O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi munira Jo’raqulovna Allayeva, Ziyovuddin Zaynutdinovich Hakimov, Soloy Ro’zimamatovich Ismailov, Salohiddin Djo’rayevich Aminov, Tollibay Boltayevich Mustanov


Me’da osti bezining ekskretor funksiyasi buzilganda qo‘llaniladigan



Download 10,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet299/534
Sana14.04.2022
Hajmi10,08 Mb.
#552287
1   ...   295   296   297   298   299   300   301   302   ...   534
Bog'liq
FARMAKOLOGIYA . Дарслик. 2020

9.5.Me’da osti bezining ekskretor funksiyasi buzilganda qo‘llaniladigan 
vositalar 
Ovqat mahsulotlarining ichakda parchalanib, hazm bo‘lishida me’da osti 
bezidan ajralib chiquvchi fermentlarning (proteolitik-tripsin, ximiotripsin, 
kollagenoza; amilolitik, alfa va gamma-amilaza; lipolitiklipaza) ahamiyati katta. 
Shu sababli me’da osti bezining o‘tkir va surunkali xastaliklarida ushbu bez 
faoliyatini boshqarish zaruriyati tug‘iladi. Hozirgi vaqtda me’da osti beziga 
ta’sir etuvchi vositalarni quyidagi guruhlarga bo‘lish mumkin:
 
1.
Pankreas bezi faoliyatini kuchaytiruvchi: 
sekretin, xoletsistokinin
2.
Pankreas bezi fermentlarini susaytiruvchi: 
pantripin, gordoks, ingitril 
(kontrikal), traskolan
3.
Pankreas bezi mahsuloti o‘rniga ishlatiluvchi vositalar: 
pankreatin, 
panzinorm, festal,mezim, oraza, nigadaza va boshqalar

Sekretin
 
(27 aminokislotadan iborat peptid), kamroq darajada 
xoletsistokinin, ichak gormonlari bo‘lib, me’da osti bezi faoliyati sekretsiyasini 


- 515 -
kuchaytiradilar. Ikkala dori vosita ham so‘yilgan cho‘chkaning 12-barmoqli 
ichak qavatidan ajratib olinadi. Sintetik yo‘l bilan ham olingan. Asosan tashxis 
qo‘yish maqsadida qo‘llaniladi. Parenteral yo‘l bilan kiritiladi.
Me’da osti bezi fermentlarini faolligini susaytiruvchi vositalarga 
antiferment dori vositalari kiradi. Ular asosan proteolitik fermentlar faolligini 
susaytirib, biologik faol polipeptidlarni ajralishini to‘xtatadilar (M-n: 
kininlar, 
kalidin, bradikinin
), hamda kapillyarlar o‘tkazuvchanligini kamaytirish 
hisobiga shishni rivojlanishiga to‘sqinlik qiladilar. Natijada og‘riqni, nekroz 
rivojlanishi, zaharlanishni, yallig‘lanishini bartaraf etib karaxtlik darajasini va 
o‘limni kamaytiradilar. Asosan o‘tkir va surunkali pankreatitlarda, 
giperfibrinoliz tufayli yuzaga kelgan qon ketishlarda qo‘llaniladilar.
Pantripin (Pantrypinum) va gordoks
 
(Gordox) dori vositalari ham 
so‘yilgan qoramol me’da osti bezining ekstrakti bo‘lib, polipeptid zanjirlaridan 
iborat proteolitik fermentlar: tripsin, ximotripsin, kallikrein, plazmin va 
boshqalar faolligini bartaraf etadilar va shu tufayli autoliz jarayonini to‘xtatib, 
og‘riq va yalig‘llanishni kamaytiradi, hamda o‘tkir pankreatining nekroz, 
absesslar va peritonit kabi asoratlarni rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi.
Qo‘llashga ko‘rsatmalar: o‘tkir va qaytalanuvchi pankreatitlar, 
operatsiyadan keyingi nospetsifik o‘tkir parotit, har turli karaxtliklar, 
to‘qimalarning keng va chuqur jarohatlanishlarida, koagulopatiyalar va 
birlamchi giperfibrinolitik qon ketishlarda. qorin bo‘shlig‘i a’zolarining 
operatsiyalaridan (ayniqsa me’da osti bezining atrofida) keyingi davrda 
rivojlanadigan pankreatitlarni oldini olish uchun. 
Noxush ta’siri: allergik reaksiyalar, dispepsiya, individual o‘zlashtira 
olmaslik. 
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar: Allergiya, tromboflebitlar, 
anafilaktik shok. 
Kontrikal

Download 10,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   295   296   297   298   299   300   301   302   ...   534




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish