70
Memorial-orderlarning tartib
raqami Orderlar sanasi
Memorial-orderlar bo’yicha
summa
1
2
3
4
2
2
4
8
va hokazo
16700
2350-50
11750
197361
Yanvardagi jami
2056743
Memorial-orderlar ro’yxatga olingandan keyin operasiyalarni Bosh daftarga yozish uchun
ishlatiladi. Bosh daftar yoki nazorat vedomosti (pastroqqa qaralsin) har bir schyotni har bir
korrespondensiyalanuvchi schyot bo’yicha oborot summalarni yozish uchun ajratiladigan ustunlarga
bo’lingan holda, ya’ni shaxmat tamoyili bo’yicha tuziladi.
Unda faqat joriy oborotlar ro’yxatga olinadi va schyotlar bo’yicha saldo chiqarilmaydi. Bosh daftar
asosida sintetik hisob schyotlari bo’yicha oborot vedomost tuziladi. Bunda Bosh daftarni tarkibiy
tuzilishi shaxmatli oborot vedomostni tuzishni yengillashtiradi, chunki shaxmatli vedomost bevosita
har bir schyotning yakunlari bilan to’ldiriladi.
Hisob rsgistrlariga, ayniqsa sintetik hisob registrlariga yozuvlarni tayyorlashni ko’p
martalik va
guruhlovchi vedomostlardan foydalanish ancha osonlashtiradi.
Hozirgi paytda hisobni memorial - order shaklida yuritishda PEHMdan keng miqyosda foydalansa
bo’ladi.
Memorial - order shakli ba’zi afzalliklarga ega. Masalan, uning registrlari o’zining tarkibiy
tuzilishiga ko’ra oddiyroq bo’ladi. Ularning o’rtasidagi bog’lanish osonlik bilan belgilanadi. Hisob
yozuvlarinint texnikasi uncha qiyin emas va tez o’zlashtiriladi. Shu munosabat bilan bu shakl yuzaga
kelgan birinchi yillarda u hisobchilikning ilgarigi (kitobli) shakllariga qaraganda jiddiy afzalliklarga
ega bo’lgan. Lekin u buxgalteriya texnikasining muhim muammolari bo’lgan analitik hisobning
qo’polligi, uning sintetik hisobdan orqada qolishi, hisobotni hisob registrlari ma’lumotlari bo’yicha
bevosita (qo’shimcha hisob - kitoblar va tanlab olishsiz) tuzish, yozuvlarini
yuritishning ishchi
amallarini qisqartirish va hisob registrlarida xo’jalik operasiyalarini aks ettirishni tartibga solish
(reglamentasiya) kabi masalalarini yecha olmadi. Bu kamchiliklarning barchasn deyarli jurnal - order
shaklida bartaraf qilingan edi.
Memorial - order shaklining variantlaridan biri «Bosh jurnal» shaklidir. «Bosh jurnal» shaklining
memorial - order shaklidan birgina farqi shundaki, sintetik hisob registrining tarkibida bitta ochilgan
varaqning betida ham xronologik, ham tizimli (sistematik) yozuvlar bir martalikda olib boriladi. Bu
registr, odatda kitobda yuritiladi va bosh schyotlar daftari yoki Bosh jurnal deb nomlanadi.
Bosh jurnal birinchi qatorida barcha schyotlar bo’yicha 1 yanvarga bo’lgan qoldiqlarning yozuvi
bilan ochiladi. Kredit bo’yicha qoldiqlarning umumiy yakuniga teng bo’lgan debetli qoldiqlarning
umumiy yakuni «Memorial-orderlar bo’yicha summa» ustuniga yozib qo’yiladi. So’ngra bir oydagi barcha
operasiyalar aks ettiriladi. Oyning oxirida barcha schyotlar bo’yicha bir oylik oborot summalar va kelgusi
oyning birinchi kuniga qoldiqlar hisoblab chiqiladi. Bir joyda yig’ib chiqilgan bunday ma’lumotlarning
mavjudligi sintetik schyotlar bo’yicha oborot vedomostlarni tuzishdan ozod qiladi.
Bu shakldagi analitik hisob odatda daftarlarda yuritiladi. Sintetik hisobning analitik hisob bilan
solishtirib tekshirish oborot vedomostlar
yordamida amalga oshiriladi, hisobotni tuzish uchun esa
ma’lumotlarni tanlab olish va qo’shimcha hisob-kitob qilinadi. Shunday qilib, Bosh daftar shaklidagi hisob
yuritish texnikasi memorial-order shaklidan sintetik hisob registrining tuzilishpdan tashqari, qyech narsa
bilan farq qilmaydi.
Hisobning bu shaklining asosiy afzalligi - xronologik hisob bilan tizimli hisobning bir martalikda olib
boriladigan bosh schyotlari daftarining tarkibiy tuzilishidir. Bu daftarda schyotlar bir varaqning betida
joylash-tirganligi tufayli juda yaqqol va osonlik bilan kuzatiladi. Hisobli ro’yxatga olish texnikasi uncha
71
katta malakani talab qilmaydi. Shu afzalliklarning barchasi bu shaklning, ayniqsa, yuqori malakali hisob
xodimlariga ega bo’lmagan fermer xo’jaliklarilarda keng tarqalishiga olib keladi.
Lekin Bosh jurnal kitobi ba’zi kamchiliklarga ham egadir. Schyotlar ko’p bo’lgan holda u axborotni
qo’lda ishlash sharoitida beso’naqay va noqulay bo’lib qoladi.
Qo’shimcha varaqlardan foydalanish operasiyalarini qiyinlashtiradi va summalarni tegishli bo’lmagan
boshqa schyotlarga yozib qo’yishdan iborat bo’lgan xatolarning ko’payishiga olib keladi. Shuning uchun
Bosh jurnal daftarini yuritish uchun mumkin bo’lgan schyotlarning soni 20 - 25 tadan oshmasligi lozim.
Bosh
jurnal shakliga kelsak, memorial - order shaklida qanday kamchiliklar bo’lsa, unga ham shu
kamchiliklar bo’lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: