8
15.5. Xinolon unumlari ............................................................................... 887
15.6. Turli kimyoviy tuzilishga ega bo‘lgan sintetik antibakterial
vositalar ....................................................................................................... 891
15.7. Tuberkulyozga qarshi vositalar. Virusga va
zaxmga qarshi
vositalar ...................................................................................................... 896
15.8. Zaxmga qashi vositalar ...................................................................... 899
15.9. Silga qarshi vositalar .......................................................................... 901
15.10. Viruslarga qarshi vositalar ............................................................... 909
15.11. Sodda jonivorlarga va zamburug’larga qarshi vositalar .................. 935
9
SO’Z BOSHI
Amaliy tibbiyot famakologiya fanining ildam rivojlanishi tufayli
samaradorligi yuqori bo’lgan ko’p dori vositalari bilan boyidi. Dori moddalarining
ta’sir tarzida aniqlashga yo’naltirilgan fundamental
sohadagi izlanishlarda
erishilgan yuksak natijalar hastaliklarni davolash va profilaktik qo’llash uchun
samarali asos yaratdi. Farmakoterapiyaning deyarli barcha hastaliklarni davolashda
universal uslub
ekanligi hisobga olinganda, farmakologiya fanini chuqur va
atroflicha bilish har qanday mutaxassis shifokor uchun juda ham zarurdir.
Hozirgi zamon dori vositalari juda yuqori faollikka
ega ekanligi tufayli
ularni qo’llashga ko’rsatmalar berishdagi kamchiliklar be’morga juda katta zarar
keltirishini
inobatga olib, farmakologiya fani o’rgatadigan dori vositalarining
barcha xossalari to’g’risida to’liq ma’lumotlarga ega bo’lishi talab etiladi. Shundan
kelib chiqib, bo’lajak shifokor talabalarni farmakologiya
sohasida muntazam va
jiddiy tayyorligi juda ham muhimdir. Talabalar farmakologiyaning fundamental
muammolarini III –bosqichda o’zlashtiradilar, keyin
uning amaliy tomonlarini
farmakoterapiyada chuqurroq o’rganishadilar.
Tabiiyki farmakoterapiya III-bosqichdan VI-bosqichgacha barcha klinik
kafedralarning diqqat markazida bo’lishi lozim. Farmakologiya fanini o’qitishdagi
aynan Shunday ketma-ketlik va uzluksizlik ushbu muhim fanni o’qitish
va olgan
bilimlarini farmakoterapiyaning aniq masalasini yechishda samarali qo’llashni
taminlaydi.
Ushbu darslik farmakologiya asoslari va farmakoterapiyaning ba’zi
tomonlarini qamrab olgan, unda hozirgi zamon farmakologiyasining
eng zarur
bo’limlari bayon etilgan va dori vositalari guruhlarining asosiy namoyondalari
ta’riflangan. Darslik tibbiyot oliy o’quv yurtlari va
universitetlarning tibbiyot
fakulteti talabalariga mo’ljallangan. Tuzilishi va mazmuni bo’yicha O’zbekiston
Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan III-bosqich
talabalari uchun farmakologiyadan namunaviy dasturga mos keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: