldida o‘rganuvchi klinik farmakologiya mustaqil fan sifatida ajralib chiqdi.
Farmakologiyaning ahamiyati amaliy tibbiyot uchun o‘ta beqiyosdir. Hozirgi
kungacha farmakologlar tomonidan juda katta zahiradagi yuqori samaradorlikka
ega bo‘lgan dori vositalarining yaratilganligi (oxirgi ma’lumotlarga qaraganda
butun yer shari mamlakatlaridagi jami yaratilgan va amaliyotda qo‘llanilayotgan
dori dori vositalarning soni 300 000 dan ortiqni tashkil etadi) ko‘pchilik
kasalliklarni davolashning universal usuliga aylantirdi. Shuning uchun ham
farmakologiya fanini mukammal bilish istalgan
sohadagi shifokorlar uchun
mutlaqo zarur hisoblanadi. Farmakologiyani bilish zarurligining yana bir ahamiyati
Shundaki, zamonaviy dori moddalarning ko‘pchiligi juda yuqori faollikka ega
bo‘lganliklari uchun ularni tavsiya qilishdagi ozgina noaniqlik bemorning hayotiga
xavf soluvchi o‘ta kuchli asoratlarga olib kelishi mumkin.
Yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek, farmakologiyaning muhim vazifasi yangi
dori vositalarini izlab topishdan iboratdir. Buning uchun asosiy yo‘l – kimyoviy
sintez usulidir. Bundan tashqari, o‘simliklarning
tabiiy birikmalaridan,
hayvonlarning to‘qimalaridan va ma’danlardan ham unumli foydalaniladi. Shu
bilan
birga,
ko‘pchilik bebaho dori vositalarning zamburug‘lar va
mikroorganizmlar hayoti davomida ajralib chiqishini ham inobatga olish lozim.
Bulardan tashqari, keyingi yillarda yangi dori vositalar yaratishda hujayraviy va
gen injeneriyasi ham katta ahamiyat kasb etmoqda. Farmakologlar tomonidan
yangi dori vositalarini izlab topish, ularni sinovdan o‘tkazish va amaliyotga tadbiq
etish ishlari kimyogarlar va klinisistlar bilan o‘zaro hamkorlikda olib boriladi.
Zamonaviy doriShunoslik sohasidagi ulkan yutuqlar va yuksalishlar qator yangi
ilmiy yo‘nalishlar hamda fanlarning paydo bo‘lishiga olib keldi.
Ularga
eksperimental va klinik farmakologiyadan tashqari farmasiya, toksikologiya,
immunofarmakologiya, farmakogenetika, yuqumli kasalliklar kimyoviy terapiyasi,
12
o‘sma
kasalliklarining
kimyoviy
terapiyasi,
farmako
epidemiologiya,
farmakoekonomika (farmakoiqtisodiyot) va boshqalarni kiritish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: