28
RETSEPTNING UMUMIY TUZILISHI VA AHAMIYATI
Retsept
– vrachning dorixonaga dori tayyorlash to‘g‘risidagi yozma
murojaati bo‘lib, bunda bemor doridan qanday qilib foydalanishi kerakligi
haqida ma’lumot ham beriladi. Retsept tibbiy va yuridik jihatdan muhim xujjat
bo‘lib, dorixonalardan ko‘pchilik dorilarni olish uchun yagona asos bo‘lib
xizmat qiladi.
Retseptlar ma’lum qoidalarga rioya qilingan holda yoziladi.
Hozirda
mamlakatimizda retsept yozish qonun-qoidalari O‘zbekiston Respublikasi
Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan 2010 yil18 iyunda qabul qilingan
“Davolash-profilaktika muassasalarida dori vositalarini
tayinlash hamda
bemorning dori vositalarini qabul qilish, saqlash va qo‘llash tartibi, shuningdek
dorixona muassasalari tomonidan aholiga dori vositalarini resept asosida berish
to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi 191-sonli buyrug‘i (2010-yil 29-
iyunda 2118-son bilan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida ro‘yxatdan
o‘tgan) da o‘z aksini topgan.
Mazkur buyruqqa asosan barcha davolash-profilaktika muassasalarida
bemorlarga dori vositalarini tayinlash tashxis va davolash standartlari asosida bir
martalik, kunlik va kurslik dozalarini aniqlash orqali kasallikning og‘irligi va
xususiyatiga hamda bemorning yoshini hisobga olgan holda davolovchi shifokor
tomonidan amalga oshiriladi.
Bemorga tayinlangan dori vositalari (dori vositalarining nomi,
bir kunlik
dozasi, qabul qilish yoki kiritish usuli, miqdori, davomiyligi va b.) uning tibbiy
hujjatlari (kasallik tarixi va b.)da qayd qilinadi va bevosita davolovchi shifokor
tomonidan imzolanadi.
Davolash-profilaktika muassasasining davolovchi shifokori tomonidan dori
vositalari retsept asosida tayinlanganda, retseptda shifokorning farmatsevt
xodimga
dori vositasining tarkibi, dori shaklining nomi va dorini tayyorlash
hamda berish to‘g‘risidagi yozma ko‘rsatmasi lotin tilida yoziladi. Lotincha
tekst retsept blankida
Rp.:
belgisi bilan boshlanadi, bu –
Recipe
(ol) ma’nosini
29
bildiradi. Undan keyin dorilarning nomi asosan qaratqich kelishigida yoziladi.
Har bir modda nomining o‘ng tomonida uning miqdori ko‘rsatiladi.
Retseptda
suyuq dori moddalar miqdori millilitrlar (ml) hisobida, yumshoq va qattiq dori
moddalar esa grammlar hisobida belgilanadi (masalan: 1,0; 0,1; 0,01).
Agarda
preparat tomchilarda dozalanadigan bo‘lsa, u holda tomchilarning miqdori
gtts.
(
guttas
– tomchi) so‘zidan keyin rim raqamlari bilan belgilanadi, masalan:
gtts
V.
Agarda preparatning dozasi ta’sir birliklarida yoki xalqaro birliklarda
o‘lchanadigan bo‘lsa, u holda retseptda og‘irlik va hajm birliklari o‘rniga ta’sir
birliklari yoki xalqaro birliklar soni yoziladi (500.000 TB yoki XB). Agarda bir
nechta dori moddasining dozasi bir xil bo‘lsa, u holda Moddalarning o‘lchami
oxirgisining nomidan keyin bir marta
āā
(
ana
– teng miqdorda) so‘zidan keyin
yoziladi. Retseptning lotincha matni hamisha
S.
belgisi bilan tugallanadi.
Buning ma’nosi
Signa
(belgila, tushuntir) demakdir. Bundan keyin bemor uchun
doridan qanday foydalanishi to‘g‘risidagi yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatilgan o‘zbek yoki
rus tilidagi
Do'stlaringiz bilan baham: