O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi munira Jo’raqulovna Allayeva, Ziyovuddin Zaynutdinovich Hakimov, Soloy Ro’zimamatovich Ismailov, Salohiddin Djo’rayevich Aminov, Tollibay Boltayevich Mustanov



Download 10,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet300/534
Sana14.04.2022
Hajmi10,08 Mb.
#552287
1   ...   296   297   298   299   300   301   302   303   ...   534
Bog'liq
FARMAKOLOGIYA . Дарслик. 2020

(Contrykal) 
va
 
ingitrilin
(Ingitilum) 
Ushbu ikkala dori vosita 
ham, so‘yilgan qoramollarning o‘pkasidan ajratib olinadigan polipeptid.


- 516 -
Ta’siri, qo‘llashga ko‘rsatmalar, noxush ta’siri xuddi pantripinnikiga 
o‘xshash, ya’ni proteolitik fermentlar faolligini susaytiradi.
Traskolan
 
(Trascolanum) – yuqorida keltirilgan dori vositalarga o‘xshash 
proteazalar ingibitori. Pankreas bezi mahsulotlari o‘rniga, ushbu bezning 
faoliyati keskin susayib ketgan holatlarda, ovqat hazm bo‘lishini yaxshilash 
maqsadida quyidagi dori vositalar ishlatiladi.
Pankreatin
 
(Pancreatinum) – so‘yilgan qoramollarning me’da osti bezidan 
olinadi. Tarkibida tripsin va amilaza fermentlari bor. Ichakning ishqoriy 
sharoitida kraxmalni va oqsillarni parchalaydilar. Ovqatdan oldin ichiladi. 
Davolash 1-2 oy davom etadi.
Ko‘rsatmalar: surunkali gastroduodenit, pankreatit, gepatoxoletsistit va 
boshqa ovqatni hazm bo‘lishi susaygan holatlarda.
Noxush ta’siri: allergiya.
Festal
 
(Festal)
– tarkibida me’da osti bezi fermetlari va safro tarkibiga 
kiruvchi moddalar bor: (lipaza va amilaza , proteaza, gemitsellyuloza, safro 
komponentlari). Ichakning ishqoriy sharoitida oqsillar va uglevodlarni 
parchalab, so‘rilishini ta’minlaydi.
Ko‘rsatmalar: me’da osti bezining tashqi sekretsiyasi yetishmovchiligi, 
surunkali pankreatit, gastroenterit, qarilarda ovqat hazm bo‘lishini susayishi, 
infeksiyalardan keyingi kolitlar, spru, operatsiya va antibiotik(sulfanilamid)larni 
qo‘llagandan keyin rivojlanuvchi ovqatni hazm bo‘lishini buzilishlarida.
Noxush ta’siri yo‘q, lekin dori vositaning tarkibiy qismlariga allergiya 
bo‘lsa qo‘llash mumkin emas.
Oraza
 
(Orazum) – granulalari ovqatlanishdan oldin yoki u bilan birgalikda 
ichiladi. Me’da kislotasiga chidamli bo‘lgan proteolitik va amilalitik fermentlar 
kompleksidan iborat (amilaza, maltaza, proteaza, lipaza). Aspergiltus oryzae-
zamburug‘ining kulturasidan olinadi. Me’dada parchalanmaydi, ichakning 
ishqoriy muhitida eriydi. Ichakda ovqat hazm bo‘lishini yaxshilaydi. Ichak 


- 517 -
mushaklari tonusini pasaytiradi, spazmolitik xossaga ega. Davolanish 
boshlangandan 4-5 kun keyin dispepsiya, og‘riq va ich ketishlar bartaraf bo‘ladi.
Ko‘rsatmalar: festalniki kabi. 
Noxush ta’sirlari: deariya bo‘lgan bemorlarda ba’zan ich ketishi 
kuchayishi mumkin. Davolash 2-4 hafta davom etadi.
Panzinorm forte (Panzyronum forte) – tarkibi me’da shilliq qavatining 
ekstrakti, 
qoramol 
safrosining 
quruq 
ekstrakti, 
pankreatin 
va 
aminokislotalarning xlorid kislota tuzlaridan iborat. 1 ta tabletkaning ferment 
faolligi quyidagicha: lipaza-6000 ME, Tripsin-450 ME, ximotripsin-1500 ME, 
amilaza-7500 ME. Panzinorm forte kuchli faollilikga ega, turg‘un poliferment 
dori vositai bo‘lib, ovqat hazm bo‘lish jarayonini me’da va ichakda 
kuchaytiradi. Ta’sir kuchi ayniqsa kuchsiz nordon sharoitda yuzaga chiqadi. 
Ya’ni dori vosita ham me’da, ham ichakda ferment yetishmasligi tufayli 
rivojlanadigan ovqat hazm bo‘lish jarayonini buzilishlarini bartaraf etadi. Dori 
vosita safro, me’da, me’da osti bezi va ichak fermentlarini kuchaytiruvchi 
moddalar saqlaydi. Tabletkalar shunday tayorlanganki, undagi fermentlar asta-
sekin, o‘zlarining optimal fiziologik ta’sirlarini rivojlanish darkor bo‘lgan 
joylarda ajraladi. Jumladan, dori vosita tarkibidagi safro ekstraktida o‘t 
kislotalari bo‘lib, yog‘larni hazm bo‘lishini kuchaytiradi, me’da osti bezidan 
lipazani va proteazani ajralishini oshiradi. Bu esa 12-barmoqli ichakda ovqat 
hazm bo‘lishi jarayonini kuchaytiradi. Dori vosita tarkibidagi me’da shilliq 
qavatining ekstrakti tarkibida yuqori proteolitik faollikka ega bo‘lgan pepsin va 
katepsin hamda peptidlar va aminokislotalar bo‘lib, ular gastrinni ajralishini 
hamda me’da bezlarini stimullab, HCl kislotasining ajralishini kuchaytiradi. 
Dori vosita tarkibida barcha essensial aminokislotalar bo‘lib, ular me’da, me’da 
osti bezi va ingichka ichak shiralarini ajralishini, hamda dori vositadagi pepsinni 
turg‘unligini oshiradi. Dori vositaning birinchi qavati me’da shirasi ta’sirida 
erib, undan pepsin, katepsin va aminokislotalar ajraladi, ichakda esa dori 
vositaning qolgan ichki qismi eriydi va pankreatin hamda qoramol safrosi 


- 518 -
esktrakti ajraladi. Ya’ni dori vositaning tarkibiy qismlari kerakli joyda o‘z 
ta’sirini namoyon etadi. Yaxshi tarafi shundaki panzinormning tarkibidagi 
moddalar nafaqat yetishmagan fermentlar o‘rnini bosadilar, balki ularni 
ajralishini ham kuchaytiradilar.
Ko‘rsatmalar: ovqat hazm bo‘lishini buzilishi (kekirish, meteorizm, 
qorinni dam bo‘lishi) va pankreatinga bo‘lgan ko‘rsatmalar bo‘yicha 
qo‘llaniladi. 
Noxush ta’sirlari yo‘q.
Solizim (Solizymum) – bu penicillinum solitum dan olinadigan lipolitik 
ferment. Nigidazaga o‘xshab qo‘llaniladi: ovqat bilan yoki undan keyin 2 tab. 3 
mahal 2-4 hafta ichiladi.
Nomi 
Kattalar uchun o’rtacha 
terapevtik dozasi va 
qo’llash usuli 
Chiqarilish shakli 
Me’da bezlari funksiyasi buzilganda foydalaniladigan vositalar 
Pepsin – 

Download 10,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   296   297   298   299   300   301   302   303   ...   534




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish